Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati


Iqtisodiyotni davlat sektori va uning butun iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə13/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
4-5-6

3. Iqtisodiyotni davlat sektori va uning butun iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli
Davlat sektori — bu mulk egasi davlat bo‘lgan jami korxonalar va tashkilotlar majmuyidir. Uning bir qismi milliylashlii ishdan va ikkinchi qismi csa davlat mablaglari hisobidan shakllanndi. Kapital ishlab etuvchi yangi tarmoqlami \ .и .tiiч11 (koNinik sanoal ishiab chiqarish va boshqalar) hisobiga iqiisotliyolning davlal sektori oshib boradi. Turli mamlakatlarning ijtimoiy ishlab chiqarishida davlat sektori ulushi turlicha bo`lib, u asosiy kapitalning 2% dan 50% gachasini tashkil etadi. MDX davlatlarida bozor iqtisodiyotiga o`tish va iqtisodiyotni isloh qilishdan so`ng davlat sektori ulushi sezilarli darajada qisqardi. Misol uchun: Rossiya Federatsiyasi sanoatida davlat sektori ulushi 5%dan kamni tashkil etdi, O`zbekiston Respublikasida – 30%. Davlat sektori ishlab chiqarish maqsadlariga ko`ra nodavlat sektoridan farqlanadi. Ishlab chiqarishdan asosiy pirovard maqsad - bu foyda olish, lekin davlat sektorining asosiy maqsadi – bu investitsiyani, bandlikni tartibga solish, nodavlat sektoriga yordam ko`rsatish va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish hisoblanadi. Davlat sektori maqsadlari milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vazifalarini amalga oshirish uchun soliqqa tartish va yi`gimlar yo`li bilan davlat byudjeti resurslari tashkil etiladi va davlat sektorining moddiy bazasi shakllantiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – bu takror ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi va jamiyat iqtisodiyotii rivojlantirishdir. Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi bozor mexanizmi bilan uzluksiz bo`glangan. Bundan hulosa qilsak, «Samarasiz davlat boshqaruvi bilan iqtisodiy barqaror rivojlanib bo`lmaganidek, ijtimoiy rivojlanib ham bo`lmaydi». Bu borada taniqli iqtisodchi P.Samuel son shunday deydi – «Iqtisodiyotni u yoki bu mexanizmisiz boshqarish – bu bir qo`lda qarsak cholish bilan barobardir»2
Hozirgi davrda respublikamizning milliy iqtisodi yoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi. Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqti sodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning “Xalqlar boyligining tabiati va sa bablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bo zor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solish ning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazorati dan toʻliq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tash kil qilish imkoni mavjud boʻladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur etadi. nfaatlari uchun harakat qilishga majbur etadi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir-oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularn ing chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo, bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi. A.Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1929-1933 yil larda bozor iqtisodiyotiga asoslangan, deyarli barcha mam lakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi. Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlash zarurligini isbotladi. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi: Birinchidan, davlat o’ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqar ish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi. Bu oqibatlar bevosita uchinchi tomon manfaatida aks etadi va demak, kishilarning alohida guruhi hamda umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan, chiqitli tex nologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash quril malariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ish lab chiqaruvchi uchun) foydali, atrof-muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa, boshqa kishilar uchun qo’shimcha salbiy oqibatga ega. Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli, jami yat manfaatini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha, salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi hamda cheklashga harakat qilishi zarur. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro’y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qil ishning oqibatlarini obyektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksin cha, sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari uchun yuqori aksiz (egri) solig’ini o’rnatib, bir tomondan o’zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi.

Yüklə 107,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin