4. Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustaxkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtai nazarida, ya`ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm `goyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Bu `goya A.Smit va D.Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik siyosiy iqtisod maktabi asoschilari bo`lib, qiymatining mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning mazmunini va qo`shilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikrdan kelib chiqadi. Masalan, Smit `goyasi quyidagicha: «Bozor iqtisodiyoti o`zini-o`zi boshqarishga moslashgan, uning asosida qanday qilib ko`proq fayda olishga harakat qilish bilan bo`gliq «ko`rinmas qo`l» - shaxsiy manfaat yotadi». Smit xulosasiga ko`ra, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa, iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin bo`lmo`gi lozim. D.Rikardo, J.B.Sey, D.Mil , A.Marshallar A.Smit `goyasining davomchilari bo`lib, ular iqtisodiy liberalizm `goyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yo`nalish). Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933 yillardagi, klassik iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini ko`rsatdi.
Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns(1883-1946) taklif etgan kontseptsiya iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarning rivojlanishida yangi va muhim bosqichi hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uy`gunlashtirilgan iqtisodiyotda davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini ko`rsatib berdi. Keyns kontseptsiyasi o`sha davrdagi xo`jalik tizimini xalokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan edi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rniga klassik(iqtisodiy liberalizm) qarashlarda burilish yasadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqidagi qarashlarda keyns inqilobi nomini oldi. n. Keynsning o`tmishdoshlari bo`lmish A. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. Xaberler o`zining «Ravnaq va tur`gunlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jam`garilishi bilan yoki yetarlicha iste`mol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari to``grisida o`z fikrlarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan mul tiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan bir vaqtda o`tkazilgan edi. Ammo Keyns nazariyasi uning o`tmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o`z-o`zidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli ro`y beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat hokimiyati tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini e`lon qildi. Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi bo`lib, makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u o`zigacha hukmron bo`lgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi.