Variant №1 Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari: Javob


VARIANT №10 “Ijtimoiy moslashuv” tushunchasiga ta’rif bering



Yüklə 85,97 Kb.
səhifə14/29
tarix24.01.2023
ölçüsü85,97 Kb.
#80442
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Oraliq nazorat javoblari 2023 ijtimoiy pedagogika

VARIANT №10

  1. Ijtimoiy moslashuv” tushunchasiga ta’rif bering.



Javob: Ijtimoiy moslashuv - individning ijtimoiy muhitga doimiy faol moslashish jarayoni va bu jarayonning natijasi. Ijtimoiy moslashuv uzluksiz xususiyatga ega ekanligiga qaramasdan, uni, odatda, individning oʻz faoliyatini va oʻzini oʻrab turgan ijtimoiy davrasini tubdan oʻzgartirish davrlari bilan bogʻlaydilar. Moslashish jarayonining ijtimoiy muxitga faol taʼsir etish koʻrinishi va muhitdagi maqsad va qadriyatlarni kelishuvchanlik bilan, passiv qabul qilish koʻrinishi boʻladi. Ijtimoiy moslashuv shaxs ijtimoiylashuvining asosiy ijtimoiy-psixologik omillaridan biridir. Ijtimoiy moslashuvning samaradorligi koʻp jihatdan individ oʻzini va oʻzining ijtimoiy aloqalarini qanchalik oʻxshash (adekvat) anglashiga bogʻliq. Oʻzi toʻgʻrisidagi ijtimoiy tasavvurning notoʻgʻriligi yoki yetarlicha emasligi Ijtimoiy moslashuvning buzilishiga olib keladi, bu holat (voqelik) ning eng ayanchli koʻri-nishi autizm (individning atrofdagilar bilan muloqot qilishdan qochib, oʻzining ichki kechinmalari dunyosiga gʻarq boʻlishi) dir. Ijtimoiy moslashuvning muammosi jahon psixologiyasida psixoanaliz, autizm, deprivatsiya kabi ilmiy yoʻnalishlarda tadqiq etib kelinadi. Bunda asosiy eʼtibor moslashuvning buzilishiga (ruhiy sohadagi buzilishlar, begonalashish, apatiya, alkogolizm, giyohvandlik va b.) va uni tuzatish (korreksiyalash) ning psixoterapevtik uslublariga, autotrening, sotsiotrening vositalariga yoʻnaltiriladi. Muhitga shaxsning kirishib ketishi uning xulqi, faoliyati, muomalasi orqali sodir boʻlsa moslashishning mukammalligi vujudga keladi. Shaxsning katta yoki kichik guruxlar muhitiga moslashishi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilashga yordam beradi.



  1. Nima sababdan XX asrda ijtimoiy pedagogika fani va faoliyatiga ijtimoiy talab kuchaydi?

Javob: XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keying rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari,
uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global
muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)- AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.

Yüklə 85,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin