z) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish va boshqalar.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. 2. Inklyuziv ta’lim prinsiplari nimalardan iborat?
Javob: Inklyuziv ta’lim prinsiplari quyidagilardan iborat:
Insonning qadr-qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas.
Har bir inson o‘ylash va his qilish qobiliyatiga ega.
Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega.
Har bir kishi bir-biriga muxtoj.
Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi.
Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlashga muxtoj.
Hamma ta’lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas, balki nimanidir qila olishidir.
Hamkorlik qilish kishi hayotini har tomonlama kuchaytiradi.