-ishontirish; -talab qilish; -hikoya; -suhbat va bahs; -jazolash va maqtash. Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalr tasnifi quyidagi
ko’rinishga ega:
Ijtimoiy pedagogik metodlar
Ijtimoiy ish
Psixologik
Pedagogik
Ijtimoiy tarbiya bo’lagi sifatidagi metodlar Harakatga ko’niktirish metodlari Mustahkamlash Hamkorlik
Ta’sir metodlari Ongga ta’sir Hissiyotlarga ta’sir Xulq-atvorga ta’sir qiluvchi metodlar
Ijtimoiy pedagogik hamkorlikni tashkil qilish metodlari: Faoliyatni tashkil qilish Muomala metodi Baholash metodi O’z-o’zini amalga oshirish metodi
VARIANT №19 Inklyuziv ta’lim jarayonida yuzaga keladigan muammolar.
Javob: - Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’limni joriy etish bo‘yicha davlat normativ hujjatlarida qayd qilinmaganligi; - Nogiron bolalarga nisbattan salbiy munosabat; - Imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosi; - Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik muammosi; - Moddiy mablag‘ muammolari; - Ta’lim muassasalarini moslashtirish; - Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; - Kambag‘allik; - Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; - Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; - Favqulodda vaziyatlar, mojarolar; - Kadrlar masalasidagi muammolar.
Ijtimoiy pedagog kasbi haqida ma’lumot bering
Javob: Ijtimoiy pedagog - 1) xodimlarni kasbiy tayyorlashda ishtirok etuvchi turli xil va turdagi o`quv muassasasining o`qituvchisi, ijtimoiy ishlar bo`yicha mutaxassis: "ijtimoiy xodim" va "ijtimoiy pedagog"; 2) maktabgacha ta`lim muassasasi yoki, boshqa yoshlar muassasasining sinfda, guruhda, yotoqxonalarda va boshqalarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun mas`ul xodim (pedagog, tarbiyachi, o`qituvchi, murabbiy). Shuningdek, ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo`yicha o`rta yoki oliy professional ma`lumotga ega bo`lgan mutaxassis, ijtimoiy pedagogik faoliyatni professional tartibda yurita oladigan mutaxassis.
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga yo’llanmalar bera oladigan mutaxassis bo’lmog’i kerak.Shuning uchun xaqiqiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bo’lishi muxim axamiyatga ega.
VARIANT №20 1.“Tarbiya” va "ijtimoiy tarbiya” tushunchalariga izoh bering. Javob: Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yig’indisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlari ham bor, ular: