Variant №1 Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari: Javob



Yüklə 85,97 Kb.
səhifə23/29
tarix24.01.2023
ölçüsü85,97 Kb.
#80442
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Oraliq nazorat javoblari 2023 ijtimoiy pedagogika

Birinchidan: U individning ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol ravishda aralashib ketishi, moslashuvi jarayoni ma’nosida ishlatilsa, 
Ikkinchidan: Uning muayyan vazifalarini bajarishiga imkon beruvchi ichki zahi-rasi ma’nosida ishlatiladi.
Ijtimoiylashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (adaptatsiya) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o’z qarashlariga ega bo’lish;
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;
v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etishi ham sodir bo’ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv adaptatsiya va individuallashuv o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal olish.
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish.
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.



  1. Ijtimoiylashuv agentlari deganda kimlar nazarda tutiladi?



Javob: Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda bo’lgan kishilar muhim o’rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo’ladi. Bolalar va o’smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo’shnilar agent bo’lishlari mumkin. YOshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush o’rtog’i, hamkasblari ham qo’shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o’rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko’rsatmaydigan.



Yüklə 85,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin