Biologik omillar . Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini
aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o’xshashlik,
xususiyatlarning o’tishi tushuniladi.
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi,
uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo’ladi. Bu jarayon
shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy
norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari deganda nimani tushunasiz?
Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda “pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega.
Ijtimoiy pedagogikaning quyidagicha kategoriyalari bor: ijtimoiy ta'lim;
o`qitishning ijtimoiy jihatlari;
ijtimoiy tarbiya;
ijtimoiy pedagogik faoliyat;
ijtimoiylashuv;
ijtimoiy institut;
ijtimoiy adaptatsiya;
ijtimoiy reabilitatsiya.
VARIANT №15 Ijtimoiy pedagogika tamoyillariga nimalar kiradi?
“Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. «Prinsip» so’zi
lotincha «prinsipium» so’zidan xosil bo’lgan «asos», «boshlanish» ma’nolarini bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayyan qoidalardan kelib chiqadigan o’z prinsiplari mavjud. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiiyki o’z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Biz Ijtimoiy pedagogikaning 3 ta prinsipni ko’rib chikamiz: tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi prinsipi; tarbiyaning madaniyatga uyg`un bo`lishi prinsipi va gumanizim prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos xususiyatiga ega.