- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal olish. - muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish. - anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.
VARIANT №14 Ijtimoiylashuv omillarini tushuntiring va ularga ta’rif bering.
Javob: Ijtimoiylashuv bolalar, o’smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O’rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari
4 guruhga bo’linadi: 1. Megaomillar- (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga
demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo’ladi. Ular
boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir
ko’rsatadi.
2. Makroomillar-(makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda
yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.
3. Mezoomillar- (mezo-o’rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari,
auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko’ra ajratilgan guruhlarning
ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish
jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi.
4. Mikroomillar- Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo’shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni birbiridan mustaqil o’rganishning iloji yo’q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko’rsatiladi.