S) Insonparvarlik tamoyili. J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiykabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati
faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali har tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir. Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.
Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra: - qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; - “Mening o’zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish va yordam berish; - Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi.
Ijtimoiy pedagogika fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Javob: U juda ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq. Bular:
Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya;
Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya;
Filosofiya-Mantiq-Iqtisod;
Tarix-Etnografiya-huquq.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi.
VARIANT №16 Ijtimoiylashuv va ijtimoiy adaptatsiya tushunchalarining bog’liqlik va farqli tomonlari nimada?
Javob: Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj - o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo’ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o’zaro bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (adaptatsiya, birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. “Adaptatsiya” sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
“Ijtimoiy adaptatsiya” tushunchasi asosan ikki ma’noda ishlatiladi.