Javob: Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiy ta’lim-shaxsning atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri, butun jamiyat, ijtimoiy
jamoalar, ijtimoiy guruhlar, birinchi navbatda, oila, turli ijtimoiy institutlarning tarbiyaviy kuchlarini muvofiqlashtirish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash jarayoni.
Ijtimoiy pedagog qanday bilimlarga ega bo’lishi kerak?
Javob: Ijtimoiy pedagog o’z vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi sohalarda o`z bilimlarini boyitib borishi shart.
▪ milliy istiqlol g`oyasi huquqiy-me'yoriy baza (qarorlar, aktlar, buyruqlar, ko`rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va x.k.), ▪ ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi; ▪ yosh davrlar psixologiyasi; ▪ sotsiologiya; ▪ ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish metodlari va h.k. Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi: (Fikringizni to’ldirish uchun bunisi. Gap qolmaganda gapirasila). ▪ analitik, ya'ni sotsiumda ro`y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil etish, bolaning ruhiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doir hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
▪ prognostik, ya'ni tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo`yicha bolaning
muammolarini hal etish yo`llarini bashorat qilish;
▪ loyihalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini aniqlash va
rejalashtirish;
▪ refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o`zining faoliyatini tahlil etib borishi;·
kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning insonlararo muloqat madaniyatini
egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish, muloqatga kirisha bilish, faktlar to`plash singari faoliyatlarni o`z ichiga oladi.