-asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi;
-amaliyotni tajriba bilan bog’lash;
-qabul qila olishlik;
-ko’rgazmalilik. Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko’nikmalari jamoa bo’lib o’qitish shaklida
yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim:
1. Ta’lim oluvchilar, o’qituvchi va o’quvchilar orasida tajriba, bilim, ma’naviy
va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish.
2. Musobaqalashuv elementidan foydalanish.
3. O’quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o’zaro tushunish,
o’zaro yordam, do’stlik hissini rivojlantirish. Ma’rifatparvarlik va demokratik g’oyalari XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida o’z
cho’qqisiga ko’tarildi. O’rta asr islom g’oyalari: so’fiylik, zohidlik, dogmatizm,
sxolastikaga qarshi chiqib o’zbek demokratlari eski sharoitlarga umuman mos
kelmaydigan ta’lim usullari va tamoyillarini ilgari surdilar: har tomonlama (aqliy,
axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o’g’il bolalar va qizlar uchun bir xil, insoniylik,
demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar.
O’zbekistondagi demokratik pedagogik g’oyaning taraqqiyparvar yo’nalishining
yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934). Sharq tillari va adabiyotini
yoshligida chuqur o’rganib, u mumtoz o’zbek she’riyati ta’sirida she’rlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining birida bolalarga ta’lim bergan. Avloniyning o’zbek pedagogikasiga qo’shgan hissasi shuki, u ilk marta tarbiya oldida ijtimoiy vazifalarini qo’ya olgan. Bu shoir va pedagogning katta jasorati o’z asarlarida shaxsning rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolining e’tirof etilishi bo’ldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarini ko’zlashi kerak. Avloniy “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida ta’riflaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati Avloniy fikricha oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb u mustaqillik, tashabbuskorlik, amaliy tajribani bilgan.
O’zbek ma’rifatparvarlarning yorqin vakili bo’lgan Avloniy “to’g’ri” g’oyalarning
kengaytirib va “noto’g’ri” g’oyalarni bartaraf qilibgina yovuzlikni yo’qotish
mumkinligiga ishongan. (Va.h.k. uyog’ini aylantirasila).