z) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish va boshqalar.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi.
2. Eng qadimgi davrdagi ijtimoiy pedagogik fikrlar. Javob: Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning qadimiyligibuyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida o’z tasdig’ini topgan. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining Birinchi bosqichi-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan. Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo’lganligi bilan izohlanadi. CHunki ibtidoiy jamoada to’plangan boy tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo’lgan.. Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga o’ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu
bilan shug’ullanuvchi odamlar-tarbiyachilar paydo bo’lgan. Vaqt o’tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan. Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko’rinishlari mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo’lishi ijtimoiypedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishi yozuv hamda pedagogik g’oyalarning yozma manbalarda ko’rsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’qitila boshlagan bo’lsa-da, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyatijtimoiy ximoya ko’rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go’ro’g’li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko’ramiz. Keyinchalik VIVII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasi tizimiga ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o’zaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Moddiy barqarorlik va ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o’zlashtirishga yordam berdi.