Variant №1 Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari: Javob


VARIANT №2 1.“Tarbiya” va "ijtimoiy tarbiya” tushunchalariga izoh bering



Yüklə 85,97 Kb.
səhifə3/29
tarix24.01.2023
ölçüsü85,97 Kb.
#80442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Oraliq nazorat javoblari 2023 ijtimoiy pedagogika

VARIANT №2
1.“Tarbiya” va "ijtimoiy tarbiya” tushunchalariga izoh bering.


Javob: Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yig’indisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlari ham bor, ular:

  • Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko’nikma ; aql, ong, fahm;

  • Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm,

  • hayo, vatanparvarlik va boshq.;

  • Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh;

  • Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o’yinlar; sog’lom tan;

  • Estetik tarbiya: go’zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, saranjom-sarishtalik;

  • Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o’rmonlar;

  • Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik;

  • Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to’g’rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch.

Tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo’lishi, uni ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo’ladi. Tarbiya esa diskret (uzlukli) jarayondir. Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan bo’ladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. Shunga qaramay tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko’p ma’noliligini sabab qilib ko’rsatsak bo’ladi. Tarbiyani ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o’zaro munosabat sifatida ko’rib chiqsak bo’ladi. Bu tushunchalarning hech qaysisi tarbiya mazmunini to’liq ochib bera olmaydi. A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: Tarbiya-insonning jamiyatga ko’nikishiga ko’maklashuvchi va bu ko’nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rif to’liq to’g’ri hisoblanmaydi. Bu faqat muallifning nuqtai nazarini aks ettiradi.

Yüklə 85,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin