uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy
inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keying rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
3-davr olimlari: (E.Meyman, S.Xoll, Torndayk, Rudolf SHteyner, Georg Kirshenshteyn, Jon Dyui, Vilgelm Lay, G.Noll, G.Boymer, Paul Natori).
Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari haqida ma’lumot bering.
Javob: Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari:
VARIANT №5 Ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya tushunchalariga ta’rif bering.
Javob: Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega.
Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan.
Nima sababdan XX asrda ijtimoiy pedagogika fani va faoliyatiga ijtimoiy talab kuchaydi?
J: XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy
pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko’rsatdi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf Shteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)- AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.