VARIANT №3 Ijtimoiy pedagog kasbi haqida ma’lumot bering.
Javob: Ijtimoiy pedagog - 1) xodimlarni kasbiy tayyorlashda ishtirok etuvchi turli xil va turdagi o`quv muassasasining o`qituvchisi, ijtimoiy ishlar bo`yicha mutaxassis: "ijtimoiy xodim" va "ijtimoiy pedagog"; 2) maktabgacha ta`lim muassasasi yoki, boshqa yoshlar muassasasining sinfda, guruhda, yotoqxonalarda va boshqalarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun mas`ul xodim (pedagog, tarbiyachi, o`qituvchi, murabbiy). Shuningdek, ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo`yicha o`rta yoki oliy professional ma`lumotga ega bo`lgan mutaxassis, ijtimoiy pedagogik faoliyatni professional tartibda yurita oladigan mutaxassis.
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga yo’llanmalar bera oladigan mutaxassis bo’lmog’i kerak.Shuning uchun xaqiqiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bo’lishi muxim axamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagogika fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Javob: U juda ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq. Bular:
Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya;
Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya;
Filosofiya-Mantiq-Iqtisod;
Tarix-Etnografiya-huquq.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi.
VARIANT №4 Xorijda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishi.
Javob: Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi- qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan.
Shubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O’z
o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan. 1-davr olimlari: (Demokrit, Aflotun, Suqrot, Arastu, Mark Fabiy Kvintilian). Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri- XVII-XIX asrlar- ijtimoiypedagogika eng ilg’or g’oyalar va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr bo’ldi desak, xato bo’lmaydi. XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog’lana boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiypedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi. 2-davr olimlari: (J.J.Russo; M.V.Lomonosov; KlodAdriana Gelvetsiy; Iogann Genrix Pestalotssi; Robert Ouen; Gebert Spenser;). XX asrga kelib ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining