A). Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi prinsipi. Tarbiyaning tabiatga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko’ra
ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanish omillariga
tayanadi. Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lish prinsipi ilk bor Slavyan pedagogi Yan
Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiatning bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi.
Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanish lozim:
- bolalar yoshi xususiyatlarini etiborga olish; - bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini etiborga olish; - me’yoridan chettga chiqish bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish; - bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish; - bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish.
B) Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi. Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipining davomidir. Uning
zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida tug`iladi,
shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq Uyg`onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o’z asarlarida to`xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir. Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug`ilgan joyi, shart-sharoiti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madagniyatini
o’zlashtiradi, yaeni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o’zi ham
o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning
madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini oshirish talab etiladi.