jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;
jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.
Ijtimoiylashuvning makro omillariga izoh bering.
Javob: Makroomillar (makro-katta) - davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi. Ya’ni, ijtimoiylashuvning makro omillari butun insoniyatning yoki ma'lum mamlakatlarda yashovchi juda katta guruhlarning ijtimoiylashuviga ta'sir qiladi.
Makro omillarga quyidagilar kiradi: - Kosmos; - Yer sayyorasi; - Butun insoniyat jamiyati; - Mamlakat - bu tabiiy sharoiti va geografik joylashuvi bilan boshqa hududlardan ajralib turadigan chegaralari bo'lgan hudud. - Jamiyat - bu mamlakatda odamlar o'rtasida, shu jumladan uning tarkibida oila, davlat, yosh, ijtimoiy, kasbiy va boshqa guruhlar o'rtasida shakllangan ijtimoiy munosabatlar majmui. - Davlat - jamiyatning siyosiy tizimining bir qismi bo'lib, u hokimiyat funktsiyalarini bajaradi. - Tabiiy muhit yoki geografik omil(O’z fikringlar bilan to’ldirasizlar).
Javob: Ijtimoiylashuvning mikroomillari-Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo’shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni birbiridan mustaqil o’rganishning iloji yo’q.