4.Spirtlar va fenollarga,aldegid va ketonlar,karbon kislota va
murakkab efirlar mavzulari bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish. : Spirtlar deb, R-OH umumiy formulaga ega bo‘lgan birikmalarga aytiladi. Bu yerda R-alkil guruhi bo‘lib, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi bo‘lishi, ochiq zanjirli, halqali, yoki qo‘sh bog‘ yoki aromatik halqa tutishi mumkin. Olish usullari.Spirtlar galoidalkillarni suv yoki NaOH bilan gidroliz qilib olinadi. Suv bilan gidroliz qilinganda reaksiya qaytar, ishqor bilan gidroliz qilinsa oxirigacha boradi:
Spirtlarni magniyorganik birikmalar asosida sintez qilish mumkin:Bu usulda chumoli aldegiddan birlamchi, boshqa aldegidlardan ikkilamchi, ketonlardan uchlamchi spirtlar hosil bo‘ladi. Spirtlarni olish usullaridan biri alkenlarga suv ta’sir ettirishdir. Kimyoviy xossalari.Spirtlarning reaksiyaga kirishish qobiliyati undagi O-H guruhi va alkil radikalining tabiati bilan belgilanadi.
1-tajriba.Spirtlarning suvda eruvchanligi.Reaktivlar:etil spirti; propil spirti; butil spirti; izoamil spirti; yodni kaliy yodiddagi 1% li eritmasi; distillangan suv.Jihozlar:probirkalar; menzurka; pipetka; shisha tayoqcha; probirka tutgich; laboratoriya shtativi.Tajribani bajarish:Etil spirti, propil spirti, butil spirti va izoamil spirtidan 1 mldan olib probirkalarga quyiladi. Spirtlarni hidi aniqlanadi.So’ng har bir probirkaga 2 mldan suv qo’shiladi va probirkalar chayqatiladi. Etil spirti va propil spirti suvda to’liq erib ketadi. Butil spirtida va izoamil spirtida ko’proq emulsiya hosil bo’lib ikki qatlamga ajralib qoladi.Probirkalarni har biriga 1 ml dan yodni kaliy yodiddagi 1% li eritmasidan qo’shildi va chayqatildi. Etil spirti va propil spirtli probirkalarda bir jinsli suyuqlik yodni suv spirtli eritmasi hosil bo’ldi. Izoamil spirtli probirkada yod suvli qatlamdan spirtli qatlamga o’tib uni sariq qo’ng’ir rangga bo’yadi. Yod suvga nisbatan, spirtlarda yaxshi eriydi. 2-tajriba.Dietil efirning kislotalar bilan ta’siri.Reaktivlar: dietil efir; kontsentrlangan sulfat kislota eritmasi; kontsentrlargan xlorid kislota eritmasi; natriy gidroksidning 10% li eritmasi; muzli suv. Jihozlar: probirkalar; 50 ml sig’imli stakan; menzurka; laboratoriya shtativi; pipetka.Tajribani bajarish: Ikkita quruq probirka olib birinchisiga 2 ml konsentrlangan sulfat kislota, ikkinchisiga kontsentrlangan xlorid kislota quyiladi. Probirkalar muzli suvli stakanda sovitiladi va ehtiyotlik bilan arashtirib turgan xolda 1 mldan sovutilgan efir qo’shiladi. Hosil bo’lgan gomogen eritmalar 5 mldan muzli suv qo’shilgan probirkalarga asta-sekin qo’shiladi. Efir qatlami qalqib chiqib, uning miqdori probirkaga natriy gidroksidning 10%li eritmasidan 3-4 tomchiqo’shilganda ortadi.Fenollar-:Molekulasida kislorod atomi tutgan aromatik birikmalarni ikkiga bo‘lish mumkin: fenollar va aromatik spirtlarga. Fenollar kimyo sanoatida katta ahamiyatga ega.Olinish usullari.1. Ko‘mirdan koks olish jarayonida hosil bo‘lgan smoladan fenol va o-, p-, m-krezollar ajratibolina2. Benzoldan olish uchun u sulfolanadi va ishqor bilan qizdiriladi: