Variant I to`yinmagan uglevodorodlar. Alkinlar ularning tuzilishi va xossalari


Variant III 1.Spirtlar va oddiy efirlar ularning tuzilishi va xossalari



Yüklə 158,83 Kb.
səhifə8/26
tarix17.10.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#156710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Variant I

Variant III
1.Spirtlar va oddiy efirlar ularning tuzilishi va xossalari. Spirtlar deb, R-OH umumiy formulaga ega bo‘lgan birikmalarga aytiladi. Bu yerda R-alkil guruhi bo‘lib, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi bo‘lishi, ochiq zanjirli, halqali, yoki qo‘sh bog‘ yoki aromatik halqa tutishi mumkin.Olinish usullari. Spirtlar galoidalkillarni suv yoki NaOH bilan gidroliz qilib olinadi. Suv bilan gidroliz qilinganda reaksiya qaytar, ishqor bilan gidroliz qilinib olinadi. Oddiy efirlar deb, spirt molekulasidagi vodorodning uglevodorod qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘lgan birikmalarga aytiladi. Bunda uglevodorod qoldig‘i bir xil (R-O-R) yoki har xil (R-O-R) bo‘lishi mumkin. Oddiy efirlarni quyidagicha nomlanadi:C2H5-O- C2H5 dietil efiri; etoksietan; CH3-O- CH3 dimetil efiri; metoksimetanCH3-CH2-O- CH3 metiletil efiri, metoksietan va h-zo.Oddiy efirlar natriy alkogolyatlarni galoidalkillari bilan reaksiyasidan olinadi (Vilyamson usuli).1-tajriba.Alkogolyat hosil qilish va uning gidrolizi.Reaktivlar: absolyut etil spirti (100 % li); propil spirti; amil spirti; natriy metali; fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasi; distillangan suv. Jihozlar:probirkalar; menzurka; pipetka; shisha tayoqcha; probirka tutgich; laboratoriya shtativi; pintset; pichoqcha; gaz o’tkazgich nayi; gaz gorelkasi. Tajribani bajarish: Uchta quruq probirka olib har biriga 2 mldan absolyut etil spirti, propil spirti va izoamil spirtlari qo’yiladi. Har bir probirkaga oksid qatlamdan tozalangan no’xatkattaligidagi natriy metalinning bo’lagidan solinadi. Probirkalarni gaz o’tkazish nayli probirkalardan o’rnatiladi.Gaz ajralib chiqishi mo’tadillashgandan so’ng gaz o’tkazish nayini uchidagi gaz yoqiladi. Reaktsiya sekinlashsa probirkalar ohista qizdiriladi. Sо’ngrа har bir probirka 1 tomchidan fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasidan qo’shiladi. Indikator rangi o’zgarmaydi. Etanol quyilgan probirkadagi reaktsiya oxirigacha olib boriladi.Buning uchun probirka ohista qizdiriladi. Probirka tubida oq rangli natriy etilat hosil bo’ladi. Natriy metalli to’liq reaktsiyaga kirishishi lozim. Probirkaga 1 ml suv qo’shiladi va natriy etilat eritiladi. Sо’ngrа probirkaga 1 tomchi fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasi tomiziladi. Eritma pushti rangga kiradi. Bu natriy etilatni gidrolizida natriy gidroksidni hosil bo’lishi bilan tushuntiriladi. 2-tajriba.Dietil efirning olinishi.Reaktivlar: konsentrlangan sulfat kislota eritmasi; 96% lietil spirti. Jihozlar: probirkalar; gaz o’tkazish nayli probka; menzurka; pipetka; laboratoriya shtativi.Tajribani bajarish: Quruq probirkaga 1.5 ml etil spirti va 1.5 ml sulfat kislotani konsentrlangan eritmasidan qo’shiladi va qaynaguncha ohista qizdiriladi. Sо’ngrа qizdirish to’htailadi va probirka devorlari bo’yicha 10 tomchi etil spirti quyiladi. Hosil bo’lgan dietil efir hidi bo’yicha aniqlanadi. Probirka gaz o’tkazish nayli probka bilan berkitiladi va probirka ohista qizdiriladi. Gaz o’tkazish nayini uchi yoqiladi. Dietil efir etil spirtiga nisbatan yorqin alanga berib yonadi.
2.Uglevodorodlar va azotli organik birikmalar,oqsillar va yuqori molekulyar birikmalar mavzulari bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish. 1-tajriba.Metil va etilaminning olinishi.Reaktivlar: metil spirt; etil spirt; natriy gidroksid; konsentrlangan ammiak eritmasi; metil yodid; etil yodid; pikrin kislotaning 1% li eritmasi; natriy gidroksidning to’yingan eritmasi; fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasi; distillangan suv; lakmus qog’oz; muzli suv;.Jihozlar: 100 ml sig’imli tubi yassi kolba; 200 ml li stskan; tomizgich voronka; shisha voronka; filtr qog’oz; gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probka; probirkalar; menzurka; pipetka; shisha tayoqcha; probirka tutgich; chinni kosacha; laboratoriya shtativi.Tajribani bajarish: Dastlab ammiakning metil va etil spirtlaridagi to’yingan eritmalari tayyorlab olinadi. Eritmani tayyorlash uchun 100 ml sig’imli kolbaga tomizgich voronka va gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probkani o’rnating. Gaz o’tkazish nayining uchini 5 ml metil spirt va 0.5 ml suv solingan probirkaning tubigacha tushirib qo’ying. Probirkani esa 0°C gacha muz bilan sovitib turing. Kolbaga 15 gramm qattiq holdagi natriy gidroksid soling va unga asta-sekin tomizgich voronka orqali konsentrlangan ammiak eritmasidan quying. 15 minut davomida ammiak yuborilganda keyin, eritma tajriba uchun tayyor bo’ladi. 5 ml etil spirt va 0,2 ml suvni aralshtirib eritma tayyorlang. Uni ham yuqoridagidek ammiak bilan to’yintiring. Uglevodlar (shakarlar, glitsidlar) — oqsillar va yogʻlar bilan bir qatorda odam, jonivorlar va oʻsimliklar organizmi hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan keng tarqalgan organik birikmalar guruhi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan energiya manbalaridan biri. Xossalariga koʻra, oksialdegidlar va oksiketonlarga yaqin turadi. U. asosiy qismining umumiy formulasi CnH2nOn yoki Cp(H2O)p boʻlib, monosaxaridlardan glyukoza (fruktoza) C6H12O6 yoki disaxaridlardan saxaroza C12H22O11 ularga misol boʻla oladi. Oʻsimliklar qattiq moddasi massasining 80% ga yaqini, jonivorlar quruq massasining 2% ga yaqini U.ga toʻgʻri keladi. Oʻsimliklar U.ni anorganik moddalar — karbonat angidrid (СO2) bilan suvdan sintez qiladi. Tirik organizmda U. biologik jarayonlarda energiya manbai, organizm uchun boshqa oraliq yoki oxirgi metabolitlar sintezida xom ashyo rolini o'ynaydi. Hozirgi tarkibida uglerod, vodorod va kisloroddan tashqari azot, oltingugurt yoki fosfor bo'lgan birikmalar ham U. qatoriga kiritiladi. 2 katta guruhga: monosaxaridlar va polisaxaridlarga boʻlinadi. Polisaxaridlar esa shakarsimon (oligopolisaxaridlar) disaxaridlar (biozalar), trisaxaridlar, tetrasaxaridlar va noshakarsimon polisaxaridlardan iborat. Ular oddiy U. (monosaxaridlar yoki monozalar) va murakkab U. (polisaxaridlar yoki poliozalar) deb ham ataladi.

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin