2.1:Avesta Zardushtiylik (Mazda Yasna) dinining asosiy manbai Avesta kitobi Markaziy Osiyo va O‘rta Sharq xalqlarining eng qadimgi yozma yodgorligidir. Ilk bora Avesta oramiy yozuvi yordamida kitobga birlashtirilgan deb hisoblanadi. Avestaning oramiy yozuvli nusxasi esa yunon-makedon bosqini davrida Aleksandrning buyrug‘i bilan olovga tashlangan, degan xabarlar manbalarda yetib kelgan. Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, gap Avestaning 12 ming mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan va “Doro ibn Doro” saroyi xazinasida (ya’ni xos arxiv yoki kutubxonada) saqlangan nusxasi haqida bormoqda. Shunday qilib, Avesta kitobi yo‘q qilingach, uni mo‘badlar xotirasida (yod olingan holda) avloddan avlodga o‘tib kelgan shaklidan qayta yozib olishga qaratilgan harakatlar ko‘p marta takrorlangan. Dastlabki urinish Parfiya podshosi Valaxsh V (Vologez) davrida (miloddan avv. I asr oxiri – milodiy I asr boshlari), keyinchalik zardushtiylik Eronga kirib borib davlat dini maqomiga ko‘tarilgan III asrdan boshlab to milodiy VI asr o‘rtalarigacha Avestani to‘liq tiklashga harakatlar takror-takror amalga oshirilgan. Nihoyat, milodiy 531-579yillarda podsholik qilgan Xusrav I Anushirvon davrida bu ish payoniga yetib, Avesta 21 kitob (nasklar) shaklida tiklangan. Bu orada O‘rta Osiyo xalqlari og‘zaki ravishda Avesta matnlarini avloddan-avlodga uzatishda davom etishgan. Chunki zardushtiylikda din amali uchun har bir xonadon otasi javobgar deb hisoblangan. Milodiy VI asrga kelib kitob shaklida tiklangan Avestaning taqdiri og‘ir kechdi. Arab istilosi va islom dini joriy etilishi tufayli zardushtiylik va Avesta o‘z o‘rnini musulmonchilik va Qur’onga bo‘shatib bera boshladi. Bunga islomdagi vahdoniyatning mutloqligi va zardushtiylikda yaratganning yakkaligi g‘oyasidan
2.2:O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi I-126-jamg‘armada saqlanayotgan Buxoro amirligiga qarashli bo‘lgan “Qo‘shbegi arxivi” XIX – XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va ulardagi ma’lumotlar, asosan, Buxoro amirligiga oiddir.Qo‘shbegi arxivining mavjudligi Xiva va Qo‘qon xonligi arxivi ochilgunga qadar, “O‘rta Osiyo xonliklarida hech qanday arxiv bo‘lmagan” kabi e’tirozlarga o‘rin qoldirmaydi. Bu arxivlarning 1930-yildan keyin ochilishi natijasida, nafaqat Buxoro amirlgida, balki O‘rta Osiyo mintaqasida xonliklarda XIX – XX asr boshlaridagi davlatchilik tarixiga oid qimmatli yozma manbalar vujudga keldi. Natijada, ushbu yozma manbalar orqali hujjatlardagi ma’lumotlarni to‘ldirish, ayrim sohalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlari ham tug‘ildi. 1931-yilda Buxoro muzeyi xodimlari tomonidan Ark yerto‘lasidan topilgan Qo‘shbegi arxivi 1933- yilda Toshkentga – Markaziy davlat arxiviga olib kelingan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ma’naviy ishlar noziri Musojon Saidjonov tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Buxoro amirligida ikki turdagi arxiv hujjatlari mavjud bo‘lib, ular: 1) amirlik devonxonasi arxiv hujjatlari; 2) Buxoro amirligi qo‘shbegisi arxividan iborat bo‘lgan. Amirlik devonxonasi arxiv hujjatlarini hukmdorlar o‘z qarorgohlarida saqlagan. Masalan, amir Muzaffar ularni Shirbudunda saqlangan bo‘lsa, uning o‘g‘li Abdulahad arxiv hujjatlarini o‘zi bilan Karmanadagi qarorgohiga olib ketgan edi. Amir Olimxon davrida esa hujjatlar Buxoro shahriga olib kelingan. Amir devonxonasiga parvonachi javobgar bo‘lgan.Buxoro amirligi Qo‘shbegi arxivi o‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan qo‘shbegi Mirzo Nasrullo davri (1910–1917yy.)dan boshlab tizimlashtirib, tartibga solinib ikki qismga: ichki va tashqi (xorijiy) ishlarga doir hujjatlarga bo‘lingan. Hujjatlar yerto‘lada sandiqlarda saqlangan. Biroq, undan keyingi qo‘shbegi Usmonbek hujjatlarni saqlashga sovuqqonlik bilan yondashgani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.1933-yilda Buxoroda qo‘shbegi arxivni guruhlash maqsadida maxsus komissiya tuziladiKomissiya muzeydagi qo‘shbegi arxivi hujjatlarini tekshirib chiqib 16 ta guruh: 1.Moliyaviy hujjatlar: a) kirim va chiqim farmonlari; b) moliyaviy hujjatlarni tasdiqlaydigan farmonlar; 2. Amir nomiga iltimos va ma’lumotlar: a) viloyat va tumanlardan; b) kotiblarning ma’lumotlari; s) qo‘shbegi va boshqalarning bayonnomalari; 3. Harbiy xizmat amaldorlarining ro‘yxati: a) ruhoniylar va boshqalar; 4. Amir yozishmalari va uning farmonlari. 5. Qo‘shbegi nomiga kelgan iltimos va xabarlar; 6. Qo‘shbegining javoblari; 7. Siyosiy agentlik bilan yozishmalari; 8. Biletlar, ma’lumotnomalar, guvohnomalar; 9. Telegrammalar, gazetalar va jurnallar; 10. Har xil qog‘ozlar; 11. Siyosiy agentlik bilan olib borilgan muhim yozishmalar; 12. Amirning shaxsiy hujjatlari; 13. Amirning siyosiy ma’ruzalari; 14. Amirning iqtisodiy ma’ruzalari; 15. Maxfiy ma’lumotlar; 16. Qo‘shbegining Rossiya siyosiy agentligi amaldorlari bilan ba’zi yozishmalariga ajratilgan.
2.3:Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2004 йил 3 февралдаги “Архив ишини бошкариш тизимини янада такомиллаштириш тугрисида”ги Е^арори. Узбекистон Республикаси Президентининг давлат боищаруви Республика органлар тизимини такомиллаштириш тугрисида 2003 йил 9 декабрдаги ПФ-3358-сонли Фармонига мувофик хамда архив ишини бошкариш органлари фаолиятининг самарадорлигини ошириш архивларнинг моддий техник базасини мустахкамлаш ва ривожлантириш максадида 2004 йил 3 февралда Узбекистон Рес публикаси Вазирлар Махдамаси томонидан кабул килинган “Узбе кистон Республикасида Архив ишини бонщаришни янада тако миллаштириш тугрисида” ги карорига асосан Республика архив ишини бошкариш органи таркибий тузилмасига узгартиришлар киритилди. Бугунги кунда Узбекистон Республикаси Архив хизматини Вазирлар Махдамаси хузуридаги “Узархив” агентлиги бошкариб келмовда. 2004 йил 3 февралда Вазирлар Махдамасининг “Узбекистон еспубликасида Архив ишини бошкаришни янада такомиллашти- риш тугрисида” 49-сонли Ь^арори кабул килинди ва унга асосан куйидагича узгартиришлар киритилди. 1. “Узбошархив” бошкармаси Узбекистон Республикаси Ва зирлар Махдамаси хузуридаги “Узархив” агентлигига айлантири- лади ва унинг асосий вазифалари белгиланади. 2. “Узархив” агентлигининг Бош директори макомига кура Ва- зирнинг биринчи уринбосарига, Бош директор уринбосари - вазир уринбосари тенглаштирилади. 3. Архив иши худудий бошкармаларининг К,оракалпогистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг Раиси, вилоятлар ва Тош- кент шахдр х,окимлари билан келишув буйича “Узархив” агентли гининг Бош директори томонидан лавозимга тайинлаш ва лавози- мидан озод этиш белгиланади. 4. “Узархив” агентлиги Узбекистон Республикаси Марказий давлат архиви кутубхонаси Узбекистон матбуот ва ахборот агент лиги тарихий-илмий нашрлар ва даврий матбуотнинг назорат нусхаларини олувчи ташкилотлар руйхатига киритилади. 5.0лий ва урта махсус таълим вазирлига, урта махсус, касб- хунар таълим марказига “Узархив” агентлиги тизими муассасала ри, республикамизнинг бошка манфаатдор вазирликлари ва идора- лари билан тузилган шартномаларга мувофик, архив иши буйича олий ва урта махсус, касб-хунарга оид маълумотли кадрларни тай- ёрлаш, кайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш буйича тадбирлар ишлаб чикдш ва амалга оширишда бир катор ишлар бажариш юклатилди. Умуман олганда Узбекистон Республикасининг 2004 йил 3 февралдаги архив ишини яхшилаш тугрисидаги К,арори ва архив иши тугрисида кабул килинган конун х,ужжатлари республикамиз архив ишини ташкил этиш ва сифатини яхшилашга хизмат килмокда
2.4: Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2004 йил 3 февралдаги “Архив ишини бошкариш тизимини янада такомиллаштириш тугрисида”ги Е^арори. Узбекистон Республикаси Президентининг давлат боищаруви Республика органлар тизимини такомиллаштириш тугрисида 2003 йил 9 декабрдаги ПФ-3358-сонли Фармонига мувофик хамда архив ишини бошкариш органлари фаолиятининг самарадорлигини ошириш архивларнинг моддий техник базасини мустахкамлаш ва ривожлантириш максадида 2004 йил 3 февралда Узбекистон Рес публикаси Вазирлар Махдамаси томонидан кабул килинган “Узбе кистон Республикасида Архив ишини бонщаришни янада тако миллаштириш тугрисида” ги карорига асосан Республика архив ишини бошкариш органи таркибий тузилмасига узгартиришлар киритилди. Бугунги кунда Узбекистон Республикаси Архив хизматини Вазирлар Махдамаси хузуридаги “Узархив” агентлиги бошкариб келмовда. 2004 йил 3 февралда Вазирлар Махдамасининг “Узбекистон Республикасида Архив ишини бошкаришни янада такомиллашти- риш тугрисида” 49-сонли Ь^арори кабул килинди ва унга асосан куйидагича узгартиришлар киритилди. 1. “Узбошархив” бошкармаси Узбекистон Республикаси Ва зирлар Махдамаси хузуридаги “Узархив” агентлигига айлантири- лади ва унинг асосий вазифалари белгиланади. 2. “Узархив” агентлигининг Бош директори макомига кура Ва- зирнинг биринчи уринбосарига, Бош директор уринбосари - вазир уринбосари тенглаштирилади. 3. Архив иши худудий бошкармаларининг К,оракалпогистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг Раиси, вилоятлар ва Тош- кент шахдр х,окимлари билан келишув буйича “Узархив” агентли гининг Бош директори томонидан лавозимга тайинлаш ва лавози- мидан озод этиш белгиланади. 4. “Узархив” агентлиги Узбекистон Республикаси Марказий давлат архиви кутубхонаси Узбекистон матбуот ва ахборот агент лиги тарихий-илмий нашрлар ва даврий матбуотнинг назорат нусхаларини олувчи ташкилотлар руйхатига киритилади. 5.0лий ва урта махсус таълим вазирлига, урта махсус, касб- хунар таълим марказига “Узархив” агентлиги тизими муассасала ри, республикамизнинг бошка манфаатдор вазирликлари ва идора- лари билан тузилган шартномаларга мувофик, архив иши буйича олий ва урта махсус, касб-хунарга оид маълумотли кадрларни тай- ёрлаш, кайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш буйича тадбирлар ишлаб чикдш ва амалга оширишда бир катор ишлар бажариш юклатилди. Умуман олганда Узбекистон Республикасининг 2004 йил 3 февралдаги архив ишини яхшилаш тугрисидаги К,арори ва архив иши тугрисида кабул килинган конун х,ужжатлари республикамиз архив ишини ташкил этиш ва сифатини яхшилашга хизмат кил- мокда
2.5:1924-yilda O‘rta Osiyoda milliy-hudidiy chegaralanishi o‘tkazilishi natijasida sovet respublikalari tashkil qilindi. Arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi tartibda bo‘lindi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv fondlari O‘rta Osiyo Markaziy davlat arxivida – oshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikaga beriladigan bo‘ldi. urkiston Respublikasining Yagona davlat arxivi fondi shu tarzda bo‘linib ketdi. 1924-yil 28-dekabrda maxsus qaror bilan O‘zSSR MITK huzurida O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil topgan barcha viloyat arxiv fondlari O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga topshirildi. Shuningdek, O‘rta Osiyo ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv fondlari ham O‘rta Osiyo markaziy davlat arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi, chunki ushbu O‘rta Osiyo arxiv fondlari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O‘zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi. O‘zSSR MIK va XKSning 1925-yil 22-iyul qarori bilan “O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra, respublikada Yagona davlat arxiv fondi (YaDAF) tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek diniy va shaxsiy arxivlar kiritildi, deb ko‘rsa-tildi. Viloyatlarda viloyat arxiv byuro’lari (1925-yilda -Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon, 1926-yilda – Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo) tashkil qilindi. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida va Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv ateriallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga olib borib topshirdilar. 1925-yil yanvar oyining o‘zida Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari topshirildi. Davlat arxivlarini arxiv materiallari bilan butlash ishlari olib borilishi barobarida 1925-1929-yillarda 134 ta arxiv fondi qabul qilindi. 1929-yili Arxiv ishi markaziy boshqarmasi 863 ta arxiv fondi va 764 ming yig‘ma jild qabul qilgan. Viloyatlar arxivlarida 924 ta arxiv fondi va 994 ming yig‘ma jild saqlangan. 1930-yil 9-apreldagi O‘zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Sovet davri arxivlarining ko‘payib borishi bilan SSSR MIK va XKS qarori asosida 1929-yil aprelda Davlat arxiv fondi kelib chiqishi bo‘yicha inqilobgacha va sovet davri arxiv fondlariga hamda ahamiyati bo‘yicha markaziy va mahalliy arxiv fondlariga bo‘lindi. 1931-yil 20-mayda O‘zSSR MIK O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risida nizom haqida qaror qabul qildi. O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi huzurida O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va Markaziy davlat tarix arxivi tashkil qilindi. 1934-yil iyulida SSSR MIK qarori bilan O‘zbekiston Markaziy arxiv boshqarmasi tarkibida O‘zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945-yilda bu arxiv tugatildi va barcha arxiv fondlari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya markaziy davlat arxiviga topshirildi.
1939-yili respublika arxiv tashkilotlari O‘zSSR MIK huzuridan O‘zSSR ichki ishlar xalq komissariati (IIXK - NKVD) qaramog‘iga o‘tkazildi. Shu munosabat bilan O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi o‘rniga O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissariati Arxiv bo‘limi tashkil qilindi. Arxiv ishlarini takomillashtirish sari qo‘yilgan qadamlar natijasida 1936-yilga kelib respublika arxivlarida 1534 ta arxiv fondlari va 1 mln 001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi. 1941-yilga kelib fondlar soni 4116 taga yetdi, hujjatlar esa, 1 mln 580 ming 450 saqlov birligidan oshib ketdi