4-variant. 3-savol. Arxivni zamonaviy maʼnoda, unda Oʻrta Osiyoda mutaxassislar bilan ishlaydigan alohida, maxsus boʻlim sifatida tashkil etish gʻoyasi faqatgina XIX asr oxirida shakllangan. Shunday qilib, 1870-yildan boshlab viloyat kengashlari qoshida maxsus idoraviy arxivlar tashkil etildi. Mahalliy milliy muassasalar: Qozon va Biysk sudlari, oqsoqollar idoralari faoliyati natijasida toʻplangan hujjatlar ish xonalarida saqlanar edi. Bugungi kungacha saqlanib qolgan Oʻrta Osiyo hukmdorlari arxiv hujjatlarida asosan maʼlum mukofotlar berish toʻgʻrisidagi yozuvlar, soliqlarni yigʻish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozlari, iqtisodiy tusdagi turli xil yozishmalar va kamdan-kam hollarda hujjatlar nusxalari yoki boshqa maʼlumotlar mavjud. Hukumdorlarning (xon va amirlar) devonxonalarida ularning faoliyatini oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar mavjud edi. Shu bilan birga, Xiva xonligi davrida, Buxoroda boʻlgani kabi, ish yuritish va hujjatlarni saqlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan devonbegi, parvonachi, kitobdor, shotir kabi lavozimlar faoliyat koʻrsatar edi. 2004-yil 3-fevralda (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/2004) „Oʻzarxiv“ agentlig sifatida tashkil etilgan boʻlib u Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish maqsad qilgan. Bu tizimiga Qoraqalpogʻiston (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qoraqalpog%CA%BBiston) Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Toshkent_shahri) hududiy boshqarmalari, ularning qaramogʻidagi davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi. Agentlik (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Agentlik) arxiv ishini rivojlantirishni va ushbu sohadagi ilmiy-texnika taraqqiyotining davlat tomonidan boshqarilishini taʼminlaydi, davlat va idoraviy arxivlarning faoliyatini tarmoqlararo muvofiqlashtiradi, arxiv ishi boʻyicha Respublika qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi .Oʻzbekiston Milliy arxivi 1958-yil 20-noyabrda OIMDA (SGAOR) va MDTA (SGIA) birlashishi natijasida tashkil etilgan. Bu yerda IX-asrdan — 1917-yillardagi tarixiy davrga oid arxiv hujjatlari saqlanadi. Shuningdek, Turkiston ASSR, Oʻzbekiston SSRning yuqori organlari va davlat boshqaruvi hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik davridan hozirgi kungacha boʻlgan hujjatlar ham mujassamdir. Arxivda milliy tarixning turli davrlaridagi davlat arboblari, siyosiy partiyalar, madaniyat, fan, jamoat tashkilotlarining shaxsiy fondlari ham mavjud. Arxiv fond hujjatlarining qariyb 1,8 million yigʻmajildlari MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 0,5 mln. yigʻmajildlar alohida qimmatli hujjatlardir.
Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiy hujjatlar milliy arxivi 1962-yilda tibbiyot fanlari va amaliyotining toʻplangan tajribasidan toʻliq foydalanish uchun Oʻzbekiston SSR Markaziy davlat tibbiy arxivi sifatida tashkil etilgan va 1965-yilda ilmiy-texnikaviy va tibbiy hujjatlari MDA deb nomlangan. Arxiv ilmiy-texnikaviy, tibbiy, loyihalash, muhandislik, ilmiy-tadqiqot, boshqaruv hujjatlarini, xamda respublika va mahalliy ahamiyatga ega shaxsiy fondlarni saqlaydi. Bu yerda taxminan 0,3 millionga yaqin yigʻmajildlar MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 21,0 ming yigʻma jildlar alohida qimmatli hujjatlardir.
Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi 1943-yilda tashkil topgan va 1959-yilda u Oʻzbekiston SSR Markaziy davlat arxivining kinofotofono hujjatlar boʻlimi sifatida qayta tashkil etilgan. 1974-yildan — kinofotofonohujjatlari Markaziy davlat arxivi deb nomlandi. Arxivda XIX-asrning 60-yillaridan boshlab foto, fono va kinohujjatlar saqlanadi. Bu yerda taxminan 0,3 millionga yaqin yigʻmajildlar MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 44,0 ming yigʻmajildlar alohida qimmatli hujjatlardir. Bugun yurtimizda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar qilinmoqda. Xususan, arxiv va ish yuritish sohasining raqamlashtirish jarayonlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. Quyida natijalar tahliliga e’tiboringizni qaratamiz. 2021-yilda Agentlik tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 26,8 milliardni tashkil etgan. Yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 830 ta, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 690 ta, «ishonch» telefoni orqali 8 ta, yozma tarzda 132 ta murojaat kelib tushgan.
Respublika davlat arxivlariga esa jami 4 ming 128 ta murojaat yo‘llanib, ular o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan.Shuningdek, 2021-yil davomida davlat arxivlariga 129 ming 409 ta mavzuli, 633 ming 293 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar yuborilgan. Shundan 72 foiz ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan.
Arxiv hujjatlari asosida ko‘rib chiqilgan so‘rovlarning 94 foizi ijobiy hal etilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taalluqliligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar 29,5 foizni tashkil etgan. «O‘zarxiv» agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2021-yil davomida 168 ta tashkilot va korxonalarda nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, ular yuzasidan 45 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 3 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan. My.mehnat.uz tizimi bilan «Arxiv ishi» yagona axborot tizimi integratsiya qilinishi tufayli Ish stajini tasdiqlash xizmati ishga tushirildi. Tizim Elektron hukumatning Yagona idoralararo integratsion platformasiga (my.archive.uz «O‘zarxiv» agentligi) muvaffaqiyatli ulandi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilib, 209 ming saqlov birligida qog‘oz asosidagi 13,7 million kadr (rejaga nisbatan 114 %) elektron nusxalari yaratildi, alohida qimmatli hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish ko‘rsatkichi 37,7 foizga yetkazildi. Bundan tashqari, Agentlik tomonidan yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash va «Mavzuli so‘rovlarni ijro etish» davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha elektron xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ishga tushirildi hamda sud qarorlari bo‘yicha davlat arxivlaridan ma’lumotnomalarni olish yuzasidan E-XSUD tizimi bilan integratsiyalashuvi yo‘lga qo‘yildi.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Yagona billing tizimi integratsiya qilinib, Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar bo‘yicha onlayn to‘lov tizimlari joriy etildi.O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlar internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, shundan 68 foizi optik tolali internet tarmog‘i bilan ta’minlandi.Bugungi kunda «Arxiv ishi» yagona axborot tizimi takomillashtirilib, davlat arxivlari saqlanayotgan shaxsiy tarkibga oid fondlarni qamrab olgan 80 mingdan ziyod ma’lumotlar bazasi shakllantirildi va u doimiy tarzda yangilanib borilmoqda. Oʻzarxiv agentliklari boʻlimlarida saqlanayotgan qimmatli hujjatlarning umumjahon ahamiyati eʼtirof etilib, Xiva xonligi hujjatlari 2017-yil YUNESKOning „Jahon xotirasi“ dasturi boʻyicha Xalqaro roʻyxatga kiritilgan. 4-variant