variant savol



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə6/29
tarix23.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#159996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
arxivshunoslik 2 kurs arxiv ishi yakuniy new

3-variant 3 savol. –
3-variant 4 savol.
3-variant 5 savol.


4-varinat.
1-savol.
Yozuv ilk sivilizatsiyaning asosiy belgisi hisoblanadi. Insoniyat tarixida harflarga asoslangan yozuvga mil. avv. II ming yillik oxirida finikiyaliklar asos solgan. Shu yozuv asosida oromiy, grek alfavitlari paydo bo'lgan. Turon zaminda yashagan xalqlar ham, shu jumladan, o‘zbeklar ham qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu yozuvlar o‘z sistemasiga ko‘ra, asosan, fonografik - harf-tovush yozuvidan iborat bo‘lgan. 0 ‘rta Osiyoda ham arab yozuviga qadar yunon, oromiy yozuvi asosida paydo bo‘lgan qadimgi baqtriya, xorazmiy, so‘g‘diy yozuvlari bo‘lganligi arxeologik manbalar asosida o‘z isbotini topgan.
Markaziy Osiyoda yozuv paydo bo‘ lishi bilan muhim voqea-hodisalarni qandaydir qattiq narsalarga-devor, tosh, sopolbuyumlar, metal taxtacha, yog‘och va yog‘och taxtachalarga qayd qilib borish an’analari paydo bo‘ldi. Shunday qilib, muhim voqealar hujjatlashtiriIib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan. Shunga qadar Markaziy Osiyoda arxivchilik an’anasining paydo bo’lganligi va rivojlanganligini tasdiqlaydigan arxivlar topilgan. Qadimgi Nisodan topilgan Parfiya ish yuritish hujjatlari -podshohning sharob saqlanuvchi omborxonasidan topilgan 2700dan ortiq ostrakon (sopol taxtacha)lardan iborat bo‘lib, kimga, qancha yoki kim, qayerdan vino olib kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Mazkur ostrakonlar hisob hujjatlari vazifasini o‘tagan. Hujjatlar oromiy alifbosiga asoslangan parfiya tilida yozilgan.Hujjatlar tasodifiy ravishda bir joyda to‘plangan bo‘lib, miloddan avvalgi I asr va milodiy II-III asrlarni o‘z ichiga oladi. Hujjatlardagi ma’lumotlar cheklangan bo‘lishiga qaramay, umumiy holda ular Parfiya jamiyati hayotining turli tomonlari to‘g‘risida axborot beradi. Ular yordamida podshohlik xo‘jaligning ayrim jihatlarini o‘rganish mumkin. Xususan ular Parfiya podshohligining ma’muriy-hududiy tuzilishi, boshqaruv tizimi, ijtimoiy qatlami to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Tuproqqal'a arxivi.
1945-1950-yillarda S.P.Tolstov tomonidan Qoraqalpog‘istonning Elliqqal’a tumanida joylashgan Tuproqqal'a harobalaridan Xorazm hujjatlari sanalgan ulkan arxivining topilishi fanga katta ma’lumotlarni olib kirdi. Tarix fanida bu arxiv joy nomi bilan “Tuproqqal'a arxivi” deb yuritiladi. Hujjatlardan ma’lumki, Xorazmda devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari juda yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, ma’muriy-xo‘jalik tizimi turkumiga kirgan arxiv hujjatlarining topilishi Xorazm davlatidagi ish yuritish an’anasi uzoq davrlardan buyon davom etib kelayotganligini bildiradi. Eramizning boshlari va milodiy II-III asrlarda, Tuproqqal’ada Xorazm shohlarining qarorgohini o‘rganish davomida to‘plangan ashyoviy manbalarda, ayniqsa, haykaltaroshlik namunalarida Kushon podsholigi davri madaniyatining ta’siri yaqqol seziladi. Xorazmda yozuv o‘z yo‘nalishida davom etgan va oromiy alifbosi asosida qadimgi xorazm yozuvi shakllangan. Qadimgi Xorazm davlati poytaxti - Tuproqqal'a arkidagi podsho qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan saroy majmuini o‘rganish jarayonida III asrga oid Xorazm podsholari arxivi topilgan. Tuproqqal’a saroyidagi podsho arxivida 1947 -1949-yillarda S.P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm rxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari qadimgi xorazmliklarning teri va yog'ochga yozilgan 140 ta hujjatini topishdi. Shundan 122 tasi teriga yozilgan bo‘lib, ularning ko‘pi chirib ketgan. Teriga yozilgan ujjatlardan 18 tasi, taxtaga yozilganlardan esa 8 tasi yaxshi saqlangan. Bu hujjatlarning asosiy qismi ma’muriy-o‘jalik masalalariga doir bo‘lib, oromiy tipidagi alifboda yozilgan. Hujjatlarning tili A.A. Freyman va boshqa tilshunoslar tekshirgan Xorazmning XIII - XIV asrlardagi o ‘ziga xos eroniy (forsiy) tiliga o‘xshaydi. Ayrim hujjatlarning yili ham ko‘rsatilgan. Ular teriga yozilgan bo‘lib, noma’lum davr sanalari - 207, 231 va 232 yillar bilan belgilangan. Hujjatlar topilgan madaniy qatlam Xorazm tarixining kushon-afrig‘iylar davri oralig‘i, ya’ni III-IV asrlarga oiddir.Tuproqqal’a hujjatlari arxivi ham Mug‘ qal’asidan topilgan Panjikent hokimi Devashtich arxivi kabi 0 ‘rta Osiyoning qadimgi davriga xos ijtimoiy munasabatlami o‘rganishda beqiyos muhim manba hisoblanadi. Ilk o‘rta asrlarga oid teriga bitilgan boshqa bir Xorazm hujjati Yakkaporson ko‘shkida, 1959-yilda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilgan.
Tuproqqal'ada shoh saroyida joylashgan markaziy massivning janubi-sharqiy tomonidagi pastgi qavatning 4 ta xonasida xorazm hujjatlari topilgan. Bu xonalar shartli ravishda 89(232), 90(231), 93(239), 91(YUR) raqamlari bilan belgilangan. Bu hujjatlar Afrig‘iy Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yog‘ochga-taxtacha va tayoqqa yozilgan. Ularning umumiy soni 140 ta bo‘lib, shulardan 122 tasi charmga, qolganlari yog‘och taxtacha va cho‘plarga yozilgan. Yozuvlar tush (qorasiyoh) bilan oromiy xat asosida shakllangan ilk xorazm kursiv usulida yozilgan. Mazkur arxiv hujjatlarini tahlil qilish jarayonida yog‘ochga yozilgan hujjatlarni uch guruhga bólish mumkin. Birinchi guruhga katta oilalar tarkibiga kirgan ozod va qul erkaklar ro‘yxati kiradi. Bu hujjatlar “uylar ro‘yhati” nomi bilan yuritiladi. Bunday to‘liq ro‘yhatlar 5 ta bo‘lib, shartli ravishda I-V-hujjatlar va bular Tuproqqal’a hujjatlari orasida butun holatda saqlanib qolgan yagonahujjatlardir. Bundan tashqari uy ro‘yxatlarining 10 ta bo‘lagi ham topilgan va shartli VI-XV-hujjatlarni tashkil qiladi.Ikkinchi guruhga yog‘ochga yozilgan xo‘jalik hujjatlari kiradi. Bu guruh 4 dona siniq yog‘och bo‘laklaridan iborat. Bu hujjatlar narsalarni kirim va chiqim ro‘yhatlaridan iborat.Uchinchi guruhdan 7 ta tayoqchadagi hujjatlar o‘rin olib, ular yupqa cheklardan iborat. Hujjatlar P-1, P-7 raqamlari bilan belgilangan. “P” belgisi ruscha “palochka” so‘zining bosh harfidan olingan. Birinchi guruhga kirgan “uylar ro‘yhati” hujjatlarini birinchilardan bo‘lib, S.P. Tolstov o‘qigan hamda I va II hujjatlar fotonusxalarini va matnlaming transliteratsiyalarini e’lon qilgan. Beshta to‘liq saqlanib qolgan “uylar ro‘yhati” dan to‘rttasida katta oilalar, ularning tarkibiga kirgan erkaklar hamda uy qullari sanab o‘tilgan. Uylar ro‘yhatidagi qullar ismlari etimologiyasi ko‘proq xorazmcha bo‘Iib, uylarning ozod a’zolari ismlaridan farq qilmaydi. Hujjatlarning birortasida xorazmlik bo‘lmagan qullarning ismi uchramaydi. Demak, qullar xorazmlik bo‘lib, ular patriarxal oilalarga qaram bo‘lib, uy egasiga itoat qilgan. Qullar ozod kishilardan farqlangan. Bu esa III asrda Xorazmda qulchilik patriarxal xarakterda bo‘lganligidan dalolat beradi. Uy ro‘yhatlari armiya va ko‘ngilli qo‘shinlarni kuch bilan ta’minlash maqsadida katta yoshli erkaklarni ro‘yhatga olish asosida tuzilgan bo‘lishi kerak. Bu kichkina tayoqlarni bir yoki har ikkala tomonida nozik o‘yma naqshlar ishlangan. Bu narsa ular yorliq bo‘lishi mumkinligi haqida taxminni beradi. Tayoqchalardagi yozuvlar rangi ancha o‘chib ketgan va tayoqdagi yozuv bir so‘zdan iborat bo‘lib, bu haqiqiy ismlar bòlishi kerak.Demak, Tuproqqal’a arxiv hujjatlari Xorazm davlatining ijtimoiy xo‘jalik tizimi, mahalliy boshqaruv tizimi, kishilarning ismlari, o‘lchov birliklari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tuproqqal’a arxivi Xorazmda davlat mahkamachilik an’anasi qadimiyatdan boshlab, uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonini bosib o‘tganligini ko‘rsatadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin