1-variant 4 savol.-
1-variant 5 savol. Arxiv ishi sohasida tuzilayotgan davlatlararo bitimlarning ham o‘ziga xos ijobiy jihatlari mavjud. Jumladan, 2003-yil 21- mayda «O‘zbosharxiv» («O‘zarxiv» agentligi) bilan Rossiya Federal arxiv xizmati o‘rtasida tuzilgan bitimda har ikki mamlakatning arxiv ishini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish nazarda tutilgan. Mazkur bitimning 2- moddasiga muvofiq, tomonlar Rossiya va O‘zbekiston arxiv fondlarini davlat tarixiga doir hujjatlar nusxasi bilan to‘ldirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish masalasi yoritilgan. Bitim davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonda arxiv ishining boshqaruv vakolatli davlat organi, shuningdek, arxivlari oldida turgan ba’zi muammolarni hal etishda o‘z samarasini bermoqda. 2003-yil 6-iyunda Amerika Yodgorlik Kengashi «Xolokost» va uning Vashingtondagi muzeyi bilan tuzilgan bitim ham ikkiyoqlama hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro ilmiy-tadqiqot loyiha va dasturlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Bitimning asosiy maqsadi – «Xolokost» mavzuiga doir ma’lumotlar bilan almashish, «Xolokost» tarixini yorituvchi arxiv fondlaridagi hujjatlarni aniqlash, ta’riflash, o‘rganish va ro‘yxatini tuzishdir. Bunga javoban Amerika Yodgorlik Kengashi «Xolokost» ish jarayonidagi moliyaviy ta’minotni o‘z zimmasiga olish bilan bir qatorda AQSH arxivlarida saqlanuvchi O‘zbekiston tarixiga doir hujjatlar haqida ma’lumot berishi belgilab olingan. 2004-yil 24–26-may kunlari Toshkent shahriga Polsha Respublikasi Prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi A.Maykovski rahbarligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurgan edi. Shu yilning 25-mayida qabullar uyida (Tashqi ishlar vazirligi) arxiv materiallarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston – Polsha qo‘shma komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Polshadagi ikkala shtatda mahalliy aholi tarixini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan «O‘zarxiv» agentligi va Polsha davlat arxivlari bosh direktorlari axboroti tinglandi. Majlis davomida O‘zbekistondagi polyaklarning tarixiga oid 70% arxiv materiallari nusxalari Polsha vakillariga topshirildi. Majlis yakunida Bayonnoma qabul qilindi. Kelishuvga asosan arxiv sohasida davlatlararo bitim tuzishga kelishib olindi. Yuqorida qayd etilgan bitimlar 5 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, ular imzolangan kundan kuchga kiritildi. Mazkur bitimlar respublika arxiv ishini rivojlantirishda o‘z samarasini bermoqda. Davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash doirasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy so‘rovnomalarini bajarish keng yo‘lga qo‘yilgan. Soha ilmiy-uslubiy tajribalari bilan almashinishda arxivchilarning xalqaro anjumanlarda ishtirok etishini aytib o‘tish mumkin. 2005-yil mayida axborot asoslari Polsha davlat arxivlari bosh direksiyasi va N. Kopernik nomli universitetning tarix fakulteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Arxivlar va noan’anaviy axborot asoslari» mavzuidagi Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari arxivchilarining 11-xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Varshava shahridagi Skovronekovsk o‘qishlarida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi KSON MDA direktori D. T. Zokirova va bo‘lim boshlig‘i Z. Suleymanovalar kino,
surat, ovozli hujjatlar xorijiy arxivshunosligi bilan tanishish va tajriba almashish Xalqaro Arxivlar Kengashi “EVRAZIKA” bo‘limining 2008-2012-yillar rejasiga muvofiq navbatdagi 11-konferensiya va MDH davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat yig‘ilishi 2010-yilda Odessa (Ukraina)da o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. 2018-yil 18-20-aprel kunlari Tatariston shahrida arxivchilarga bag’ishlangan konfrensiya bo’lib o’tdi. U yerda Markaziy davlat arxivi xodimlari ham qatnashdilar. Konfrensiyaning maqsadi arxivlarni elektonlashtirish va u yerdagi qimmatli ma’lumotlarni ayriboshlash edi. Zamonaviy texnogen muhitda ananviy axborot vositalariga hujjatlarni saqlashni taminlash masalasiga etibor qaratildi. Shu yilning 16-may kuni “O’zArxiv” agentligi Bosh direktori va Rossiya Federasiyasining Sverdlovsk viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv doirasida o’zaro hamkorlikni kengaytirish va hujjatlarni almashlab foydalanish bo’yicha kelishib olindi. 2018-yil 11-13-mart kunlari “O’zArxiv” agentligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy arxiv hodimlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga rasmiy tashrif bilan bordilar. Mazkur tashrif 2018-yilda ikki davlat o’rtasida imzolangan arxiv sohasidagi hamkorlik Bayonnomasi doirasida uyushtirildi.