variant savol



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə5/29
tarix23.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#159996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
arxivshunoslik 2 kurs arxiv ishi yakuniy new

3 variant 1 savol
Ma’lumki, parfiyaiiklar tili Janubiy Turkmaniston va Xurosonda eng qadimgi davrlardan eramizning V-VI asrlarigacha aholining eng asosiy so‘zlashuv va aloqa tili bo‘lib kelgan. Keyinchalik, bu til Parfiyada davlat tili maqomini olib, Sosoniylar imperiyasiga qadar aloqa tili bo‘lib qolgan. Sosoniylar bosqinidan so'ng, Eronning asosiy rasmiy tili o‘rta- fors paxlaviy tili - davlat tili deb e’lon qilingan. Grek-makedon mustamlakachiligi va ellinistik davlatlaming vujudga kelishi munosabati bilan grek tilining roli o‘sadi. Biroq, Parfiyadagi ma’muriy tashkilotlardagiish yuritishda ko'proq parfyan tilidan foydalanilgan. Davlat hujjatlarini tuzishda grek tili va yozuvi bilan birga oromiy devonxona tizimidan ham foydalanish saqlab qolingan. Nisodan topilgan 2700 ga yaqin sopol taxtachalar juda qimmatli ■ material hisoblanib, Parfiya davlatining butun xronologik davrini yoritib beradi.
3variant 2 savol
Xiva xonligi arxivi. Ma’lumki, XIX asr ikkinchi yarmi 0 ‘rta Osiyo xalqlari taqdirida keskin va fojeali burilish yasagan davri bo‘ldi. 1873-yilda Rossiya imperiyasining Xiva xonligi ustidan protektorati o‘rnatilib, xonlik va xonning faoliyati ustidan nazorat giluvchi imperiya ma’muriyati Kengashi (Devon) joriy qilindi, Kengash a’zolari 7 kishidan tashkil topib, ulardan to‘rt kishi Rossiya ma’muriyati vakillari, uchtasi esa - Xiva xonligi (xonning o‘zi, devonbegi va mehtar)dan iborat edi. Devonning raisi xon hisoblangan. U tomonidan qabul qilinadigan muhim qarorlar Turkiston generalgubematori tomonidan albatta tasdiqlanishi shart edi. Xiva xonligini ikkita mustaqil ma’muriy birliklarga bo‘linishi natijasida- devon tizimi bekor qilindi. 1886-yildagi “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom”ga ko‘ra Amudaryo boTimi Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilib, viloyat harbiy gubernatori boshqarmasiga bo‘ysunadigan boTdi.0 ‘zR MDAda saqlanayotgafl Xiva xonlari arxiv hujjatlarida xonlikdagi arxiv ishi va ish yuritish tartiblari yoritilgan. Xiva xonligi arxivi hujjatlarini butlash tarixiga ruslar katta e’tibor qaratishgan. 1864-1865-yillarda Rossiya harbiylarining Toshkentga qilgan yurishidan farqli o‘laroq, Xiva xonligini zabt etishda harbiy qo‘shinlar bilan birgalikda harbiy-topografik va madaniy-tarixiy mu’lumotlaf to‘plovchi olimlar guruhi ham safarbar etilgan. Buholat bosib olingan hududlarga nisbatan Rossiya imperiyasi hukumatining va ilmiy jamiyat vakillarinmg o‘ziga xos qiziqishini ortib borishi bilan bogiiqdir.A.Kunning ma’lumotlariga ko‘ra, Xiva xoni saroyi egallanganligining ikkinchi kunida turli xil mazmundagi 300 ga yaqin qwyozmalar konfiskatsiya qilingan. Ulardan 129 tasi-140 jildli tarixiy to‘plamlar, yigirmaga yaqin sharq shoirlarining 30 jildli asarlari, 40 ta huquqiy-diniy 50 jildli to‘plamlar, shuningdek, Qur’onning 18 nusxasi va 50 ta o‘quv qo‘llanmalardan iborat edi. A.Kunning fikricha, bu qo‘lyozmalar orasida xon saroyi yilnomachisi vazifasida ishlagan Yunus Mirobning “Xiva xonlari tarixi” asari qimmatli manbalardan biri hisoblangan. Asarda qo‘ng‘irotlar sulolasining asoschisi Eltuzarxon davridan to Rossiya imperiyasi bosqiniga qadar hukmronlik qilgan xonlar tarixi yoritilgan. Davlatda mavjud bo‘lgan urf-odatlar bo‘yicha bu asar rasmiy yilnomachilar tomonidan avloddan-avlodga merosiy asar qilib qoldirilganXiva xonlari arxivi asosan qushbegi jnahkamasi, devonbegi va mehtar hujjatlaridan tashkil topgan edi. 1948-yilning iyulida Xorazm viloyat davlat arxiv fondida to'plangan “Xiva xoni devonxonasi”ning 1874-1917-yillardagi voqealami aks ettiruvchi 98 saqlov birligidagi hujjatli materiallari 0 ‘zR MDAga qabul qilindi. Bu hujjatlar Amudaryo bo‘limi boshlig‘i va Xiva xoni mahkamasi o'rtasida soliq yig‘imlari, jinoiy va fuqaroviy ishlar to‘g‘risidagi hamda boshqa hujjatlardan iborat edi. Bir yildan so‘ng fondga Qoraqalpog‘istondan keltirilgan qozilik va vaqf hujjatlari, mahalliy xalqning xonga murojaatlari, devonxonaning soliq tushumlari haqida ma’lumotberavchi daftarlari, alohida yeregalariqaramog‘idagi yerlar va sug‘orish kanallarida tozalashga qatnashgan ishchilar haqidagi statistik ma’lumotlar ham topshirildi. 1960-yilda respublika arxiv boshqarmasi xodimi S. Davletshina va Xorazm viloyati davlat arxivi xodimlari tashabbusi bilan mahalliy aholidan Xiva xonlari arxiv hujjatlarini to‘plash bo‘yicha ekspeditsiyatuzildi. 0 ‘tkazilgantadqiqotlarnatijasida 1961 -yilningiyimida Xiva aholisidan 111 ta hujjat sotib olindi va 120 ta hujjatlar bepul qabul qilindi, Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston aholisidan 15 ta hujjat bepul va 35 ta hujjat sotib olindi.Mustaqillik sharoitida “0 ‘zarxiv” agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va besh yilga mo'ljallangan: hujjatlami idoraviy saqlovini ta’minlash, ulaming davlat hisobi va ilmiy-ma’lumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan foydalanishni jadallashtirish. 1996-yilda “0 ‘zarxiv” agentligi 0 ‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini 2000-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi.Shu maqsadda 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati arxiv ishi va jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlash bo‘yicha qonun va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. Masalan, “Arxivlar to‘g‘risida” (0 ‘zR Oliy Majlisi axborotnomasi, 1999-y. №5 (1277), 120-bet) va “Madaniy meros obyektlarini qo‘riqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida” (0 ‘zR01iy Majlis axborotnomasi, 2001-y. № 940 (1305- 1306) qonunlari hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30 oktabrdagi “Arxiv ishiga oid me’yoriy hujjatlami tasdiqlash haqida” 482-sonli qaroriga asosan hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3 fevraldagi 49-sonli qaroriga (0 ‘R VM SP, 2004-yil mart, 474-475-betlar) binoan ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (0 ‘zRMAF) tarkibining tasnifi, shuningdek, hujjatlar saqlanishi tartibi va muddatlari ko‘rsatilgan, “0 ‘zarxiv” agentligi tizimiga kiradigan muassasalar tarkibi aniqlab berilgan.Mustaqillik yillari davlat arxiv muassasalari idoraviy arxivlar hujjatlari saqlovini ta’minlash, ish yuritishni tashkil qilish borasida samarali ishlami amaiga oshirdi. U1 ar о ‘ z faoliyatini 1990-yil 28-iyunda “0 ‘zbosharxiv” qarori bilan tasdiqlangan “DAF hujjatlari idoraviy saqlovining ta’minlashini asosiy yo‘nalishlari (1990-1995-yillar) ning amaiga oshirishni tashkiliy-metodik tadbirlari rejasi” asosida amaiga oshirdilar.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin