variant savol



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə11/29
tarix23.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#159996
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
arxivshunoslik 2 kurs arxiv ishi yakuniy new

5-variant 1-savol
Qadimgi Baqtriya podsholigi Qadimgi Baqtriya turli qadimgi tillar yozma manbalandagi Baxdi, Baqtrish (Avcsto), Baqtriyona, Baqtriya (yunon), Baxli (hind manbala- rida) yirik о lka va davlatning nomidir. Olimlammg fikriga ko ra. Baqtriya - Baqtriva tarixiy-madaniy viloyat, Baqtriya davlati ma’nolarida ishlatilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, qadimgi davlatlaming nomlariga odatda daryo, qabila, xalq va markaziy shaharlar nomlari qo‘shilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida daiyolar muhim hayot manbayi vazifasini bajargan. Hozir ham Ozbekistonning viloyatlari, asosan, daryo va shaharlar nomlari bilan belgilangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, Baqtriya yerlari Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston, Surxondaryo viloyatini o‘z ichiga olgan. Arxeologik m a’lumotlarga ko‘ra, Baqtriya hudu- dida ibtidoiy odamlar ilk va o'rta tosh davridan boshlab yoyilgan. 0 ‘zbekistonga qarashli Baqtriya qismida Teshiktosh, Machay va Zarautsoy kabi tosh asri yodgorliklari uzoq o'tmish hayoti haqida m a’lumot beradi. Miloddan avvalgi 700-540-yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri bo‘lib, bu yirik davlataing hududiv chegaralari: Murg‘ob vohasi, Hindukush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan bo'lishi mumkin (daryo vohalari- Murg‘ob, Balxob, Qunduz, Panj, Vaxsh, Kofimixon, Surxon, Qashqa- daryo va Zarafshon). Bu ilmiy xulosani isbotlash uchun bir qancha tad- qiqotlar olib borilgan. Agar yuqonda ko rsatilgan hududiy chegaralami Baqtriya davlati o‘z ichiga olganligi haqidagi ilmiy xulosalar to‘g ‘ri bo‘lsa, Markaziy Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi Baqtriya eng yirigi bo‘lgan. Bu davrlarda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davla- ti va sak-massagetlaming harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o‘lkalar chegaradosh bo lgan. Videvdat kitobida Baqtriya «eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri bo'lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida yoritilgan. So‘nggi yunon manbalarida Baqtriya «ming shaharlar davlati» deb atalgan. Baqtriya ayrim daryo vohalaridagi beshta viloyatni birlashtirgan. Surxon, Balxob, Kofimixon, Vaxsh, Panj, Ko‘kcha, Qunduz vohalari shular jumlasidandir. Surxon vohasining markazi Qiziltepa bo‘lgan. Shimoliy Afg‘onistonda yirik shaharlar qoldiqlari - Bolo Hisor va Oltindilyorlar topib tekshirilgan. Bolo Hisor o‘mida qadimgi Baqtra joylashgan. Bu shahar Gerodot va Ktesiylaming ta’kidlashicha, Baqt- riyaning maikazi bo‘lgan u Baxdi, Bastra daryosi (hozirgi Balxob) nomi bilan bog‘liq bo‘lgan fcushunchadir. Rim tarixchisi Kursiy Ruf bunday xabar qiladi. «Baqtra dar\ osi nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Ktesiyning «Persika» asarida Baqtriyaning juda ko‘p istehkomlari va qal'alari to g risida ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda Baqtriya tuprog‘idan miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi yarmiga oid 240 dan ortiq uv-qo'rgonlar, qal’alar va shaharlar qoldiqlari topib tekshiril- gan. Surxon vohasida joylashgan Ruchuktepa, Beshqo ton, Talashqon, Jondavlat, Bandixon, Bo‘vrachi, Qizilcha, Obishir va Sho'rtepa yodgor- liklarini sanab o‘tish lozim Oʻrta Osiyodagi qadimiy davlatchilik tuzilmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Qadimiy manbalar shundan dalolat beradiki, eramizdan avvalgi 8 asr ōrtalarida yirik Baqtriya podsholigi mavjud boʻlgan. Avestoda uning nomi Baxdi, Bihistun yodgorliklarida Baktrish, antik davr adabiyotlarida Baktriana sifatida qayd etilgan. Qadimgi Baqtriya bilan oʻsha davr dunyosining boshqa davlatlari - Ossuriya, Yangi Vavilon, Midiya, Hindiston knyazligi oʻrtasida aloqalar mavjud boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Ossuriya hukmronligi (gegemonligi) qaror topgan eramizdan avvalgi 9-7 asrlarda ossuriyaliklar Baqtriyaga hujum qilishgan. Bu harakat tarixda Ossuriya yurishi nomi bilan maʼlum. o'lkashunosliBu yurishning asosiy sababi Baqtriya lazuriti ustidan nazorat oʻrnatishga qaratilgan edi.Eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda Qadimgi Baqtriya podsholgi hududiga Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Margʻiyona va Sugʻd yerlari kirgan. Baqtriyalik ustalar tomonidan tilla, tosh va bronzadan yasalgan turli mahsulotlar Xitoy, Fors davlati va Yevropada juda mashhur boʻlgan. Baqtriyaning yirik shaharlari Qiziltepa, Yer-Qoʻrgʻon, Uzunqir va Afrosiyob hududlarida joylashgan. Oʻsha davrda Baqtriyaga tashrif buyurgan sayyoh eʼtiborini uylar, hunarmandlarning ustaxonalari va xoʻjalik binolari uzra boʻy choʻzib turgan salobatli minoralar tortishi tabiiy edi. Kvint Kursiy Rufning yozishicha, "Baqtriyaning tabiati boy va turli-tuman. Ayrim joylarda daraxtlar va toklar o`ta sermahsul hosil beradi, hosildor yerlar ko`plab buloqlardan suv ichadi. Yumshoq yerlarga bug`doy ekiladi, qolgani esa chorva uchun yaylovlardir".



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin