Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.Metodik tadqiqotlar qanday bosqichlarda olib boriladi? 
2.Metodik tadqiqotlar olib borish nimalardan boshlanadi? 
3.Metodik tadqiqotlarda ishchi g’oyani ishlab chiqish nimalarga 
bog’liq? 
4.Tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash nima asosida olib 
boriladi? 
5.Test yordamida geografiya ta’limida nimalar aniqlanishini gapirib 
bering.
 
2- BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMINING RIVOJLANISH TARIXI
 
 
Geografiya fani eng qadimgi fanlar qatoriga kiradi, shuning chun 
uning rivojlanish tarixi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir 
bosqichda geografiya fanining ayrim tarmoqlari ma’lum bir sharoit 
ta’sirida juda tez rivojlanib kelgan. 
2.1. Qadimgi davrda geografiya ta’limining rivojlanishi. 
Qadimgi davrda geografiya fani va ta’limining rivojlanishini 2 bos-
qichga bo’lib o’rganish mumkin: geografik bilimlarning dastlabki to’pla-
nishi; geografiya fanining shakllanish va rivojlanish bosqichi. 
Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi eramizdan oldingi VII-
asrgacha davom etgan. Geografik bilimlar ibtidoiy jamoa davrida 
odamlarni extiyoji munosabati bilan qo’llana boshlangan. Odamlarning 
birinchi geografik bilimlari joyda mo’ljal olish va eng sodda kartalar 
tuzishdan iborat bo’lgan. Odamlarni dengiz bo’ylab suza boshlashi 
geografiya fanini rivojlanishida juda katta omil bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa 
Kritliklarning O’rta dengiz bo’ylab suzishlari va Gibraltar bo’g’ozi orqali 
Atlantika okeaniga chiqish juda ko’p geografik nomlarni vujudga kelishiga 
olib keldi. Bunday nomlarga Yevropa va Osiyo nomini aytish mumkin. 
Kritliklar uchun g’arb tomon Yevropa, sharq tomon Osiyoni bildirgan. 


Eramizdan avvalgi VII-asrlarga kelib geografiya fanini rivojlanish markazi 
qadimgi Yunonistonga ko’chdi. Yunonistonda juda ko’p fanlar shakllandi 
va rivojlandi. Mazkur davrdagi mashxur olimlardan Gomerni aytish 
mumkin. U tomonidan miloddan oldingi XII- asrda dunyo kartasi tuzilgan. 
Mazkur kartada asosan O’rta dengiz atrofi tasvirlangan. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin