Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Maktab geografiyasi mazmuning tarkibiy qismlari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

3.5 Maktab geografiyasi mazmuning tarkibiy qismlari. 
Maktab geografiyasining mazmuni bilim, ko’nikma va dunyoqarash 
g’oyalarini o’z ichiga oladi. 
Bilim
- tashqi dunyoni, ob’ektiv borliqni ongimizda aks-etishini yozma 
va og’zaki shakli. Bilimlar nazariy va emprik bilimlarga bo’linadi.
Nazariy bilimlar
narsa va xodisalarni mohiyatini, ular orasidagi 
bog’liqlik va aloqalarni aks etdiradi. Nazariy bilimlar – bu umumlashgan 
bilimlardir, ularga nazariyalar, qonunlar, qonuniyatlar, sabab va oqibatlar, 
tushunchalar kiradi. 
Empirik bilimlar 
– geografik borliq va hodisalarni tashqi xususiyat-
larini aks etiradi. Unga tasavvur va dalillar (fakt) kiradi. Hozirgi paytda 
geografiyada nazariy bilimlarning salmog’i oshib bormoqda. Geografiya 
kurslarining hammasi umumiy tushunchalar (relef shakllari, iqlim turlari, 
iqtisodiy rayonlar, mehnatni geografik taqsimlanishi, sabab va oqibatlar) 
muhim o’rin tutadi. 
Nazariy bilimlar

Tushuncha 
- borliqning kishi tafakkurida aks eti-
shini bir shakli. Tushunchalar abstrakt tafakkur natijasida hosil bo’ladi. 


Tushuncha bilishning asosiy birligi hisoblanib umumiy va aniq 
tushunchalarga bo’linadi. 
Umumiy tushunchalar - 
deganda alohida voqea va xodisalar haqida 
emas, balki umuiy bir xil nomga ega bo’lgan voqea va xodisalar 
tushuniladi. Masalan, daryolar, tog’lar, xalq xo’jaligi tarmog’i, iqtisodiy 
rayon. Umumiy tushunchalarning mohiyatini aniqlanganda, hamma voqea 
va xodisalar uchun umuiyy bo’lgan xususiyatlar (belgilar, sifatlar) ochib 
beriladi. Masalan: ‚Geosinklinallar‛ deb Yer qobiqg’ining harakatchan 
qismlarga aytiladi. Umumiy tushunchalar geografiya kurslarining ilmiy 
asosini tashkil qiladi. Maktab dasturida quyidagi umumiy tushunchalari 
ko’rishimiz mumkin: ‚Quyosh radiatsiyasi‛, ‚Havo massasi‛, ‚Mehnat 
resruslari‛, ‚Urbanizatsiya‛, 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin