Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
6.1.3.Fenologik kuzatishlar. 
Tabiatda sodir bo’ladigan fasliy o’zgarishlarni va ular bilan bog’liq 
ravishda o’simlik va hayvonot dunyosini o’zgarishini kuzatish geografik 
bilimlarni oshirishda va ularni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. 
Fenologik kuzatishlar maktab hovlisida, geograik maydonchalarda olib 
borilishi mumkin. 


Fenologiya-tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish 
muddatlari va shu muddatlarni belgilovchi sabablar to’g’risidagi bilimlar 
tizimidir. Fenalogiya atamasini fanga Belgiyalik botanik Sh.Morran 1853 yil 
kiritgan. 
Fenologik kuzatishlar quyidagi qismlardan iborat: 
a)yuksak o’simliklarda kurtaklarning bo’rtishi va yozilishi, barg 
chiqarishi, g’unchalash, gullash, urug’ va mevalarning pishib yetilishi, 
kuzda barglarning sarg’ayishi va to’kilishi; 
b) sut emizuvchi hayvonlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor 
beriladi: qishki uyqudan uyg’onishi, juftlashishi, bolalash, mavsumiy 
tullash va x.k; 
v)qushlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor beriladi: bahorda uchib 
kelishi, in qurishi, tuxum qo’yish, jo’ja ochish, kuzda uchib ketish; 
g)baliqlar quyidagicha kuzatiladi: bahorgi serharakat hayot, 
uvildiriqlar tashlash, mavsumiy ko’chib yurish va x.k. 
Fenologiya fani quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: umumiy va xususiy 
fenologiya. Umumiy fenologiya tabiat taraqqiyotini yil fasllarini bir 
me’yorda almashib turishi bilan bog’liq holdagi yaxlit xodisa sifatida 
o’rganiladi. Xususiy fenologiya fitofenologiya va zoofenologiyaga 
bo’linadi. 
Tabiatdagi mavsumiy xodisalarning boshlanish muddatlarini belgilab 
beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik fenologiya o’rganadi. Mazkur 
omillar endogen va ekzogen guruhlarga bo’linadi. Endogen omillar 
Yerning ichki kuchlari bilan bog’liq. Tashqi ekzogen omillarni iqlim bel-
gilab beradi. Masalan, o’simlik va hayvonot dunyosini bahorgi uyg’oni-
shini va qishki uyquga ketishini joyning issiqlik me’yori belgilab beradi. 
Fenologik – geografik qonuniyatlarni aniqlash uchun fenologik 
kuzatishlar olib boriladi. Fenologik qonuniyatlar asosida qishloq xo’jalik 
tarmoqlari bo’yicha qilinadigan mavsumiy ishlar va tadbirlarni mintaqaviy 
taqvimi tuziladi. Bunday taqvimdan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari 
ishlab chiqishda foydalaniladi. 
Kuzatish metodi o’quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantiradi. 
Uzoq muddatli kuzatishlar katta ahamiyatga ega, uning natijasida 
o’quvchilar mustaqil ravishda tegishli xulosalar qilishi mumkin. 
O’z o’lkasini tabiati va aholisini xo’jalik faoliyatini kuzatish oqibatida 
geografiya o’qitish metodikasida o’lkashunoslik tamoyilini amalga 
oshirishga imkon beradi. 


Kuzatish boshqa xududlarni dikqat bilan o’rganishga imkon beradi. 
Masalan, jahon tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishda, materiklar 
va davlatlarning geografik sharoitlari o’quvchilarni o’z yashash joyi 
sharoiti bilan taqoslashga imkon beradi. 
Geografik kuzatishlar o’quvchilarni tabiatdagi voqea va xodisalarni 
ko’p qirrali xususiyatlari bilan tanishtiribgina qolmasdan balki tabiiy 
geografik va iqtisodiy geografik voqea va xodisalarni bir-biri bilan o’zaro 
bog’liqligini ham ochib beradi. 
Geografik voqea va xodisalarni kuzatish muddatlari ham turlicha. 
Ayrim xodisalarni (ob-hovo) uzoq muddat kuzatishga to’g’ri keladi, 
boshqa hodisalarni esa qisqa vaqtda kuzatish mumkin (yomg’ir yog’ishi, 
shamol, chaqmoa boshqalar). Dastlab geografik bilimlarni o’zlashtirishga 
imkon beradigan voqea va hodisalarni kuzatmoq darkor. Ko’p geografik 
tushunchalarni tegishli kuzatishsiz o’rganib bo’lmaydi (ob-havo, iqlim, 
relef shakillari, ichki suvlar). 
Geografik kuzatish ko’nikmalarini shakllartirish murakkab vazifa-
lardan hisoblanadi va unda quyidagi talablarga javob berish lozim: 
1.O’quvchilarga kuzatishni maqsadi, vazifalari, mazmuni va ob’ekti 
xaqida so’zlab berish lozim. Bunda kuzatish dasturini ishlab chiqish katta 
ahamiyat kasb etadi. 
2.O’quvchilarga tegishli asboblar bilan ishlashni o’rgatish lozim 
(Kompas, barometr, flyuger, nivelir va x.k.) 
3.Kuzatish natijalarini aniq qayd etishni o’rganish lozim (daftarga, 
kuzatish jurnaliga) 
4.Kuzatish natijalarini umumlashtirish va qayta ishlash ko’nikmalarini 
shakillantirish. Masalan, o’rtacha sutkalik, oylik va yillik haroratlarni 
hisoblash, daryo oqimini hisoblash; bosim chizmalarini tuzish; korxonani 
ishlab chiqarish aloqalari chizmasini tuzish. 
5.O’quvchilar ni Geografik voqea va xodisalar o’rtasidagi o’zaro 
aloqalarni aniqlashga o’rgatish. Masalan, iqlimiy sharoit va qishloq 
xo’jaligi o’rtasidagi bog’liqlik. 
6.O’quvchilarni kuzatish ishlariga qiziqish uyg’otish zarur. Buning 
uchun kuzatish ishlarini muntazam nazorat qilib turish zarur. Ularga 
kuzatish ishlarini oldindan aytmaslik kerak. 
Kuzatishning mazmuni xilma-xil bo’lmog’i lozim va sinfdan sinfga 
o’tgan sari murakablashib borishi zarur. Dars jarayonida kuzatish 
natijalaridan muntazam foydalanib borish kerak. 


O’quv yili boshida mavzular bo’yicha kuzatish natijalaridan foydala-
nish rejasini tuzmoq zarur. Geografik voqea va xodisalarni kuzatish 
malakalari ortishi bilan o’quvchilarni mustaqil ish olib borish qobiliyatlari 
ortib boradi, kuzatish davomida o’quvchilarni mustaqilligini oshirish 
tartibi quyidagilardir: 
-o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida kuzatish olib borishadi. Kuzatish 
sinfda, geografiya maydonlarida yoki joylarda olib boriladi. Asosan havo 
xarorati, yog’inlar, shamollar Quyoshning balandligi kuzatiladi; 
-o’qituvchi bergan reja asosida o’quvchilarni tabiatda va ishlab 
chiqarishda olib boriladigan mustaqil ishlari (meteorologik, gidrologik, 
fenologik, xo’jalik) kuzatish natijalarini o’quvchilar mustaqil ravishda 
qayta ishlashadi va umumlashtiriladi; 
-o’quvchilarni kuzatish ishlari dasturini ishlab chiqishda qatnashishi. 
Ular tomonidan uzoq vaqt kuzatish ishlari olib borilishi va ularni 
natijalarini umumlashtirlishi (diagramma, karta, chizmalar tuzish) 
Kuzatish metodlarini takomillashtirishning asosiy yo’li o’quvchilarni 
mustaqilligini oshirishdir. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin