9.2.3. Jadvallar bilan ishlash.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida ko’pincha raqamlar ma’lum
bir ko’rsatgichlar bo’yicha guruhlashtirilgan bo’ladi.
Bunday guruh-
lashtirilgan raqamlar yig’indisiga jadvallar deb ataladi. Jadvallar maktab
geografiyasining barcha tarmoqlarida foydalaniladi. Tabiiy geografiya
kurslarida ko’proq quyidagi jadvallardan foydalaniladi:
Yer yuzasida
quruqlik va suvlikning taqsimlanishi; Okeanlar, dengizlar cho’kmalar,
bo’g’izlar; Materiklar
va ulardagi daryolar, ko’llar, orollar, cho’qqilar,
vulqonlar jadvallari; iqlim ko’rsatgichlari jadvallari; va x.k.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha jadvallardan foydalaniladi: Davlatlar guruhlari bo’yicha; axolii va
uning ko’rsatgichlari; tabiiy resurslari ko’rsatgichlari; sanoat tarmoqlari
ko’rsatgichlari; qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish ko’rsatgichlari; transport
ko’rsatgichlari; xalqaro iqtisodiy aloqalar ko’rsatgichlari; ma’muriy
birliklar ko’rsatkichlari.
Geografiya ta’limida jadvallar quyidagi guruhlarga bo’linadi: Oddiy;
guruhlashtirilgan; kombinatsion; va boshqa jadvallar.
Oddiy jadvallarda xalq xo’jaligini tarmoqlari bo’yicha
rejalashtirish
uchun asos bo’ladigan statistik kuzatishlar natijalari ma’lum bir tizimga
solinadi. Bunday jadvallarga markaziy statistika qo’mitasi tomonidan
chiqariladigan statistik to’plamlar kiradi. Mazkur jadvallardan O’zbekiston
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini o’rganishda foydalaniladi.
Mazkur jadvaldan har bir viloyatning xo’jaligini
rivojlantirish xususiyat-
larini o’rganishda ham foydalaniladi.
Guruhlashtirilgan jadvallarda statistik ma’lumotlar ma’lum bir
ko’rsatgichlar bo’yicha guruhlantiriladi. Masalan, aholini quyidagi guruh-
larga bo’lib ko’rsatish mumkin: shahar va qishloqlar aholisi, erkaklar va
ayollar, dehqonlar, ziyolilar, bolalar, o’smirlar, qariyalar va x.k.
Kombinatsion jadvallar murakkabroq bo’ladi. Masalan,
ishchi kuchi
ixtisosligi bilangina emas, balki jinsi, yoshi bilan ham guruhlashtiriladi.
Kombinatsion jadvallar guruhlarni solishtirishga imkon beradi.
Darslikda keltirilgan jadvallardagi statistik ko’rsatgichlarni
tahlil
qilishga kirishishdan oldin o’quvchilarga tahlil ni maqsadini tushuntirish
lozim. Jadvallarni tahlil qilish dars jarayonida amalga oshirish lozim.
Ularni tahlil vazifa sifatida bermaslik lozim. Chunki jadvallar bo’yicha
tushunmovchiliklar tug’ilishi mumkin.
Maktab geografiyasi kurslarida voqea va xodisalarni statistik tahlil dan
oldin ularni nazariy jihatdan asoslab berish lozim. Masalan, iqlim haqidagi
statistik ma’lumotlarni tahlil qilishdan avval iqlim hosil qiluvchi omillar
haqida nazariy bilimlar berib o’tish lozim.
Jadvallarni tahlil qilayotganda statistik ko’rsatgichlarni
qiyoslash
iqtisodiy geografiya darslarida katta axamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: