Vazirligi b. M


Metallni qizdirish sifati va rejimlari



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə13/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Metallni qizdirish sifati va rejimlari


Soʻngi oʻn yillikda avvalgi ishlab chiqarilgan quduqlarda zarur issiqlik texnikasi va konstruktiv chora tadbirlar amalga oshiriladi, bu esa quymalar qizdirish jarayonlarini jadallashtirish va ularning ish koʻrsatkichlarini texnik iqtisodiy taraflama bir muncha yaxshilash imkonini beradi. Biroq koʻp hollarda qizdirish quduqlar boʻlinmalari siqish sexlarida kichik joyni egallaydi.


Qizdirish qurilmalari. Metallurgiya zavodlarida blyuminglar va slyabinglarda quymalarni qizdirish uchun asosan regenerativ va rekulerativ qizdirish quduqlari qoʻllaniladi, tuzilishiga koʻra uch guruhga boʻlinadi: 1) bir oʻrinli katakchaga ega regenerativ quduqlar; 2) koʻp oʻrinli kameraga ega regenerativ quduqlar; 3) koʻp oʻrinli rekulerativ quduqlar, markazi tubidan qizdiruvchi va bir yoki ikki isitkichga ega qurilmalar.
Bir oʻrinli katakchaga ega regenerativ quduqlar anchayin eskirgan (tuzilishi va texnologiyasi) va oz miqdorda saqlanib qolgan. Koʻpgina quduqlar gazsimon yonilgʻi bilan qizdiriladi - koksdomenli aralashma, ayrim zavodlarga domen yoki aralash gaz qoʻshiladi. Suyuq yonilgʻi faqatgina ayrim korhonalarda toʻliq boʻlmagan metallurgik jarayonlarda qoʻllaniladi.
Koʻp oʻrinli regenerative qizdirish quduqlari har bir guruhda toʻrtta boʻlim kattakdan tashkil topgan. Bitta katakning nominal sigʻimi 6,8 va 10 ta quymani tashkil etadi. Kataklar odatda parlanib ishlaydi.
Regenerativ quduq turining kamchiliklari (yonilgʻi yoqish tizimining nomukammalligi, oʻtkazgich klapinli qurilmalarning murakkabligi, kataklarning kichik sigʻimi va katta oʻlchamli qoniqarsiz sanitar sharoitlar va boshq.) sababli ulardan voz kechib bir muncha zamonaviy tuzilishga ega qizdirish qurilmalari rekulerativ quduqlar foydasiga oʻtiladi.
Tub markazidan qizdiruvchi rekulerativ quduqlar keng qoʻllanilmoqda. Bu quduqlar aralash aralash gazlar bilan (yonish issiqligi 6300…7500 kDj/m3) havo bilan va ba‟zan yonilgʻi bilan qizdiriladi. Quduq guruhlari sigʻimi 12 dan 14 quymagacha boʻlgan mustaqil ikkita kameradan tashkil topgan. Shlak ajratish quruq yoki suyuq boʻlishi mumkin.
Markaziy isitgichli rekulerativ qizdirish quduqlari metallni bir muncha sifatli qizdirilishini ta‟minlaydi, biroq bir qancha jiddiy kamchiliklarga ega: kerakli rekuleratorlarda havoning katta yoʻqotilishi, kataklar kengligining kam darajada ishlatilishi, quymalarning balandligi boʻyicha notekis qizdirilishi, Hattoki rekuleratorlar bir tekis tahlanganda havoning yoʻqotilishi 20…30% ni tashkil etadi, foydalanish soʻngida esa 50…60% bu esa quduqlar samaradorligining kamayishiga olib keladi.
Qisish sexlarida rekulerativ qizdirish quduqlarining ikki yagona qizdirgich gorelkali quduqlarda tubning barcha kengligidan quymalarni oʻrnatish uchun foydalanish mumkin. Bunda yuklama ogʻirligining sezilarli darajada oritishiga eritish mumkin (bitta quduqda 200 t gacha).
Bitta ustki gorelkali quduqlar sanoatda koʻpdan beri qoʻllaniladi, ammo metallurgiya zavodlarida ular soʻnggi 15 - 20 yildan beri keng qoʻllanilmoqda. Bunday quduqlar 1300 blyuminglarda ishlaydi. Bu qizdirish qurilmalarining katta oʻtkazgich qobiliyati mavjud, ixchamlik (kataklar sigʻimi 40% ga ortganda boʻlimlar uzunligi 20% ga qisqaradi), turli quymalarning keng qizdirish imkoni (ogʻirligi 7…30 t), havo va gazning yuqori qizishi (300 va 800°C gacha), qizdirish jarayonini boshqarishning avtomatik tizimlari mukammalligi va bir qator boshqa afzalliklar yillik samaradorligi 5,5…6,0 mln t boʻlgan quvvatli qisish stanlarini qizigan metall bilan ta‟minlash masalalarini hal etadi.
Yuqorida keltirib oʻtilgan qizdirish quduq turidan tashqari elektr quduqlardan kam foydalaniladi. Ularning afzalligi kuyishning minimalligi hisoblanadi, bunda boshqa turdagi quduqlarning 2% ga qarashi normal sharoitda 0,3% dan oshmaydi. Bu oʻz navbatida yuqori legirlangan qimmatbaxo poʻlatlarni prokatlashda elektir qizdirishning yuqori samaradorligiga sabab boʻladi.
Quvurlarning asosiy texnik iqtisodiy koʻrsatkichlariga ularning samaradorligi kiradi. Uni yuklash va tarqatishdagi kuyundi, chiqindisi hisobga olgan holda aniqlash mumkin. Biroq metall kuyundisini xajmiy aniqlash murakkabligi sababli samaradorlik faqatgina yuklangan metall ogʻirligi boʻyiga aniqlanadi.
Bir guruh qizdirish quvurning oʻrtacha soatlik samaradorligi t/s,

𝑃𝑐ℎ
= 𝑚𝑦𝑎 · 𝑛𝑠 · Q · 𝑘
𝑐𝑜

i.ℎ
(2.1).



bunda mya - guruhdagi kataklar soni; nc - katakdagi qizdiriluvchi quymalarning oʻrtacha soni; Q - quyma ogʻirligi, t; η0 - katakning aylanish vaqti, s; Ki.h - quvurning foydalanish koeffitsienti;



    1. - rasm. Plastik bog„liqlik a - deformatsiyon qarshilik b - 1 - ШХ15; 2 - 60С2; 3 - Р18; 4 - 4X13; 5 - Х25 po„lat markalari uchun harorat

Asosiy omillarni umumlashtiruvchi va qizdirish qurilmalarining ish jarayoniga ta‟sir koʻrsatuvchi koʻrsatkichlarga quvurlar guruhining yillik samaradorligi kiradi. U nafaqat quvurning kanstruktiv afzalliklarini balki ta‟minlash, qizdirish jadalligi va ishlab chiqarishni, tashkillashtirishni ham harakterlaydi. Bu koʻrsatkichlar bir turdagi quvurlardan foydalanish darajasini solishtirish imkonini beradi.


Metallni qizdirishni yakuniy harorati. Bu pechdan chiqarilayotgan metall harorati qizdirishdan maqsad metallni deformatsiyalanishga qarshiligini

kamaytirish va unga kerakli plastiklikni ta‟minlashdan iborat. (2.2 - rasm). Qizdirish harorati ruxsat etilgan va belgilangan turlarga boʻlinadi.



    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin