Ingichkalistli po„lat ishlab chiqarishning umumiy ma‟lumotlari
Hpzirgi vaqtda ingichkalistli po„lat ishlab chiqarishning 40…45% hajmi sovuqlay jo„valangan list shaklida ishlab chiqarilmoqda. Ushbu po„latning asosiy qismi avtomobilsozlik va mashinasozlik sanoatida ishlab chiqariladi.
Og„irligi 45 t gacha, kengligi 700…2300 mm qalinligi 0,35…2 mm listlar sovuqlay prokatlab tayyorlanadi. Zagotovka sifatida qalinligi 1,8…6 mm, kengligi 700…2300mm og„irligi 45 t bo„lgan issiqlay jo„valangan ingichkalistli po„latlar qo„llaniladi.
Sovuq jo„valangan po„lat listlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayoni juda murakkab, chunki u juda ko„p miqdordagi o„zgarishlarni o„z ichiga oladi, turli hildagi murakkab uskunalardan foydalanishni talab qiladi va yuqori energiya sarfiga bog„liq bo„ladi. Shu nuqtai nazardan SPL ishlab chiqarishda kapitall quyilmalar 20…25% operatsion harajatlar esa ingichkalistli issiq jo„valangan po„latlarni ishlab chiqarishga nisbatan 10% yuqori bo„ladi.
Sovuq jo„valangan po„lat listlarni asosiy miqdori (80…85%) kamuglerodli po„latdan, 10…15% o„rta va yuqoriuglerodli po„latdan, 5…7% kam va legirlangan va 1…1,5% - yuqorilegirlangan (asosan - zanglamas) po„latdan tayyorlanadi.
Sovuq jo„valangan po„lat listlarni ishlatilishiga ko„ra asbobsozlik, sifatli konstruktsion va oddiy sifatli uglerodli po„latdan tayyorlanadi.
Oddiy sifatli uglerodli po„lat (po„lat 0, po„lat 2, ruh bilan qo„llangan) mahsus talablarsiz yetkazib beriladi, chunki keyinchalik bu po„lat chuqur cho„zilmaydi. Bu po„latdan tayyorlangan sovuq jo„valangan po„lat listlarni mashinasozlikda armaturalar tayyorlash uchun q„llaniladi.
Sifatli uglerodli po„latlardan shtamplangan list mahsulotlarini tayyorlashga mo„ljallangan listlar prokatlanadi. 08 kp, 08Yu po„latlari avtomobil qismlarini ishlab chiqarishda alohida o„rin egallaydi.
Sovuq jo„valangan po„lat listlarni cho„zish qobiliyatiga ko„ra GOST 9045-80 bo„yicha ular uch guruhga bo„linadi: juda chuqur (JChCh), chuqur (ChChH) va normal (NCh). Ko„rsatilgan cho„zish guruhlariga muvofiq mexanik hossa normalari belgilanadi. Murakkab detallarni shtamplash uchun qo„llaniluvchi 08Yu va 08Fkp po„lat markalari ikki guruhga bo„linadi; O„MCh - o„ta murakkab cho„zish va MCh - murakkab cho„zish. Shtamplashning asosiy ko„rsatkichi
oquvchanlik chegarasining mustahkamlik chegarasiga nisbati hisoblanadi 𝜎t/𝜎b,0,65 danoshmasligikerak.
Asosiy yuqori talablar sovuq jo„valangan po„lat listlarni sirt sifatiga qo„yiladi. Tayyor list sirti hira yoki yaltiroq bo„lishi zarur. List sirtida kuyundilar, tirnalishlar, g„ovaklilar, puffaklar, qobiqlar, zanglanishlar va boshqalar bo„lishiga yo„l qo„yilmaydi. List sirti relefi shtamp ostida cho„zish uchun katta ahamiyatga ega. Avtomobil ehtiyot qismlari uchun stan kesuvchi jo„valarida olingan hira yuzali list detallari tayyorlanadi. Bunday sirtda bo„yoq yaxshi qabul qilinadi va list yaxshi shtamplanadi.
Chuqur cho„zish uchun listlar yuqori aniqlikda o„lcham va shaklga ega bo„lishi kerak, aks holda shtamplanuvchi mahsulotda nuqson hosil bo„ladi.