Vazirligi b. M


Sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlarda (SPUS) prokatlash texnologiyasi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə69/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlarda (SPUS) prokatlash texnologiyasi


Hozirgi vaqtda sovuq jo„valangan po„latlarning o„rtacha 90% sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlarda olinadi.
Zamonaviy sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlar ishlab chiqariluvchi mahsulot turi va ishchi guruh klet soniga ko„ra tasniflanadi.
Oltikletli sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlar qalinligi 0,09…0.15 mm va list qalinligi 0,85 mm gacha bo„lgan tunukalarni prokatlash uchun xizmat qiladi, jo„va bochkasi uzunligi - 1350 mm gacha, proktlash tezligi - 33 m/s gacha, ishchi va asos jo„valarining diametri 600 va 1420 mm. to„shama sifatida qalinligi 1,8…3,0 mm (o„ram og„irligi 38 t gacha) bo„lgan issiq jo„valangan tasmalar qo„llaniladi. Oltikletli standa umumiy siqish yig„indisi 95% ga yetadi.
Beshkletli sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlar qalinligi 0,18 mm va undan yuqori tunukalarni ishlab chiqarishda asosiy xisoblanadi, bunday stanlarda jo„va bochkasining uzunligi 1200…1400 mm ni tashkil etadi. Bundan tashqari beshkletli stanlarda qalinligi 1,8 mm gacha, jo„va bochka uzunligi 2200 mm gacha bo„lgan listlar prokatlanadi.
Beshkletli stan prokatlash tezligi 30 m/s tashkil qiladi, ishchi va tirgak jo„valar diametri 580 va 1520 mm. To„shama sifatida qalinligi 2…4,5 mm, o„ram og„irligi
45 t bo„lgan issiqjo„valangan tasmalar qo„llaniladi. Beshkletli standa umumiy siqish 90% ga yetadi.


    1. - rasm. Sovuqlay prokatlovchi to„rt kletli uzluksiz stan 1700 sxemasi;

1 - kran, 2 - zanjirli transporter, 3 - jo„valagich, 4 - cho„zish ro„ligi, 5 - ishchi klet jo„vasi, 6 - o„ragich barabani, 7 - tutqich, 8 - zanjirli transporter

To„rtkletli sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlar qalinligi 0,4…2,0 mm ni sovuq jo„valangan listli prokatlash uchun mo„ljallangan jo„va bochkasi uzunligi 2500 mm, prokatlash tezligi - 25 m/s gacha ishchi va tirgak jo„valar diametri 530 va 1420 mm ni tashkil etadi. To„shama sifatida qalinligi 2…4,5 mm, o„ram og„irligi 25 t bo„lgan issiqjo„valangan tasma ishlatiladi. To„rtkletli stanlarda umumiy siqish 80% ga yetadi.


Uch va ikkikletli sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlar qalinligi 1…2 mm list va tunukalarni ikkilamchi prokatlash uchun mo„ljallangan, bu stanlarda jo„va bochkalar uzunligi 1320 mm, ishchi va tirgak jo„valar diametri 585 va 1420 mm, prokatlash tezligi - 30 m/s gacha. To„shama sfatida qalinligi 1,2…4,0 mm o„ram og„irligi 25 t gacha bo„lgan issiqjo„valangan tasma qo„llaniladi. Bu stanlarning siqish yig„indisi 50% ga yetadi.
(7.3 - rasm) da to„rt kletli sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlar sxemasi ko„rsatilgan, 7,1 - 7,2 jadvalda uning qisqacha texnik tavsifi keltirilgan.
Yedirilgan o„ramlar 1 kran yordamida zanjirli transporter 2 ga o„rnatiladi va jo„valagich 3 ga o„tkaziladi. Tasma yakuni bukiladi va tekislagich mashinasi 4 cho„zish roliklariga beriladi. So„ng cho„zish roliklari bilan tasma ishchi klet jo„vasi 5 (to„ldirish tezligi bilan) ga o„rnatiladi.
Tasma 4 - chi klet ishchi jo„vasidan o„tib, tutqich 7 yordamida o„ragich barabani 6 da o„raladi. O„rashdan so„ng 3…4 o„ramlar tutqichi 7 o„ragich
barabanidan siljiydi, kletlar o„rtasida cho„zish yuzaga keladi, o„ragich, tekislagich va stan ishchi tezlikgacha jadallashtiriladi.



    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin