Vazirligi b. M


Yakuniy guruh kletlarini prokatlash texnologiyasi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə65/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Yakuniy guruh kletlarini prokatlash texnologiyasi


Yakuniy guruh kletida prokatlashda tasma qalinligi bo„ylab talab etilgan o„lchamlar, geametrik o„lchamlarning zaruriy aniqligi tasma shakli va mexanik hossalarning belgilangan darajasiga erishiladi.


Tasma talab etilgan o„lchamlarini olish klet soniga teng bo„shatishlar miqdorida siqish rejimiga ko„ra amalga oshiriladi. Yakuniy uzluksiz guruhda prokatlash o„tish va doimiy rejimlarda amalga oshiriladi.
O„tish rejimlariga bir yoki bir nechta omillar (qalinligi, prokatlash tezligi, siqish va boshqalar) o„zgarishi natijasida bir nechta yoki bitta kletda prokatlash shartlari o„zgaruvchi holatlar kiradi. Bunga uzluksiz guruh ketidan kirish va chiqishda tasmalarni prokatlash kiradi.
Doimiy rejimlar ikki turda bo„ladi: erkin prokatlash va tasmani tanlash yoki cho„zib prokatlash.
Erkin prokatlash tasmada joylashgan klet orasida kuchlanishlar yuzaga kelmasligi (siqish yoki cho„zish) bilan tavsiflanadi. Bu, prokatlashda ilgak tutkichsiz yoki ikkita qo„shni klet ishchi jo„valar tezlik birligida amalga oshiradi, natijada tasmada bo„ylama kuch hosil bo„lishi bartaraf etiladi. Erkin prokatlashda jarayon ko„rsatkichlari bir biriga ta‟sir ko„rsatadi.
Oqish yoki cho„zilishda prokatlash tezligi va quvvati kletlar o„rtasida qayta taqsimlanadi. Cho„zish qo„shni klet jo„valarning aylanish tezligi farqi bilan
(tezlikga ko„ra) yoki yakuniy guruh orasida kletlararo joylashgan ilgak ushlagichlar yordamida amalga oshiriladi.
Avvalgi cho„zish prokatlash quvvatini pasaytiradi va tezlashishning ortishi xisobiga jo„vadan chiquvchi metall tezligini oshiradi, keyingi cho„zish prokatlash quvvatini oshiradi va jo„vadan chiquvchi metall tezligini pasaytiradi.
Cho„zish jo„valarda tasmalar turg„unligiga olib keladi deb xisoblanadi, bunda erkin prokatlash bunday turg„un jarayonni ta‟minlamaydi.
Turg„un prokatlash jarayonini ta‟minlovchi minimal nisbiy cho„zish oquvchanlik chegarasida 5…15% tashkil etadi. Uzluksiz guruhda prokatlash jarayonida cho„zish kattaligini o„zgartiruvchi ta‟sir yuzaga keladi. G„alayon ta‟sirlariga turli qalinlik, xarorat tushishi, jo„vani urish, dvigatel tezlanishi va boshqalar kiradi
Yakuniy guruh ketida alohida maydon tasmalarini prokatlash turli sharoitlarda amalga oshiriladi: oldingi yakun faqatgina orqaga cho„zish bilan prokatlanadi, orqa yakun - faqat oldingi bilan, tasma o„rtasi oldingi va orqa cho„zish bilan prokatlanadi. Yakuniy guruhning birinchi kleti faqatgina oldingi cho„zishda ishlaydi, natijada dvigatel yuklanadi, ohirgi klet faqat orqa cho„zishda ishlaydi, natijada dvigatel yuklanadi. Dvigatel yuklamasini qayta taqsimlash nuqtai nazaridan birinchi kletda ko„proq siqish tanlanadi. Bundan tashqari har bir kletda cho„zishni o„zgartirish boshqa kletda prokatlash jarayoniga ta‟sir ko„rsatadi. Cho„zish o„zgaruvchan klet miqdori keyingi kletlarda cho„zishning yuzaga keltirish bilan aniqlanadi. Yakuniy uzluksiz guruhda prokatlash jarayonida zarur normal sharoit bo„lib klet bo„ylab metall hajmining sekundda o„tuvchi doimiyligi xisoblanadi. Barcha kletlarda tahlam tengliklar kengligi bu hajimning turg„unlik shartiga ko„ra quydagi ko„rinishda yoziladi.

5𝑢5 = ℎ6𝑢6 = ⋯ ℎ𝑛𝑢𝑛 (6.2)


bu yerda ℎ5, ℎ6…, ℎ𝑛 - 5, 6 va 𝑛 kletlarida taxlam qalinligi; 𝑢5, 𝑢6…, 𝑢𝑛 - 5, 6 va


𝑛 klet jo„valaridan metall chiqish tezligi.
Odatda har bir klet taxlam qalinligi va tezligi oxirida beriladi, kletlar bo„yicha tezlik masalan 7 klet ega 2000 stan uchun quyidagi nisbatda aniqlanadi.



𝑢 = 𝑢1010 ; 𝑢
= 𝑢 t. д. , 𝑢
= 𝑢 . (6.3)

11 11
10
6 6

Qurulmalar yo„qligi, jo„vadan chiquvchi metall tezligini belgilashda yakuniy guruh tezlik rejimi jo„vaning aylana tezligi bo„yicha beriladi va jadallashish hisobi bilan aniqlanadi.
5𝑢′5(1 + 𝑠5) = ℎ6𝑢′6(1 + 𝑠6) … = ℎ𝑛𝑢′𝑛(1 + 𝑠𝑛), (6.4)

bu yerda 𝑢′5 , 𝑢′6 va 𝑢′𝑛 - jo„valar aylanish tezligi va 𝑠5 , 𝑠6 va 𝑠𝑛 - mavjud klet jadallashishi.


Har bir klet jo„valar tezligi (6.4) tenglama bilan aniqlanadi, avval berilgan har bir klet tezligi va har bir klet jadalligi eksperimental ko„rsatkichlar yoki cho„zish hisobi formulasi bilan aniqlanadi.
Yakuniy guruh ohirgi kletida prokatlash tezligi klet texnik tavsifi, maksimal samaradorlik va prokatlash yakunida maksimal xaroratdan kelib chiqib tanlanadi. Stan samaradorligi qurulmaning bo„shatish qobiliyati, slyab o„lchami va siqish rejimi bilan aniqlanadi. Agar standa prokatlash rejimini aniqlasak masalan qizdirish pechida, u holda prokatlash tezligi qizdirish pechi samaradorligini hisobga olib tanlanadi.
Bir hil og„irlikdagi slyablarning bir hil kenglikdagi tasmalarni prokatlashda qizdirish pechlari ingichka tasmalarni qizdirishdagidek maksimal samaradorlikda ishlaydi, shuning uchun qalin tasmalarni prokatlashda ohirgi klet tezligi kamayadi.
Tasma kengligiga bog„liq holda pechni qizdirish samaradorligi belgilanmasa prokatlash tezligi sezilarsiz o„zgaradi.
Prokatlanayotgan tasmaning po„lat markasini o„zgartirishda ohirgi klet tezligi asosiy yuritma quvvatiga bog„liq holda o„rnatiladi.
Zaruriy geometrik o„lcham va tasma shaklini olish asosan uzluksiz keng tasmali stan yakuniy guruhida prokatlash orqali olinadi. Tasma geometrik

o„lchamlar aniqligi bo„ylama va ko„ndalang qalinlikda aniqlanadi, shakillar esa list kengligi bilan aniqlanadi.
Uzluksiz keng tasmali stanlarda tasmalarni uzunlik bo„yicha prokatlashda qalinlikning o„zgarishi (5.11-rasm) da ko„rsatilgan sifat tavsifiga ega.





    1. - rasm. Tasma uzunligi L bo„ylab kenglik B va qalinlik h tebranishi:

1 - chap qirra; 2 - tasma o„rtasi; 3 - o„ng qirra
Uzluksiz guruhda prokatlashda tasma qalinligiga cho„zilgan tasmalar sezilarli ta‟sir ko„rsatadi shuning uchun asosiy tenglama quyidagicha ko„rinishda bo„ladi.




0
1 ∂𝑃
∂𝑃
∂𝑃


к
𝑑ℎ1 = 𝑀
+ 𝑀𝑝
(𝑀к𝑑𝑆 + ∂ℎ
𝑑ℎ0 + ∂𝑅 𝑑𝑅 + ∂𝐵 𝑑𝐵 +


+ 6𝑃 𝜎

+ 6𝑃 𝑑ƒ

+ 6𝑃 𝑑𝑇

+ 6𝑃 𝑑𝑇 ), (6.5)



6𝜎t t
6fy y
6𝑇0
0 6𝑇1 1

bu yerda 𝑇0 va 𝑇1 - tasmani cho„zishning oldingi va orqa kuchlar.
(6.4 - rasm) da tasma uzunligi bo„ylab kenglik B va qalinlik h tebranishning uzluksiz keng tasmali stan 1700 da prokatlashda olingan eksperemental

ko„rsatkichlar keltirilgan. Maksimal bo„ylama qalinlik 0,45 mm tashkil etadi, o„rtacha kattalik 0,15…0,25 mm. Orqa yakunda bo„ylama qalinlikning ortishi oldingi bilan solishtirganda 0,06…0,08 mm ni tashkil etadi. Orqa yakun qalinlashishi uzunlikda 20…30 m, oldinda uzunlik 10…15 m ni tashkil etadi. Tasmaning o„rta qismi qalinligi tebranishi “sirpanish belgilari” tufayli 0,04…0,06 mm dan oshmaydi.
(6.5) tenglamasiga kiritilgan bir qator asosiy omillar kletli prokatlash bo„ylama qalinlikni elastik hossalariga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. Bo„ylama qalinlikga ularning ta‟sirini ko„rib chiqamiz.
Tasma xarorati bo„ylama qalinlikga deformatsiyalanish qarshiligi o„zgarishi orqali ta‟sir ko„rsatadi. Uzluksiz keng tasmali stanlarda prokatlashda metall xaroratining o„zgarishi ILS prokatlash kabi omillar bilan aniqlanadi. Biroq uzluksiz keng tasmali stanlarda taxlam uzunligida xarorat klini sezilarli kattalikka erishiladi, ayniqsa yakuniy guruhda prokatlash jarayoni jadallashtirishsiz amalga oshiriladi.
1700 stanida tasmani prokatlash xarorat rejimi (6.5 - rasm) da ko„rsatilgan. Qoralama guruhdan keyingi xarorat tushishi o„rtacha 10ºC ni tashkil etadi. Yakuniy guruhda prokatlashda bu o„zgarish ortadi. Bunda harorat tushishning kata ko„rsatkichi o„rtacha 30…50ºC yakuniy guruh birinchi kletida kuzatiladi; ohirgi kletdan so„ng pasayish 20…25ºC gacha kamayadi, bu prokatlash tezligi ortishi bilan ko„payuvchi plastik deformatsiyalanishda issiqlik ajralishi bilan bog„liq. Aniqlanishiga qalinligi 2…9 mm tasmalar uchun 1700 standa o„ninchi kletda prokatlash xaroratining o„zgarishi o„rtacha 1ºC da qalinlikni 0,004…0,007 mm o„zgarishni yuzaga keltiradi. Ta‟kidlash joizki uzluksiz keng tasmali stan yakuniy guruhida xarorat klini tezlanish kattaligiga bog„liq holda prokatlashni tezda amalga oshirishda nolga tushirish mumkin, bundan tashqari qaytuvchi xarorat klinini olish mumkin.
Metall mexanik hossalari har bir tasma uzunligi bo„ylab tasma chegaralarida o„zgaradi. Bu slyab kimyoviy tarkibining turlichaligi bilan bundan tashqari
qoralama va yakuniy guruhlarda prokatlashda tahlam alohida maydonlarini sovutish rejimlarini turlichaligi bilan ta‟riflanadi.
Tasma bo„ylama qalinlikga to„shamaning turlicha qalinligiga ta‟sir ko„rsatadi. Aniqlanishiga, qoralama guruhdan so„ng to„shama bo„ylama qalinlikga ega.
(6.6 - rasm) da 1700 standa olingan to„shama uzunligi bo„ylab qalinlikning tebranish eksperemental ko„rsatkichlari keltirilgan. To„shama sezilarli qalinlik tebranishiga ega, to„rtta qalinlik 0,2…0,3 mm aniq ko„rinib turibdi, va bu sirpanish belgilariga mos keladi.
To„shama turli qalinligining bo„ylama qalinlikga ta‟siri bilan aniqlanuvchi to„g„irlash koeffitsienti bilan tavsiflanadi.
𝑘𝑣 kattaligiga klet va tasma qattiqligi ta‟sir ko„rsatadi. Bir hil sharoitlarda klet qattiqligining ortishi bilan 𝑘𝑣 kattaligi o„sadi. Biroq klet qattiqligi 𝑘𝑣 ga asosan siqish va tasmalar bog„liqligi bilan ta‟sir qiladi. Tasma qanchalik qattiq bo„lsa siqish shunchalik kam bo„ladi, 𝑘𝑣 kletiga ta‟sir bo„shroq bo„ladi. Tasma qattiqligi
𝑘𝑣 kattaligiga aks ta‟sir ko„rsatadi: Tasma qattiqligi ortishi bilan 𝑘𝑣 kamayadi.
𝑘𝑣 kattaligiga siqish ham ta‟sir ko„rsatadi: siqish kamayganda 𝑘𝑣 ortadi, shuning uchun yakuniy guruhning ohirgi kletida siqish kattaligi 10…20 % chegarada bo„ladi.
𝑘𝑣 kattaligi yakuniy guruhda kletlar soni bilan aniqlanadi; chunki klet sonining ortishi 𝑘b o„sishiga olib keladi.
Uzluksiz keng tasmali stanlar yakuniy guruhida prokatlash tezligining ПРР ga ta‟siri ishqalanish koeffitsientining o„zgarishi tezlik effekti, metall xaroratining o„zgarishi orqali yuzaga keladi.
Prokatlash tezligi ortishi bilan issiqlay prokatlashda ishqalanish koeffitsienti kamayadi bu prokatlash kuchini kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari jo„va tirgaklari o„sishi yuzaga keladi. Bu bir tomondan jo„valar orasidagi aralashmani kamaytiradi, boshqa tomondan - prokatlash kuchini oshiradi.
Bu omillarning bir vaqtdagi ta‟siri qaysi omil boshqarishiga qarab kuchning pasayishi yoki ortishiga olib kelishi mumkin. Odatda uzluksiz keng tasmali stanlarda tezlik ortishi bilan tasma qalinligi kamayadi.




    1. - rasm. Qoralama (a) va yakuniy (b) guruh kletlarida tasmani prokatlashda xarorat o„zgarishi:

1 - 2,5x1050 mm; 2 - 4x900mm tasma



    1. - rasm. Klet 4 uchun tasma 6x1500 mm (a) va klet 4 uchun tasma 2,8x1070 (b) taxlamlar profilogrammasi:

1 - chap qirra; 2 - o„ng qirra
Prokatlash tezligi metall xarorati o„zgarishiga kam ta‟sir ko„rsatadi. Prokatlash tezligining ortishi bilan plastik deformatsiyada ajraluvchi issiqlik miqdori ham, metall xarorati ham ortadi. Ayniqsa jadal prokatlashda yuzaga keladi, bunda prokatlash tezligi 10…25 m/s ga yetadi, jadallanish 0,1…0,2 m/s2 ni tashkil etadi.
Uzluksiz keng tasmali stanlarda prokatlashda tahlam kengligi bo„lmasa, tasma turli qalinligi asosan mavjud slyab qalinligi bilan aniqlanadi. Bundan tashqari qalinlikning turlichaligi yakuniy guruh kletlar orasida cho„zishning tebranishi natijasida o„zgaradi. (6.7 - rasm) da tasma uzunligi bo„ylab kenglikning o„zgarishi ko„rsatilgan. Qalinlikning turlichaligi (6.5) tenglamaga ko„ra keng chegarada o„zgaradi, bo„ylama qalinlikga ta‟sir ko„rsatadi.
bo„ylama qalinlik kattaligiga yakuniy guruh kletlarini sozlashda jo„valarni o„rnatish aniqligi bundan tashqari jo„valarning urilishi ta‟sir ko„rsatadi. Chunki bir nechta kletda jo„vani urish natijasida tasma qalinligining tebranishini yig„ilishi va bo„ylama qalinlik sezilarli ortishi yuzaga keladi.
Uzluksiz prokatlashda bo„ylama qalinlikga jo„vani urish natijasida cho„zishning o„zgarishi ta‟sir ko„rsatadi. Bunda cho„zish ta‟siri katta kletlararo cho„zishda ishlovchi klet uzatma koeffitsientiga ko„proq bo„ladi.



    1. - rasm. 3x1280 mm tasma uzunligi bo„ylab kenglikning o„zgarishi





    1. - rasm. Uzunlik bo„ylab ko„ndalang qalinlikning chastotali tavsifi:

1 - 2x100 mm, 𝐿 = 340 m; 2 - 1,8x1020 mm, 𝐿 = 760 m;
3 - 3x1420 mm, 𝐿 = 200 m; 4 - 2x1250 mm, 𝐿 = 310 m
Cho„zish taranglik holati sxemasini o„zgartiradi, bu prokatlash kuchi va bosimning o„zgarishiga o„z navbatida 6.5 tenglamaga asosan qalinlik o„zgarishiga olib keladi.
Cho„zish kuchi tasmaning oldingi yakuni keyingi kletdan o„tganda ortadi, yakuniy klet uzilganda kamayadi. Ko„proq cho„zish tasmaning o„rta qismini prokatlashda xosil bo„ladi. Bunda cho„zish natijasida tasma yakunida maksimal qalinlikka ega bo„ladi. Orqa cho„zish oldingiga nisbatan qalinlikka sezilarli katta ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun orqa yakun oldingi cho„zishda prokatlansa doim oldingidan qalin bo„ladi.
Cho„zish stanining to„g„irlash qobiliyatiga ta‟sir ko„rsatadi. Bu ta‟sir (5.31) tenglamasiga kiruvchi 𝑀𝑝 va 𝛼к kattaligiga bog„liq bo„ladi.
Yuqori darajada cho„zib prokatlashda 𝑀𝑝 kamayadi bu 𝑘𝑣 ortishiga olib keladi, boshqa tarafdan bu 𝛼к koeffitsienti o„sishiga olib keladi va 𝑘𝑣 ga aks ta‟sir ko„rsatadi. 𝑀𝑝 va 𝑀к barcha o„lchanuvchi tasmalarni prokatlashda 𝛼к va (1 + 𝑀к/
𝑀𝑝 ) ga cho„zishning ta‟siri taxminan bir hil, natijada 𝑘𝑣 cho„zish ortishi bilan sezilarsiz kamayadi.
Kichik qalinlikdagi tasmalarni prokatlashda ( 1 + 𝑀к/𝑀𝑝 ) sezilarsiz 1 dan farqlanadi, 𝛼к dagi o„zgarishlarning ta‟siri ustivor bo„ladi va kuchlanishning ortishi bilan 𝑘𝑣 koeffitsienti kamayadi.
Issiqlay jo„valangan ko„ndalang tasmalarning turli qalinliklari prokatlash
shartlariga ko„ra aniqlanadi va keng chegaralarda tebranadi.
(6.8 - rasm) da uzunligi bo„ylab ko„ndalang turli qalinlikning chastotali tavsifi keltirilgan. Ko„ndalang turli qalinlik 0,09…0,1 mm chegarasida o„zgaradi. Keng tasmalar uchun turli qalinlik kattaligi ortadi, chunki jo„valar deformatsiyasi ortadi. Qoidaga ko„ra ko„ndalang turli qalinlik tasmaning bosh va dum qismida ortadi.
Uzluksiz keng tasmali stanlarda prokatlashda tasma ko„ndalang kesimi bo„rtiq shaklga ega bo„ladi va ko„ndalang turli qalinlik (5.38) tenglamasi bilan ta‟riflanadi, bunga ko„ra u jo„vaning egilishi, issiq bo„rtiqlik, profillash va jo„valar yeyilishga bog„liq bo„ladi.
Tasma maydoni uning kengligida cho„zishni taqsimlash bilan aniqlanadi, bu esa jo„va profilini jadal tashkil qiluvchi shakliga bog„liq.
Tasma kengligiga cho„zishga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. Tasmani cho„zish kenglik bo„ylab cho„zib o„zini tekislashga xizmat qiladi, bu tekis tasmalarni olish uchun juda ham muhim hisoblanadi. Cho„zish kengligi bo„ylab tekislash qobiliyati yanada ahamiyatli, bunda tasma ostidagi jo„valarning elastik deformatsiyasi tasma kengligining kesma birligini cho„zishga bog„liq. Tasma ostida ishchi jo„valarni tekislashni ortishi bilan kenglik bo„ylab cho„zishni taqsimlash ta‟siri ortadi va tenglashadi.
Cho„zishni prokatlash kuchiga va jo„valarni elastik deformatsiyasiga ta‟siri bilan cho„zish tufayli shakilga nisbatan nazorat qiluvchi parameter bo„lishi mumkin, chunki umumiy cho„zishning ortishi shakil o„zgartiradi va cho„zishning pasayishi to„lqin shakillanishiga olib keladi. Shu sababli uzluksiz keng tasmali stanlarda issiqlay prokatlashda cho„zishning ratsional kattaliklarini tanlash zarurati tug„iladi.
Uzluksiz keng tasmali stanlarda prokatlashda belgilangan mexanik xossalar darajasini olish yakuniy kletda siqish, prokatlash yakunidagi xarorat va o„ramdagi
tasma g„altagi xarorati kattaliklari aniqlanadi. Bu omillar issiqlay jo„valangan tasmaning mustahkamlik va plastiklik xossalarini bundan tashqari donalar kattaligi va uning tasma kengligi bo„ylab tarqalishini aniqlaydi. 6…7 ball chegarasida teng o„qli tenglashtirilgan donalar va mayda dispers sementit metallning yuqori shtamplanishini ta‟minlaydi.
Mayda donali strukturaning mavjudligi mexanik xossalarni yaxshilaydi, shtampovka sirtidagi yirik donada tangasimon tuzilish hosil bo„ladi (“apelsin sirti”). Yakuniy guruh ohirgi kletida kamuglerodli po„lat markalarni siqish uchun dispers sementitli teng asosli donalarni olish uchun rekrisstallanish xosil bo„lishi bilan 10 % dan kam bo„lmasligi kerak; prokatlash yakunidagi xarorat - 𝐴𝑟z kritik
nuqtasidan yuqori, o„ramdagi g„altak tasma xarorati - 680ºC dan past.
Bu (6.9 - rasm) da ko„ringan unda issiqlay jo„valangan tasmaning prokatlash yakuniy xarorati va g„altak harorati tuzilishiga eksperemental bog„liqligi keltirilgan.



    1. - rasm. Issiqlay jo„valangan tasmalarning prokatlash yakuniy xarorati va o„ram xarorati tuzilishiga bog„liqligi:

A - mayda dispers sementetli teng o„qli donalar (optimal sharoitlar); B - notekis dona (sirtdagi yirik); D - cho„zilgan dona; E - yirik sementit yig„iluvchi bir tekis yirik dona; F -
notekis dona (list sirtidagi o„ta yirik); G - o„ta yirik dona
O„rta, yuqori uglerodli va legirlangan po„lat markalarining mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida tasmani sovutish rejimi o„ta differentsiyal bo„lishi kerak, chunki sovutish tezligi mexanik xossalarga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. Charx va yakuniy klet orasidagi rolgangda g„altak haroratini boshqarish uchun purkash qurulmasi o„rnatiladi, unda standan chiquvchi tasmaning ustki va ostki sirtiga soplo purkagich orqali uzatiladi. Ular ohirgi klet bilan o„rtacha 15 m masofada joylashadi.
Uzluksiz keng tasmali stani yakuniy gyruhida siqish rejimi agar yakuniy guruh samaradorligi belgilangan tasmalar o„lchamini prokatlash maksimal bo„lganda; tasma geametrik o„lcham va shakilning yuqori aniqligiga ega b„ladi; mikrotuzilish mustaxkamlik xossalari va sirt sifati GOST ni qoniqtiradi; prokatlash kuchi va dvigatel quvvati ruxsat etilgan kattalikdan oshmasligi; kletlar bo„ylab prokatlash tezligi va siqishni taqsimlash stanning sodda tuzilishini va minimal qisqa vaqtda yakuniy guruhni sozlash ratsional bo„ladi.



    1. - rasm. Uzluksiz keng tasmali stanlar yakuniy kletida siqishni ratsional

taqsimlash sxemasi
Stan samaradorligi berilgan slyab o„lchami yakuniy guruhda listni prokatlash tezligi va yakuniy guruh ko„rsatkichlari orasidagi to„xtalishlar bilan aniqlanadi. To„xtalishlar vaqti stan texnik tavsifi va qo„shimcha qurulmalar, texnologik jarayonlar, xizmat ko„rsatuvchi hodimlar ishini tashkil etishni xisobga olib aniqlanadi.
Tasmaning yuqori aniqlikdagi o„lchamlariga masalan, kletlar bo„ylab siqishning ma‟lum bir taqsimlash orqali erishiladi. Shunday qilib, siqishning kamaytirilgan rejimida bo„ylama qalinlikning minimal kattaligining xosil bo„lishi (6.10 - rasm) da ko„rsatilgan.
Kletlar bo„ylab siqishni taqsimlanishi (6.10 - rasm) oxirgi ikkitadan tashqari qolgan barcha kletlarda doimiy prokatlash kuchini saqlash imkonini beradi. Oxiridan bitta oldingi kletda prokatlash kuchi kattaligi avvalgi klet kuchining 75 % ni tashkil etadi, ohirida esa - 45 %. Yakuniy kletda prokatlash kuchining pasayishi (siqishni boshqarib) POR va bo„ylama qalinlikni kamaytirish, list shaklini yaxshilash imkonini beradi. Bundan tashqari 12…20 % chegarada yakuniy klet siqilishini boshqarish talab etilgan mexanik xossali listlarni olishga hizmat qiladi.
Uzluksiz keng tasmali stan tajribasiga asoslanib yakuniy guruh kletlari bo„ylab nisbiy siqish quydagicha taqsimlanadi:
Klet soni 1 2 3 4 5 6
Siqish darajasi, % 40…55 30…45 25…35 20…30 15…25 10…20
Prokatlash kuchi va dvigatel quvvati xisobi aniq usullarda amalga oshiriladi. Bu hisobda bo„shatishlar bo„ylab taxlam xaroratini xisobga olish zarur. Yetarli aniqlik darajasidagi ingichka tasmalar uchun bo„shatishlar bo„ylab tasma harorati
M.M Safyan usuli bilan aniqlanadi.
Berilgan klet tasma xaroratining o„zgarishi quydagi formula bilan aniqlanadi.
Δ𝑡 = − ∆𝑡пл + ∆𝑡 + ∆𝑡o л . (6.6) bu yerda ∆𝑡пл - plastik deformatsiya natijasida tasma xaroratining ortishi; ∆𝑡 -
issiqlik nurlanishi natijasida tasma xaroratining pasayishi; ∆𝑡o л - tasma bilan
ta‟sirlashuvchi detallar va jo„valarga issiqlik berish natijasida suv bilan sovutishda tasma xaroratining pasayishi.
∆𝑡пл kattaligi quydagi formula bilan aniqlanadi.

∆𝑡𝑝𝑙 = 3,97𝑝𝑠𝑟 · 𝑙𝑔 · ℎ0/ℎ1, (6.7)


bu yerda 𝑝𝑠𝑟 - prokatlash bosimi, MPa; ℎ0 va ℎ1 - taxlamning boshlang„ich va yakuniy balandligi, mm.


Kamuglerodli po„latlar uchun ∆𝑡𝗌 kattaligi quydagicha.

∆𝑡𝗌
𝑡+273
= 18(
100
)4 𝑐 · 10−4 (6.8)


bunda t - kletdan oldingi metall xarorati, ºC; η - sovutish davomiyligi, s.


∆𝑡o л kattaligi quydagi formula bilan aniqlanadi.

∆𝑡𝑜𝑥𝑙
= 𝑝 · 𝑐𝑀 · ∆𝑡vod
1,8𝐺
(6.9)

Bunda 𝑝 - sovutish uchun uzatiluvchi suv bosimi amper; 𝑟𝑀 - mashina vaqti, s; ∆𝑡vod - kletni sovituvchi suv xaroratining oshishi, ºC; 𝐺 - prokatlanuvchi tasma og„irligi, kg.
Agar yakuniy kletdan so„ng va birinchi kletgacha bo„lgan tasma xaroratini aniq bo„lsa, unda yakuniy guruh kletlari bo„ylab tasma xaroratini aniqlashtirishga yaqinlashtirilgan quydagu formula qo„llaniladi.



𝑡 = 𝑡p


− Г (p − 1), (6.10)



Г = 𝑡𝑝−𝑡10 ·
, (6.11)

𝑝−ℎ10 10

Bunda 𝑡 - ℎ qalinlikdagi tasma xarorati,ºC; 𝑡p va ℎ𝑝 - yakuniy guruhdan avvalgi taxlam xarorati va qalinligi; 𝑡10 va ℎ10 - yakuniy guruh 10 chi kletidan keying qalinlik va xarorat;
Yakuniy guruhda taxlam qalinligi va harorati qoralamaga nisbatan past bo„ladi, shuning uchun uzluksiz keng tasmali stan ish tajribasidan kelib chiqqan holda yakuniy guruhda siqish umumiy siqish yig„indisining 15…30 % ini tashkil etadi.
Tasma profilining aniq o„lchamlarini va metall egiluvchanligini maksimal darajada olish uchun yakuniy klet asosiy yuritmasiga elektrodvigatelni yuklash turli sxemalar amalga oshiriladi.
I Sxema (6.11 - rasm) 9 va 10 kletlarda yuklanishni pasaytirish va 5 - 6 klet dvigatelidan butunlay foydalanishda tasmani prokatlashni ko„zda tutadi. I Sxema yakuniy guruhda siqish yig„indisining yirik kattaligi uchun yoki kata qarshilikda deformatsiyalanuvchi tasmalarni prokatlashda qo„llaniladi.


6.11 - rasm. Yakuniy guruh kleti bo„ylab asosiy dvigatelni yuklashni


taqsimlash sxemasi:
1 - sxema I; 2 - sxema II; 3 - sxema III
II va III sxemalar bo„yicha dvigatelni yuklash agar dvigatel quvvati butunlay foydalanmaganda tasmani prokatlash tavsiya etiladi.
Uzluksiz keng tasmali stanlar mahsulotlari keng miqyosidaligi va uni prokatlash berilgan tasma o„lchami uchun tanlangan siqish rejimida yakuniy guruh kletini qayta sozlashni talab etadi. Bir smenada katta miqdorda qayta sozlash amalga oshiriladi, shuning uchun siqish rejimida quydagi xususiyatlarni xisobga olish zarur.
Shunday qilib yakuniy kletda siqish rejimlarini xisoblash usuli quydagilarni o„z ichiga oladi:

  1. klet bo„ylab siqishni taqsimlash;

  2. tanlangan siqishdan kelib chiqib klet bo„ylab tasma qalinligini aniqlash;

  3. jo„va atrofidagi tezlikni va jo„vadan chiquvchi metall tezligini aniqlash;

  4. stan asosiy yuritmasi dvigatel quvvatini va prokatlash kuchini xisoblash.




    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin