Vazirligi b. M


Yarimuzlukli kengtasmali stanlarda (YaKS) prokatlash texnologiyasi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə62/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Yarimuzlukli kengtasmali stanlarda (YaKS) prokatlash texnologiyasi


Yarimuzlukli kengtasmali stanlar qalinligi 1,8…40 mm va kengligi 3200 gacha bo„lgan list va tasmalarni prokatlash uchun qo„llaniladi. Qoralama guruh bitta yoki bir nechta gorizontal jo„vali vertikal jo„vali klet va ba‟zan qirralarni siqish uchun presdan tashkil topgan. Jo„valar soni va klet tuzilishiga ko„ra qoralama guruhlar duo reversiv, duo universal va kvarto reversiv bo„ladi. Slyab


sirtidan kuyundilarni yo„qotish uchun ko„pgina yarimuzlukli kengtasmali stanlarda standan avval qoralama kuyundi tozalagichlar o„rnatilgan.
Yarimuzlukli kengtasmali stanlar yakuniy guruhi 5…7 kvarto kletdan iborat. Yakuniy guruhdan avval kuyundi tozalagich o„rnatiladi. Zamonaviy yarimuzlukli kengtasmali stanlar o„z ko„rsatkichlariga ko„ra quvvatli va yuqori samaradorli agregat hisoblanadi.
(6.2 - rasm) da 2800/1700 yarimuzlukli kengtasmali stan asosiy qurilmasining joylashish sxemasi keltirilgan



    1. - rasm. 2800/1700 Yarimuzlukli kengtasmali stan asosiy qurilmasining

joylashish sxemasi;
1 - turtgich, 2 - qizdirish pechi, 3 - rolgang, 4 - vertikal klet, 5 - keyundi tozalagich, 6 - kvarto kleti, 7 - uchar qaychi, 8 - keyundi tozalagich, 9 - yakuniy klet, 10 - uchar qaychi, 11 -
purkash qurilmasi, 12 - qadoqlash


6.1 - jadval. 2800/1700 Yarimuzlukli kengtasmali stanining texnik tavsifi



Klet turi

Jo„va o„lchami мм

Dvigatel kuchi Nдв, кВт



Prokatlash tezligi υпр, м/с



𝐷𝑝

𝐷o𝑝

𝐿𝜎

Vertikal

1000

-

700

900

1,2…3

Qoralama duo

1150

-

2800

2х2570

1,8…3,6

Qoralama unversal kvarto:
gorizontal jo„valar

800

1400

2800

5500

2,5…5

Vertikal jo„valar

700

-

400

2х200

2,5…5

Tozalovchi kuyundi sindirgich duo

600

-

1700

195

-

Tozalovchi kvarto

650

1250

1700

3500

До 10,2

2800/1700 Stani qalinligi 4…40 mm kengligi 2500 mm gacha qalin listli po„latlar va qalinligi 1,8…4 mm kengligi 1500 mm gacha uglerodli, konstruktsion va legirlangan po„latdan, tayyorlangan ingichkalistli issiqlay jo„valangan po„latlarni prokatlash uchun mo„ljallangan. Zagotovka sifatida qalinligi 125…250 mm, kengligi 1500 mm gacha uzunligi 6 m gacha va og„irligi 8,5 t gacha bo„lgan slyablar qo„llaniladi. 6.1 - jadvalda 2800/1700 stanining qisqacha texnik tavsifi keltirilgan.
2800/1700 stan tarkibiga to„rtta qizdirish pechi, vertikal klet, qoralama reversiv duo kleti, va universal kvarto, uchar qaychilar, duo yakuniy kuyundi tozalagich, oltita yakuniy kvarto kleti va ikkita pardozlash chizig„i; birinchisi qoralama guruhdan so„ng qalin listli po„latlar uchun, ikkinchisi o„ramali ingichka listli issiqlay jo„valangan po„latlar uchun.
Ta‟mir va tekshiruvdan o„tgan turtkich 1 yuklash rolgangi 2 dan metodik pech
3 ga yuklanadi. Prokatlash xaroratigacha qizdirilgan slyablar metod pechidan burchakli itargich bilan qabul qiluvchi rolgang 4 ga uzatiladi va vertikal klet 5 ga ko„chiriladi, bunda yon qirralarini siqish va slyab sirtidan kuyundini yo„qotish amalga oshiriladi. So„ng qoralama duo kleti 6 da hisoblangan siqish rejimiga ko„ra bir nechta bo„shatishda taxlamni prokatlash amalga oshiriladi. Duo kleti oldingi va orqa tomonidan gorizontal kenglikda slyablarni jo„valash uchun harakatlanuvchi roliklar va jo„vada taxlamga to„g„ri vazifa berish uchun manipulyatorlar joylashgan.
Qoralama duo kletida prokatlashdan so„ng taxlam qoralama universal kvarto kleti 7 da bir nechta bo„shatishda prokatlanadi va rolgang bilan yakuniy guruhga o„tkaziladi. Uchar qaychilar 8 da taxlam oldingi va orqa yakuni kesiladi va yakuniy duo kuyindi tozalagich 9 metall plastik deformatsiyasi va suv bilan gidro urish hisobiga ikkilamchi kuyundini tozalaydi. Kuyundidan tozalangan taxlam bir vaqtning o„zida yakuniy guruhning kvarto kleti 10 da prokatlanadi. Uzluksiz guruh yakuniy kletidan chiqishda purkagich qurilma 11 va o„ram o„ragich 12 yordamida tasmalar sovutiladi. O„ramga o„ralgan tasmalar yarimuzlukli kengtasmali stanining
pardozlash yoki keyingi qayta ishlash uchun sovuqlay prokatlash sexiga kelib tushadi.
ℎ > 4 mm va 𝐵 > 1500 mm listlarni prokatlashda qoralama guruh kleti yarimuzlukli kengtasmali stanlar QLST 2800 uchun analog bo„lgan texnalogiyada tayyor mahsulotni ishlab chiqaradi.
Uzluksiz keng tasmali stanga nisbatan solishtirganda yarimuzluksiz stanlarning asosiy avfzalliklariga quydagilar kiradi: keng turdagi mahsulotni prokatlash mumkinligi va texnologik jarayonning katta moslashuvchanligi; murakkab deformatsiyalangan po„lat markali listlarni sifatli prokatlash imkoniyati; qoralama reversiv kletida amalga oshiriluvchi keng chegaralarda tezlik va siqishni talab etadi, slyab kengligidan katta list kengligini prokatlaydi; elektr qurilma quvvati og„irligining kamligi; elektr va mexanik qurulmalarning tannarhi; pastligi; sex o„tish uzunligining kamligi.
Biroq yarim uzluksiz stan bir qator kamchiliklarga ega: samaradorlikning ozligi,chunki ko„pgina profillar uchun prokatlash vaqti yakuniy guruhda prokatlashga nisbatan reversiv qoralama kletda ko„proq; yakuniy guruh qurilmasining foydalanish koeffitsientining pastligi; list sirti sifatining pastligi, chunki reversiv klet bitta jo„vasida bir nechta bo„shatishlar amalga oshiriladi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin