Uzluksiz keng tasmali stanlarda prokatlash texnologiyasi (UKS)
Uzluksiz keng tasmali stanlarda odatda ikkita ishchi guruh kletidan tashkil topgan: bir - biri bilan ketma ket joylashgan qoralama va yakuniy klet.
Zamonaviy uzluksiz keng tasmali stanlarda qoralama guruh tarkibi vertikal klet, qoralama duo kuyundi tozalagich va universal kvarto klet 4,5 ga ega. Barcha kletlar ketma - ket joylashgan va o„zaro rolgang bilan bog„langan. Ayrim uzluksiz keng tasmali stanlarda kengligi 2000 mm dan katta listlarni prokatlashda qoralama guruh tarkibida taxlam kengligi uchun kengaytirgich klet va yon qirralarni siqish uchun pressga ega.
Stan qoralama guruh kletlar orasidagi masofa shunday tanlanganki bunda prokatlanuvchi tasma bir vaqtda yagona kletda bo„lishi kerak.
- rasm. Uzluksiz keng tasmali stan 2000 asosiy qurilmasining joylashish
sxemasi;
1 - turtgich, 2 - qizdirish pechi, 3 - rolgang, 4 - vertikal klet, 5 - keyundi tozalagich, 6 - kvarto kleti, 7 - uchar qaychi, 8 - keyundi tozalagich, 9 - yakuniy klet, 10 - uchar qaychi, 11 -
purkash qurilmasi, 12 - qadoqlash
Ma‟lumki qoralama guruh kletlarida ba‟zan universal kvarto klet o„rniga guruh tortishishini yo„qotish maqsadida 1…2 reversiv klet o„rnatiladi. Huddi shu maqsadda ayrim uzluksiz keng tasmali stanlarda masalan 2000 stanida qoralama guruhning ohirgi 2…3 kvarto kleti uzluksiz guruhga biriktiriladi, bunda prokatlash bir vaqtning o„zida barcha kletlarda amalga oshiriladi. Qoralama guruh yakuniy kletidan 60…80 m masofada yakuniy guruh kleti joylashadi, u uchar qaychi, yakuniy kuyundi tozalagich, ilgich ushlagichli ishchi kvarto kleti 6…8 va ular orasidagi yo„naltirgich chizg„ich. (6.3 - rasm) da uzluksiz keng tasmali stan 2000 qurulmasining joylashish sxemasi keltirilgan.
Stan 2000 qalinligi 1,2…12 mm, kengligi 1850 mm gacha uglerodli, konstruktsion va legirlangan po„lat markalarini prokatlash uchun mo„ljallangan. Zagotovka sifatida zagotovkani uzluksiz quyish mashinasida quyilgan qalinligi 300 mm kengligi 800…1850 mm, uzunligi 10,5 m gacha og„irligi 36 t gacha slyablar qo„llaniladi. 6.2 - jadvalda 2000 stanning qisqacha tavsifi keltirilgan.