Uzluksiz keng tasmali stanlar va yarimuzluksiz keng tasmali stanlar vaqt samaradorligi slyab og„irligi, stan foydalanish koeffitsiyenti va prokatlash rejimiga bog„liq, yillik esa yil davomidagi amaliy ish soatlar soniga bog„liq.
Zamonaviy yarimuzluksiz keng tasmali stanlar 2 mln t gacha yillik samaradorlikka uzluksiz keng tasmali stanlar esa - 6…8 t gacha samaradorlikk ega. Uzluksiz keng tasmali stanlar va yarimuzluksiz keng tasmali stanlarda metall sarfi koeffitsienti qizdirishda kuyundi bilan metallni yo„qotish va prokatlash jarayonidagi davomiy qirralar va yakunni kesishdagi yaroqsizlik 1,03…1,075
tashkil etadi.
Issiqlay jo„valangan tasmali po„latni prokatlash va pardozlashda elektr energiya sarfi 216…252 MDj/t (60…70 kVt s/t) ni tashkil etadi.
Sovuq slyablarni qizdirishda issiqlik sarfi 1 t uchun o„rtacha 2,1 MDj (500 ming kkal) ga teng.
Uzluksiz keng tasmali stanlar va yarimuzluksiz keng tasmali stanlarda suv sarfi (tez sovutish qurulmasida suv sarfini hisobga olmaganda) 7000…8000 m3/s ni
tashkil etadi. Standan chiquvchi tasmalarni sovutishda uzatish usuliga ko„ra qo„shimcha 5000…14000 m3/s sariflanadi.
1 t tayyor tasma uchun jo„va sarfi 0,8…1,5 kg ni tashkil etadi.
Nazorat savollari:
Ingichka listli issiqlay jo„valangan po„latlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayoni haqida nimalarni bilasiz?
Slyablar qanday pechlarda qizdiriladi?
Pechlar qanday usulda qizdiriladi?
Yarimuzlukli kengtasmali stanlarda qanday zagotovkalar prokatlash uchun qo„llaniladi?
Yarimuzlukli kengtasmali stanlar yakuniy guruhi qanday kletdan iborat?
Uzluksiz keng tasmali stanga nisbatan solishtirganda yarimuzluksiz stanlarning asosiy avfzalliklariga nimalar kiradi?
Uzluksiz keng tasmali stanlarda prokatlash texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz?
Uzluksiz keng tasmali stanlarda odatda nechta ishchi guruh kletidan tashkil topgan?
Uzluksiz keng tasmali stan tarkibiga nimalar kiradi?
Zaruratga ko„ra tasmalar prokatlangandan so„ng qanday qurilma yordamida sovutiladi?
Qoralama guruh kletlarida prokatlash haqida nimalarni bilasiz?
Uzluksiz keng tasmali stan qoralama kletida prokatlash jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Kvarto universal kletida prokatlashda taxlam bir vaqtda qanday jo„valarda prokatlanadi?
Turg„un prokatlash jarayonini ta‟minlovchi minimal nisbiy cho„zish oquvchanlik chegarasida nechi foyizni tashkil etadi?
Prokatlash tezligi ortishi bilan issiqlay prokatlashda nima sodir bo„ladi?
Prokatlash tezligi metall xarorati o„zgarishiga qanday ta‟sir ko„rsatadi?
Uzluksiz keng tasmali stanlarda prokatlashda tasma ko„ndalang kesimi qanday shaklga ega bo„ladi?
Tasmaning yuqori aniqlikdagi o„lchamlariga nimalar orqali erishiladi?
Yakuniy kletda siqish rejimlarini xisoblash usuli nimalarni o„z ichiga oladi?
Texnik iqtisodiy ko„rsatkichlar haqida nimalarni bilasiz?