Vazirligi b. M


Reversiv va ko„pjo„vali stanlarda sovuq prokatlash texnologiyasi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə74/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Reversiv va ko„pjo„vali stanlarda sovuq prokatlash texnologiyasi


Reversiv stanlar qalinligi 0,2…2,5 mm, kengligi 1550 mm gacha, to„shama qalinligi 2…4,5 mm va o„ram og„irligi 15 t gacha bo„lgan kam uglerodli, legirlangan va elektr texnik po„lat tasmalarni sovuq prokatlash uchun mo„ljallangan. Bunday stanlar keng turdagi tayyor tasmalar va prokatlangan po„latlarni kichik hajmda ishlab chiqaruvchi sovuq prokatlash sexlarida ornatiladi.


(7.9 - rasm) da sovuq prokatlovchi 1700 reversiv stanining umumiy ko„rinishi keltirilgan.
1700 stani tasma qalinligi 0,5…2,5 mm kengligi 1550 mm gacha tahlam qalinligi 2 - 4,5 mm, o„ram og„irligi 15 t gacha bo„lgan tasmalarni sovuq prokatlash uchun mo„ljallangan, bunda ishchi va tirgak jo„va diametri 500 va 1700 mm, jo„va bochkasi uzunligi 1700 mm, prokatlash tezligi 5…10 m/s, asosiy
yuritma dvigatelining quvvati - 4000 kVt, prokatlashning maksimal kuchi 26 MN, umumiy siqish - 90 % gacha.
Issiq jo„valangan po„lat yedirilgan o„ram transporter 1 va qabul stoli 2 da ko„targich stol 3 ga o„tkaziladi. Ungga joylashgan yakuniy o„ram o„ragich 4 o„qiga o„rnatiladi. O„ragich boshchasiga o„ram mahkamlangandan so„ng magnit eggich tasmani to„g„ri tortuvchi rolik 5 va (chap o„ragich 6 dan aylanib o„tib) jo„valarni ko„targich klet 7 ga o„rnatadi. To„ldirgich tezligida jo„vadan chiqishda tasmaning oldingi uchi o„ng o„ragich 8 da to„ldiriladi, o„ragich tasmani cho„zishni keltirib chiqaradi, prokatlash tezligi ishchigacha ortadi va birinchi bo„shatish amalga oshiriladi. Barcha tasmalar o„ragich 4 da o„ralganda va yakuniy uchi jovagacha 200…300 mm qolganda stan to„xtaydi. Shundan so„ng ishchi klet jo„valari 6 ikkinchi bo„shatishdagi zaruriy siqishgacha siqish qurulmasida siqiladi, stan reversivlanadi va prokatlanmagan tasmaning so„nggi uchi chap o„ragich 6 oralig„ida siqiladi. So„ng o„ragich yordamida avvalgi va keying cho„zish hosil bo„ladi va ikkinchi bo„shatish amalga oshiriladi. Navbatdagi bo„shatishlar o„ragich va jo„valarni reversivlash bilan amalga oshiriladi. Yakuniy bo„shatishdan so„ng o„ng o„ragich 8 dagi tasma o„rami lenta bilan bog„lanadi va o„ram yechgich yordamida javonga o„tkaziladi.





    1. - rasm. Sovuq prokatlovchi to„rtjo„vali reversiv stan 1700 sxemasi;

1 - transporter, 2 - qabul stoli, 3 - ko„targich stol, 4 - o„ragich, 5 - rolik, 6 - chap o„ragich, 7 - ko„targich klet, 8 - o„ng o„ragich
Reversiv standa prokatlash texnologiyasi ayrim afzalliklaridan ham yuqorida keltirilgan sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlar texnologiyasiga o„xshash.
Ratsional siqish rejimini tanlashda quyidagi holatlar hisobga olinadi: bo„shatishdan bo„shatishgacha nisbiy siqish kamayadi; oquvchanlik chegarasi ortishi natijasida prokatlash kuchi barcha o„tishlarda deyarli bir hil; yuqori uglerodli va legirlangan po„lat markalarida uglerodliga nisbatan o„tishdagi siqish past; yuqori aniqlik va sirtni tozalash bilan tasmalarni prokatlashda o„tishlar soni ortadi.
Ayrim hollarda plastikligi past po„latlarni prokatlashda ishchi klet va o„ragich oralig„ida o„rnatilgan induktsion qizdirish elementlari yordamida tasmalarni t≅250
°С xaroratgacha avvaldan qizdirish qo„llaniladi.
Prokatlash vaqtida o„ragich aylanadi, aylanish sonini boshqarish hisobiga doimiy cho„zish ta‟minlanadi.
Sovuqlay prokatlovchi uzluksiz stanlardan oldingi reversiv stan afzalliklari: texnologik jarayonini boshqarishning keng imkoniyatlari; po„lat markalari va o„lchamlari bo„yicha tasmaning keng turi; plastikligi past po„lat listlarni prokatlash imkoniyati.
Reversiv stanlarning kamchiliklari quyidagilar: jo„vadan o„ragichgacha bo„lgan masofada har bir o„ram yakunida tasma uzunligidagi qalinlikning mavjudligi; sezilarli vaqt mobaynida jarayonning beqarorligi; samaradorlikning pastligi.
MKV turidagi sovuq prokatlash reversiv stanlari (7.10 - rasm) asosiy yuritma jo„valari 1 va bo„sh tirgak roliklari 2 ga tirmashgan kichik diametrli o„zgaruvchan ishchi jo„valar 3 va 4 ni qo„llash hisobiga keng turdagi mahsulotni ishlab chiqaradi. Bunday stanlarda qalinligi 0,1…2 mm tasmalar va qalinligi 0,03 mm gacha kengligi 1250 mm gacha tezligi 15 m/s gacha bo„lgan tasmalar prokatlanadi.




    1. - rasm. MKV stan kleti sxemasi






    1. - rasm. 55x1200 yigirmajo„vali stan sxemasi

Mahsus ko„p uglerodli va yuqori aniqlikdagi korroziyabardosh po„latlardan yupqa va o„ta ingichka tasmalarni olish uchun ko„pjo„vali (6 - 12 -20 - jo„vali)
stanlar o„rnatiladi. (7.11 - rasm) da 55x1200 yigirmajo„vali reversiv stanining umumiy ko„rinishi ko„rsatilgan.
55x1200 stani qalinligi 0,1…0,5 mm kengligi 1000 mm gacha tasma qalinligi 1…3,5 mm o„ram og„irligi 15 t gacha bo„lgan legirlangan va elektrotexnika po„lat tasmalarini prokatlashga mo„ljallangan. Prokat 3,5…7,7 m/s tezlikda va umumiy siqish 85…90 %, asosiy yuritma dvigatel quvvati 2600 kVt da amalga oshiriladi.
Stan ishchi klet 2 (7.11 - rasm) va ikkita o„ragich 1 dan tashkil topgan. Ishchi klet stanining katta qismi yuqori qattiqlikdagi monoblok ko„rinishida quyiladi. Simmetrik o„q prokatlash stanida bochka uzunligi 1200 mm bo„lgan 20 ta jo„va diametri 55 mm li ikkita ishchi uzluksiz jo„va 6, o„ta mustahkam xromvalfram po„latidan tayyorlangan bochka qattiqligi shoru bo„yicha 100…105 birlik; diametri 100 mm li to„rtta oraliq tirgakli uzluksiz jo„va 5; diametri 175 mm oltita oraliq jo„va 4, ulardan ikkita yuqori va ikkita quyilari yurutmali hisoblanadi; sakkizta tirgakjo„va 3, ularning har biri diametri 300 mm li oltita podshibnik va kengligi 200 mm to„rt qatorli silindrik roliklardan tashkil topgan.
To„rtta yurutmali oraliq jo„valari ikkita elektrodvigateldan doimiy tokga o„tkaziladi, har birining quvvati 1300 kVt, universal reduktor orqali shesternya kleti va to„rtta universal shpindelga o„tkaziladi. Siqish qurulmasi sifatida tishli reykali va to„rtta gidravlik silindirli (ikkita tepada va ikkita pastda) ekstsentrik o„qli rolik (ikkita o„rta, yuqori va ikkita quyi) yurutmalar qo„llaniladi. Bundan tashqari ishchi kletda yuqori roliklarni egib prokatlash jarayonida tasma profilini boshqarish uchun qurilmalar ko„zda tutilgan, ular o„z tayanchlariga nisbatan ekstsentrik (barcha qolganlari kabi) o„rnatiladi. Ishchi kletning ikki tomonidan tasmani cho„zishni o„lchash uchun roliklar joylashgan.
Ko„pjo„vali sovuq prokatlash stan afzalligiga ishchi klet va o„ragich orasida tasmani katta cho„zish kiradi.
Ko„pjo„vali sovuq prokatlash stani qalinligi 0,002…0,05 mm ingichka lentani prokatlaydi, buning uchun bochka uzunligi 60…700 mm, diametri 3…30 mm jo„valar qo„llaniladi. Dastlabki zagotovka sifatida qalinligi 0,03…1,0 mm li sovuq
jo„valangan tasma qo„llaniladi. Bu stanlar asosan pretsizion qotishmalar va legirlangan po„latlarni prokatlash uchun mo„ljallangan.
Ko„pjo„vali stanlarda tasma va listlarni prokatlash yuqori aniqlikdagi zaruriy o„lchamlarni olish va xisoblangan siqish rejimlariga ko„ra belgilangan bo„shatishlar miqdorida talab etilgan mexanik hossalarni olish maqsadida amalga oshiriladi. Ko„pincha ayniqsa plastikligi kam po„latlarni prokatlashda metall qoplamasini yo„qotish maqsadida oraliq yumshatish qo„llaniladi.
Ko„pjo„vali stanlarda siqish rejimi ruhsat etilgan prokatlash kuchi va asosiy yuritma quvvati, minimal qalinlikdagi tasma prokatlash sharoitlaridan kelib chiqib tanlanadi. 20 jo„vali stan uchun belgilangan diametrli jo„valarda minimal qalinlikdagi tasmalarni prokatlash sharoitlari D/hmin nisbati bilan aniqlanadi bunda D - ishchi jo„va diametri hmin - standa prokatlanuvchi tasmaning minimal qalinligi. Bunda 20 jo„vali 55x1200 stan uchun D/hmin nisbati < 2000.
Ko„pjo„vali stanlarning asosiy afzalliklariga listli po„lat o„lchamlarining yuqori aniqligi, umumiy siqishning yuqori kattaligi, qurilma massasining kichikligi, kapitall quyilmalarning kamligi kiradi.
Ko„pjo„vali stanlarning mavjud kamchiliklariga samaradorlikning kamligi, va jo„valarni o„rnatishning murakkabligi kiradi.
Ko„pjo„vali stan normal ishlashi uchun asosiy ko„rsatkich sovutish va ishchi jo„valarni moylash hisoblanadi, buning uchun mineral moy yoki emulsiya qo„llaniladi.
Ko„pjo„vali stanlar tasma qalinligini kontaktsiz o„lchash qurulmasi, tasmani cho„zish va jo„valar oralig„idagi bo„shliqni avtomatik boshqarish tizimi bilan jixozlangan.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin