Blyumingda prokatlangan zagotovkalar, quymalar blyum deb ataladi. Uning oʻlchamlari 100x100…400x400 mm boʻlgan kvadrat (yoki unga yaqin) aylana burchakli oraliqlarga ega.
Slyabingda quymadan prokatlangan yassi zagotovka (bazan blyum orqali) slyab deb ataladi. Slyab qalinligi 100…300 mm va kengligi 600…2000 mm boʻlgan koʻp burchakli aylana burchak oraliqlarga ega.
Poʻlat eritish sexlaridagi stril boʻlimidan keltirilgan quymalar prokatlashdan avval qizdiriladi. Ushbu maqsad uchun quduq guruhlari koʻrinishdagi qizdirish uskunalari qoʻllaniladi, ularni har biri bir necha katakchadan tashkil topgan. Zamonaviy oʻralar odatda rekulerativ (100, 200 t choʻkmali) ustki va ostki qizdirishga ega. Gaz bilan qizdiriladi (domenning koks bilan aralashmasi) yonish issiqligi 5800…8500 kDj/m3 ni tashkil etadi. Yonilgʻi sarfini iqtisod qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va sifatli qizdirish maqsadida oʻralarga 800…900ºC haroratga ega quymalar yuklanadi (issiq yuklash). Ularni tutib turish va 1260…1300ºC haroratgacha qizdirish uchun 2,5…3,5 soat vaqt sarflanadi. Sovuqlay yuklashda (quyma harorati 200…300ºC) qizdirish uchun 2…2,5 barobar koʻp vaqt talab etiladi. Oʻrta uglerodli poʻlatdan tayyorlangan quymalarni yuklashda oʻraning samaradorligi koʻrsatkichlarga asosan 15…18 t/s sovuq holatda 8…10 t/s tashkil etadi. Oʻralarda quymalarni yuklash va tarqatish mahsus klesh tutqichli koʻpriklikranlar yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy reversiv siquv stanlarining yillik samaradorligi (slyabinglar, blyuminglar va diametrik 1150…1500 mm boʻlgan garizontal jo„vali blyuming slyabinglar) 3…6 mln, t ga yetadi. Prokatlash tezligi 5…6 m/s. Blyumingda prokatlanuvchi quymalar ogʻirligi 10…22 t, slyabing va blyuming - slyabinglarda 40…45 t.
Slyabinglar faqat slyablarni prokatlash uchun qoʻllaniladi, shuning uchun ishchi kletning gorizontal valkalari silliq (silindirk) qilib tayyorlanadi. Ishchi kletada yon tomonlari toʻgʻri burchakli kesimlarning keng slyablarini olish uchun gorizontallardan tashqari vertikal (gorizontaldan avvalgi yoki keyin joylashgan) mavjud. Bunday klet universal deb ataladi. Blyuminglar blyumlar va qisman lyablarni prokatlash uchun qoʻllaniladi (barcha navlarning 30% gacha), shuning uchun ishchi kletning gorizontal valkalari kalibrli qilib amalga oshiriladi.
(2.1 - rasm) da 1300 blyuming uskunalarining joylashish sxemasi koʻrsatilgan blyum kesmali prokatlarga 300x300…350x450 mm va (umumiy navlar hajmining 15% gacha) qalinligi 100…200 mm va kengligi 700…1000 mm quyma ogʻirligi 8…13 t slyablarni 6 m/s tezlikgacha prokatlash uchun moʻljallangan.
I - qizdirish oʻralari boʻlimi; II - stan oraligʻi; III - elektramashina zali; IV - skrap oraligʻi; V - blyum ombori; 1 - qizdirish oʻralari; 2 - quyma tashuvchi; 3-rolgang; 4 - quyma itargich; 5 - tarozi; 6 - blyumning ishchi kleti; 7 - manikulyator; 8 - olovli tozalash mashinasi; 9 - qaychi; 10 - kesmalarni yigʻish uchun konveyer; 11 - blyumning tozalash uchun vosita
Qizdirish oʻralari boʻlimida 12 guruh oʻralar koʻrib chiqilgan (ustki qizdirishli pechka turi) har birida toʻrtta kamera (katak)li. Bitta kameraning issiqlayin quymani yuklashdagi yillik samaradorlik 120…150 ming t ni tashkil etadi. Quymalarni prokatlash ritmini ta‟minlash uchun aylana oʻralarda qoʻllanuvchi rolgang foydalaniladi.
1300°C haroratgacha qizdirilgan quymalar, oʻralardan kelish tutqichli, koʻprikli kran yordamida chiqariladi. Har bir navbatdagi quymani oluvchi quyma uzatgich rolganga yetkaziladi. Quymani oʻlchash va 180°C ga aylantirish rolgang yoʻlida oʻrnatilgan qurilma orqali amalga oshiriladi. Ishchi kletning oldingi tarafida joylashgan oʻchirgʻich va uning ikki tarafida joylashgan manikulyator chizgʻichlari berilgan prokat dasturi boʻyicha ishlaydi. Qoʻshma ogʻirligi va blyum kesmasiga koʻra bir yoki ikki quymali prokatlash amalga oshiriladi.
Blyumning jo„vasi diametri 1300 mm (kalibr burtlari boʻyicha) bochka uzunligi 2800 mm. Har bir ishchi jo„va nominal davri 1100 kN.m quvvati 6800 kvt doimiy tokli elektrodvigatelga ulangan individual yuritma bilan jihozlangan. Blyumingdan quymani prokatlash 9…13 revers boshqaruvchi va 90°C burchak ostida oʻchirgʻich orqali amalga oshiriladi. Tahlamni kalibrdan kalibrga oʻzgartirish uchun manipulyator chizgʻichlar, oʻchirgʻich uchun oʻchirgʻichlar qoʻllaniladi. Oraliqdagi siqish kattaligi metallni joʻvada tutish sharoitlariga, asosiy yuritma quvvati va stan detallari mustahkamligiga bogʻliq.
Slyab va blyumlarning issiq yuzalarini tozalash (darzlarni, kuyundi, shlaklarni yoʻqotish) uchun ishchi klet orqali rolgang yoʻnalishiga olovli tozalash mashinasi (OTM) oʻrnatiladi. Agar prokatlashdan soʻng slyab va blyumni tozalash talab etilmasa u holda (OTM) keskichlari rolgang yoʻnalishidan olib qoʻyiladi. Mashinaning ishlash rejimi avtomatlashtirilgan. Olovli tozalashda metallning sirt qatlami 1,5…2,5 mm qalinlikda kuydiriladi. Bunda metallning yoʻqotilishi 1…2,5% ni tashkil etadi.
Olovli tozalash mashinasiga 1250 MN kuchlanishli quyi keskichli qaychilar oʻrnatilgan. Oʻlchov uzunligida blyum va slyablarni kesishda noaniq kesmalar miqdorini kamaytirish uchun (1200…6000 mm) qaychilar EXM lar yordamida
boshqariladi, buning uchun kesishgacha boʻlgan tasma uzunligini datchiklar qoʻllaniladi. Boshlangʻich va yakuniy qism kesmalari mahsus temir yoʻl platformalaridagi konveyrlarga yigʻiladi.
Blyum va slyablarning burchaklari qaychida kesilganda soʻng ularni tamgʻalash masofaviy tamgʻa olishtirgichli avtamatlashtirilgan tamgʻalash mashinalarida amalga oshiriladi.
Bunda blyum va slyablarning boshlangʻich va yakuniy qism chiqindilari (kesmalari) ogʻirlik (yiliga 500 mingdan to 1mln tonnagacha) ning 10…25% tashkil etadi, ularni poʻlat eritish sexlariga yuborishdan avval poʻlat markalariga boʻlish murakkab va qiyin masalalarni yuzaga keltiradi. Koʻpgina blyuminglarda (1300 blyumingdan tashqari) tamgʻalash jarayoni qoʻlda amalga oshiriladi.
Blyumlarni qaychida kesishdan soʻng tamg„alashdan keyin ular rolgang boylab uzluksiz zagotovkalash stani 900/700/500 tomonga harakatlanadi, slyabr esa itargich yordamida tahlagich stalga olinadi va undan soʻng (aravacha yoki koʻtargich) bilan omborga sovitish va tozalash uchun yuboriladi.
Universal balkali stan bir qancha holatlarda jo„va bochkasi uzunligi 3550 mm 1500 reversiv blyumingli kompleksda oʻrnatiladi. U oraligʻi 250x250…400x400 mm va uzunligi 3,6…11,4 m boʻlgan blyumlar, oraligʻi 200x1600 mm va uzunligi 2…3,4 m boʻlgan slyabrlar, bundan tashqari ogʻirligi 9,7…21,8 t oraligʻi 185x450 mm dan 450x1225 mm gacha boʻlgan har xil shakilli balka zagotovkalarini ishlab chiqarishga moʻljallangan.
Tahlamani tiraksiz kesish uchun ishchi klet oʻlchov uzunligi boʻylab 16 MN maksimal kesish kuchiga ega qaychilar oʻrnatilgan. Kesishlar soni daqiqasiga 4…12 tashkil etadi. Stan va ishchi klet oqimidagi qaychilar OTZ bilan koʻrib chiqiladi.
1500 Blyumingning yillik loyihaviy samaradorligi 3 mln t ni tashkil etadi, mexanik uskunaning ogʻirligi 8650 t, stang asosiy elektrodvigatellar umumiy quvvati 14000 kVt.