Vazirligi b. M



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə10/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Prokatlash stanlari. Qora va rangli metallar va ularning qotishmalarini prokatlash natijasida xilma - xil buyumlar ishlab chiqaruvchi mashinalar “prokatlash stanlari” deyiladi. Prokat stanlarida zagotovkalarni plastik deformatsiyalab ko„ndalang kesimiga zaruriy shakl berib, bo„yiga uzaytiriladi (1.16 - rasm).




    1. - rasm. Prokatlash stanining sxemasi:

  1. jo„valar; 2-qotirish joyi; 3-shpindellar; 4-tref mufti; 5-korpus; 6-ish kleti; 7-kulachokli mufta; 8-reduktor; 9-elektr dvigatel

Ishlatilishiga ko„ra yarim va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi prokatlash stanlariga bo„linadi.


Bundan tashqari prokatlash stanlarining rels-balka ishlab chiqaruvchi, yirik, mayda, o„rtacha sortli prokat stanlari, sim ishlab chiqaruvchi prokat stanlari kabi turlari ham mavjud. Prokatlash stanlari jo„valari soniga ko„ra ikki, uch, to„rt va ko„p jo„vali xillarga ajratiladi (1.17 - rasm).





    1. - rasm. Prokat stanlar turlari:

a - ikki jo„vali; b - jo„valari gorizontal va vertikal o„rnatilgan; d -uch jo„vali; e-to„rt jo„vali; f-olti jo„vali; g-ko„p jo„vali; h-universal; i - k-quvurlar tayyorlash jo„valari; l - quvurlar
cho„zuvchi jo„valar
Stanlarning maqsadga muvofiq tasniflash. Ishlab chiqariluvchi mahsulotlar turiga qarab prokat stanlari siqib ishlov beruvchi, (blyuming, slyabing), zagatovkalar tayyorlovchi, rel‟s balkali, yirik navli, oʻrta navli, mayda navli, simli, qalin listli, kenglistli tasma prokatli, quvur prokatli va mahsus maqsadli stanlarga (g„ildirakli va bandaj prokatlioʻzgaruvchan va davriy profillarni prokatlash uchun) boʻlinadi.

1.7.1. Prokat stanlarining tasnifi va qo„llanish sohalari




Prokat stanlarning ishlatilishiga, ish kletlarining holatiga, jo„valar soniga va joylanishiga ko„ra ajratiladi (1.18 - rasm).
Ishlatilishiga ko„ra: ular yarim va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga bo„linadi. a). Yarim mahsulot. Yarim mahsulot ishlab chiqaruvchi prokat stanlarga blyuming,
slyabing kiradi va ularda ko„ndalang kesimi yirik quymalar yarim mahsulotlarga prokatlanadi. Bu stanlar jo„valar diametri 800 - 1400 mm bo„ladi.

  1. Zagotovkalar. Zagotovkalar tayyorlovchi prokat stanlar ham yarim mahsulotlar tayyorlovchi bo„lib, bunda blyum yoki quymalardan u qadar massasi katta bo„lmagan (1500 kg gacha) kichik kesimli buyumlar tayyorlanadi. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi prokat stanlarga esa quydagilar kiradi:

    1. Rels - balka ishlab chiqaruvchi prokat stanlar. Bu stanlarda temir yo„l relslari. qo„shtavrli balkalar, yirik o„lchamli shvellerlar va boshqa yirik profillar ishlab chiqariladi. Bu stanlar jo„valari diametri 750 - 900 mm oralig„ida bo„ladi;

    2. Yirik sortli prokat stanlar. Bu stanlarda po„latlardan doiraviy, 80 - 200 mm li kvadrat, № 12 - 24 li shvellerlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu stanlar jo„valari diametri 500 - 700 mm oralig„ida bo„ladi;

    3. O„rtacha sortli prokat stanlar. Bu stanlarda o„rtacha kesimli doiraviy, 40 - 80 mm li kvadrat, № 16 gacha bo„lgan shvellerlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu stanlar jo„valari diametri 350 – 500 mm oralig„ida bo„ladi;

    4. Mayda sortli prokat stanlar. Bu stanlarda kesimi kichik bo„lgan doiraviy, 8 x 40 mm li kvadrat. 50 x 50 mm gacha bo„lgan ugolok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu stanlar jo„valari diametri 250 - 350 mm bo„ladi;

    5. Shtripli sortli prokat stanlar. Bu stanlarda eni 64 - 500 mm, qalinligi 1,5 - 1,0 mm gacha bo„lgan polosalar ishlab chiqariladi. Bu stanlar jo„valari diametri 300 - 400 mm bo„ladi, 6). Sim ishlab chiqaruvchi prokat stanlar. Bu stanlarda diametri 5 dan to 10 mm gacha bo„lgan yumaloq, kesimli simlar ishlab chiqariladi. Bu stanlar jo„valari diametri 250 - 300

mm bo„ladi,

  1. Qalin listlar ishlab chiqaruvchi prokat stanlar. Bu stanlarda qalinligi 4 dan to 60 mm gacha bo„lgan listlar ishlab chiqariladi. Bu stanlar jo„valarining bochka uzunligi 2000 - 5000 mm bo„ladi;

  2. Yupqa listlar ishlab chiqaruvchi prokat stanlar. Bu stanlarda qizdirilgan va sovuqlayin holda qalinligi 4 mm dan kichik bo„lgan listlar ishlab chiqariladi. Bu stanlar jo„valarining bochka uzunligi 700 - 2800 mm bo„ladi.

  3. Universal stanlar. Bu stanlarda eni 200 dan to 1500 mm gacha bo„lgan polosalar ishlab chiqariladi;

  4. Quvurlar ishlab chiqaruvchi prokat stanlar. Bu stanlarda choksiz va chokli quvurlar ishlab chiqariladi;

  5. G„ildirak va bandaj ishlab chiqaruvchi prokat stanlar. Bu stanlarda temir yo„l g„ildiraklari va bandajlari ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari maxsus prokat stanlari ham bo„ladiki, ulardan masalan, sharlar, shatun, tishli g„ildirak kabi buyumlar olinadi.

Shuni ham qayd etish joizki, qabul etilgan texnologiyaga ko„ra, ularni ish kletlari bittali (masalan, blyuming va slyabinglarda) bo„ladi. Lekin ko„p hollarda ularda bir necha zarur kalibrlar joylashtirib bo„lmagani sababli ko„pincha ko„p kletli stanlardan foydalaniladi va birining ketidan ikkinchisi chiziqli o„rnatiladi. Odatda bunday o„rnatilgan kletlar soni ikkidan beshgacha bo„ladi. Bunday o„rnatishlar zagotovkalar tayyorlovchi yirik va o„rta sortli stanlarda qo„llaniladi. Bularning kamchiligi Shundaki, barcha kletlarda aylanish sonlarining bir xilligidir. Bu holda prokatlangan buyum uzukligining ortishidan kletlar tezligi ortib prokatlanmaydi. Bu hol ish kletlarni bir chiziq bo„ylab emas, bir necha ketma - ketlikda o„rnatilib, jo„valar aylanish sonlarining har biri ortadi. Natijada ishlab chiqarish unumdorligi deyarli ortadi.


    1. - rasm. Prokatlash jo„valari, kalibrlar va qo„shtavr balkani tayyorlashning

texnologik ketma - ketligi:
a - silliq silindrik jo„va; 1 - bochka; 2 - bo„yin; 3 - tref; b - sortli buyumlar oluvchi o„yiqli jo„va; 4 - o„yiq; d - ochiq kalibr; e - yopiq kalibr; f - qo„shtavr.

Zamonaviy mahalliy prokat stanlarining texnik hususiyatlari 1.1 jadvalda keltirilgan.





    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin