Vazirligi b. M


Ko„p qatlamli prokatlash texnologiyasi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə18/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Ko„p qatlamli prokatlash texnologiyasi


Ko„p qatlamli prokatlash ikki yoki uch qatlamni ketma - ketlikda prokatlashdan iborat, bunda taxlama uzunligi ortadi (ko„ndalang kesim o„zgarishsiz qoladi). Prokatlash texnologiyasi quydagilardan tashkil topgan: rol‟gangda ketma - ket joylashgan blyuming jo„vasiga ikkita quyma uzatiladi; har bir bo„shatishda ikkinchi quyma stan jo„vasiga to„htovsiz yoki minimal to„htovsizlar bilan birinchisidan so„ng uzluksiz uzatiladi. Taxlamlarni aylantirish va 8…10 ta gacha bo„shatib prokatlash juftlikda o„tkaziladi. Ikkita taxlamaning sezilarli uzunligi bo„ylab ular so„ngi bo„shatishda aylantiriladi va juft yoki yakka holda prokatlanadi.


Ko„p va bitta quymali prokatlash bir hil siqish rejimlari ostida amalga oshiriladi. Shuning uchun prokatlash kuchi va quymani prokatlashning aylanma
momenti juft yoki bir hil juftlikda bo„ladi. Ikkita quymani prokatlashda (bitta quymali bilan solishtirganda) qizdirishda asosiy yuklama og„irligi, tezlik rejimi va stan asosiy yo„nalishdagi dinamik yuklanish o„zgaradi.
Ikkita quymani bir vaqitning o„zida prokatlashda juftning ikkinchi quymasini tutish, odatda birinchi quymani chaqirish tezligiga yaqin tezlikda amalga oshiriladi. Ikkita quymani prokatlash tezligini ikki barobar maksimal uzaytirish va ikkinchi quymani ajratish tezligi bitta quymali prokatlashga nisbatan katta.
Yangi texnologiya umumiy tutib turish vaqtining qisqarishini (deyarli ikki marta) va mashina vaqtining biroz qisqarishini ta‟minlaydi, agar juftning birinchi quymasi jo„vadan chiqarilsa to„htatish davri to„htatiladi, juftning ikkinchi quyma xarakati jadallashtiriladi va prokatlashning maksimal tezligini oshiradi. Vaqt sarifining kamaytirilishi bir vaqtning o„zida ikkita quymani prokatlash samaradorligini oshiradi. Quymalarni ikki barobar prokatlashda dinamik kuchlanishlar oshishiga yuritma dvigatelini to„htatish davrida juftning ikkinchi quymasini tutish va tutish ajratishda quymalarning to„qnashishi sabab bo„ladi.
Birinch va ikkinchi quyma juftni tutish va ajratish tezligi maksimal samaradorlikni ta‟minlash uchun (jarayon tezligi kamaymasdan borishi uchun) maksimal bo„lishi zarur. Boshqa tomondan ikkinchi quymani tutishda maksimal tezlik tutish tezligi buzilishiga, jo„valarni shatakka olishi va sezilarli dinamik kuchlarning buzilishiga sabab bo„lishi mumkin, shuning uchun ikkinchi quymani tutishdan avval jo„valar tezligini pasaytirish maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Metallni jo„va bilan bir muncha silliq tutish ikkita quymani ular orasida bo„shliqsiz prokatlashda sodir bo„ladi.
Juftning ikkinchi quymasini tutishdan avval jo„vallar tezligini kamaytirishga ikki yo„l bilan erishish mumkin. Birinchi yo„l: quyma maksimal tezlikda chiqarib yuborilganda birinchi quyma uchun mashina vaqti minimal bo„ladi, quymani prokatlash vaqti to„htalishlar xisobiga ortadi (jo„vaning tezligini tutish tezligigacha pasaytirish uchun). Ikkinchi yo„l: birinchi quymani ajratishdan avval jo„va tezligi kamayganda uni prokatlashda mashina vaqti ortadi, bunda birinchi quymani
ajratish va ikkinchi quymani tutish oralig„idagi pauza yo„q qilinadi va umuman olganda ikkita quymani prokatlash vaqti kamayadi.



    1. - rasm. Ikkilamchi prokatlashda quymalar to„qnashish vaqtining o„zaro

ta‟sirlashish sxemasi
Quymalarni ikkilamchi prokatlashda operatorlar, qoidaga ko„ra birinchi quymani xarakatsiz rolganga chiqarishni amalga oshiradi. Quymalar orasida to„htalish bo„lganda ikkinchi quyma birinchisiga uriladi.
Amalda ikkilamchi prokatlash vaqtida quymalar to„qnashuvining to„rtta o„zaro ta‟sir sxemasi mavjud (2.5 - rasm).

  1. - sxema. Jo„vadan ajratilgandan so„ng birinchi quyma rolgang bo„ylab ayrim tutilishlar bilan xarakatlanadi, ikkinchisi esa - prokatlash tezligiga teng tezlik bilan xarakatlanadi va birinchisini quvib yetadi. Rasimda prokat yo„nalishida ikkala quymaning prokatlanish yoʻnalishida xarakatlanish vaqtida to„qnashuv sodir bo„lganda prokatlash mamenti (M) ning o„zgarishi sxematik tarzda koʻrsatilgan.

  2. - sxema. Birinchi quyma jo„vadan ajratilgandan so„ng to„qnashishdan avval butunlay rolgang bilan to„htatiladi. Bundan ikkinchisi rolgangdagi xarakatsiz birinchi quymaga to„qnashadi.

  3. - sxema. Birinchi quyma jo„vadan ajratilgandan so„ng keying bo„shatishga tayyorlanganda teskari tomonga rol‟gang bilan haydaladi va jo„vaga tomon xarakatlanadi. Ikkinchi quyma (jo„vada) birinchi (rolgangda) bir - biriga qarama qarshi xarakatlanadi va to„qnashadi.

  4. - sxema. Birinch quyma jo„valarda rolgang bo„ylab xarakat tezligidan oz boʻlgan tezlikda prokatlanadi. Ikkinchi quyma birinchisini quvib yetadi va ularning to„qnashuvi prokatlash yo„nalishida xarakatlanganda yuzaga keladi. Toʻqnashuvning bunday sxemasi kamdan kam kuzatiladi.

Eng katta havf bu bir - biriga qarab xarakatlanuvchi quymalarning to„qnashuvi (III - sxema) chunki ular maksimal dinamik yuklarni keltirib chiqaradi, bu esa stanning asosiy tarmoq qisimlarini yo„q qilishga olib kelishi mumkin. Quymani ikkilamchi prokatlashda ushbu yuklamani bartaraf etish uchun rolgang va asosiy yuritma dvigatelining tezligini sinxromlash zarur, masofadagi jo„vadan birinchi juft quymalarini rolgang bilan ajratishda ikkinchi quyma tasmasining uzunligiga teng yoki katta bo„ladi.
1120 blyum - slyablarda prokatlash natijasida yakka va juft quymalar og„irligi 6,0…9,5 t, blyumlar 250x300 mm; 9,5x11 t slyablarda 925x155 va 1000x200 mm etib belgilangan, sidirib prokatlash blyumlar ishlab chiqarishda stan unumdorligini 22,2…23,5% va slyablar 23,5…27,1% ga oshishini ta‟minlaydi. Bir vaqtning o„zida ikkita quymani prokatlash oddiy texnalogiyada ikkita quymani prokatlashni umumiy sikli bilan solishtirganda kamayadi (bittadan), siqish stan samaradorligi yangi texnalogiyani qo„llaganda 15…30% ga ortadi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin