Yirik kesimli prokatlashda metallning xarorat maydoni
Quymalarni prokatlashning xarorat rejimi asosiy omillardan biri xisoblanadi, bunda zagotovka va blyumlar sirt sifati uskunaning ish sharoitlari va prokatning energiya kuch ko„rsatkichlari aniqlanadi. Quymalarning o„rtacha 85…95% quvurlarga issiqlayn yuklanadi, ya‟ni ularning sirt xarorati 700…900°C ni tashkil etadi. Uglerodli va kam legirlangan po„latlarni yuklash uchun ko„rsatilgan xarorat oralig„i uchun quvurdagi qizdirishning umumiy vaqti (quvurlar turiga bog„liq) 7…10 t li quymalar og„irligida 2…5 soatni tashkil etadi. Sovuqlayin yuklashda qizdirish vaqti 6…11s gacha oshiriladi. Yuqori legirlangan po„lat markalari uchun qizdirish vaqti o„z o„zidan ortadi, aynan issiqlay yuklashda 6…8 soatgacha sovuqlayin yuklashda 17…28 soatgacha.
1300 Blyumingda mahsulotning asosiy qismini ikki turdagi 12,5 t og„irlikdagi uglerodli va kam legirlangan quymalar tashkil etadi: pribil qismida yuqori tomon
kengayganda o„lcham 920×820
785×658
va pastga tomon kengayganda 895×760
960×825
mm,
quymalar balandligi 2500 mm ni tashkil etadi. O„rtacha 90% quymalar quvurlarga issiqlayin yuklanadi, unda sirt xarorati 760±20°C.
Quymalarni qizdirish bitta markaziy isitgichda issitiluvchi rekuperativ qizdirish quvurlarida amalga oshiriladi. Qizdirishning o„rtacha vaqti 460±20 daqiqa, tutib turish xarorati 1340…1350°C.
Tekshiruvlar shuni ko„rsatadiki xaroratdagi ozgarishlar quyma tuzilishiga bog„liq va sezilarli kattaliklarga erishadi: quyma kesimi bo„ylab - 200°C yuqori uzunligi bo„yicha - 180°C.
- rasm. Tekislagich kesishmalarining nisbiy o„lchamga bog„liq harorati t х/(0,5В) turli po„latlar uchun (х - tekislash sirtidan oraliqqacha bo„lgan masofasi,
haroratning o„lchanishi; В - tekislash kengligi):
1 - po„lat SтZ; 2 - po„lat 35GS; 3 - po„lat 20; 4 - po„lat 14G2; 5 - po„lat Sт5
- rasm. Po„lat SтZ uchun tekislagich 300 X 300 мм kesishmasi bo„ylab harorat maydoni sxemasi
Quyma kesishmasi va uzunligi bo„yicha xarorat taqsimlanishi ikki turga ajratiladi. Pastga tomon kengaygan quymalarda belgilangan qism xarorati asosiy qisim xaroratidan past o„rtacha 600…70°C, xaroratning maksimal o„zgarishi 180°C. Yuqoriga kengayuvchi quymalarda xaroratning maksimal o„zgarishi 100°C ni tashkil etadi.
Prokat staniga ko„chirish jarayonida quymalar sirti jadal soviydi, markaziy qatlamlar o„zgarmas xaroratni saqlab qoladi. Natijada kesma bo„ylab xarorat o„zgarishi yuzaga keladi bu esa deformatsiyalash sharoitlarini yomonlashtiradi, tub va yon tekislanishini oshiradi, sirt sifatini pasaytiradi va kesimni kattalashtiradi.
Turli markali po„lat taxlamalarning kesmasi bo„ylab metall xarorati o„zgarish tadqiqotlari (tuzilmalar yarim taxlama uchun bajarilgan) shuni ko„rsatadiki (2.3 rasm) bir hil kesishmaga ega taxlamalarda sirt va markaz oralig„ida xarorat o„zgarish turli hil bo„lishi mumkin. Metall kesishmasi bo„ylab xarorat maydoni izotermo ko„rinishida bo„lishi mumkin (2.4 - rasm). Prokatlash jarayonida taxlama kesmasi bo„ylab xarorat taqsimoti bir meyorda bo„lmagani doimiy xaroratlanuvchi faktor xisoblanadi va uni metall qolip o„zgarish xisoblarida muhandislik va energo kuchlanish ko„rsatkichlarini xisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: |