Vazirligi b. M


Quyish va prokatlashni yagona texnologik jarayonda umumlashtirish



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə19/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Quyish va prokatlashni yagona texnologik jarayonda umumlashtirish


Prokat ishlab chiqarishda uzluksiz po„lat quyishning qo„llanilish boshlang„ich davri 1960 - 1965 yillarga to„g„ri keladi. Uzluksiz quymalar zagotovkalardan olingan navli va listli prokatlar metallurgiya zavodlari tomonidan qo„yilgan talablarni qoniqtiradi, zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi esa zavoddagi siqish stanlarini o„rnini bosa oladi. Qo„shma jarayon bir qator avfzalliklarga ega: metall


sarfi kamayadi; zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi samaradorligi ortadi; metallni tashish, qizdirish va kesish uchun qo„shimcha sarflar bartaraf etadi.
Bunday texnalogiyadan quymaning birlamchi issiqligidan (eritishga sarflangan) uning deformatsiyalanishi uchun prokatlash va quyish jarayonida butunlay uzluksizlikka erishish va metallni oraliq joylashtirishni bartaraf etadi, bu esa mehnat samarodligining keskin o„sishini ta„minlaydi.
Po„latni uzluksiz kuyishi va prokatlashning qo„shma jarayoni metall sifatining ortishiga sabab bo„ladi. Hattoki bitta - ikkita prokatlash kleti (1,38 va 1,8 cho„zishli) bilan zagotovka asosidagi cho„kma rakovina va g„ovakliklarni bartaraf etish mumkin. Shu bilan birga zagotovkaning mexanik xossalari yahshilanadi.
Zagotovkani uzluksiz quyish mashinasida sharlar va kesishmali po„latlardan quymalar quyiladi: aylana diametrli 100…500 mm, kvadratli yonlari 50…350 mm va undan koʻp, qalinligi 70… 350 mm kengligi 2000…2500 mm gacha to„g„ri burchakli. Uzluksiz quyilgan quymalar ko„ndalang kesim oʻlchamlari bo„yicha navli zagotovkalar, blyumlar, slyablarga mos keladi. Prokatlash stanlarining keng turlari prokat ishlab chiqarish va po„lat eritish sxemalariga ta„sir koʻrsatadi.
Prokatlash va uzluksiz quyish brikmalarining quydagi ikkita sxemasi amalga oshiriladi: Zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi - zagotovka stani - navli stan.
Uzluksiz quyilgan zagotovkalar birinchi cxema bo„yicha ishlangandan so„ng, omborda tekshirilgandan so„ng tozalash va navlarga ajratish stanlarga oʻtkaziladi. Prokat bitta qizdirish bilan amalga oshiriladi. Bu sxemaning turli ko„rinishlari mavjud:

      1. uzluksiz qo„yilgan zagotovkalar qisman oddiy quymalar bilan almashtiriladi. Tozalash stanida uzluksiz quyilgan zagotovkalar kabi odatiy quymalar ham prokatlanadi. Bunday sxemani samaradorligi uncha katta boʻlmagan metallurgiya zavodlarida qo„llash mumkin.

      2. uzluksiz qo„yilgan zagotovkalar butunlay odatiy quymalar bilan almashtiriladi. Bu sxema avalgidan rivojlangan xisoblanadi, ammo hozirgi vaqtda po„latni uzluksiz quyish usulining tor qamrovli bo„lgani uchun qoʻllanilmaydi.

v) uzluksiz qo„yilgan zagotovkalar qisman kataklar bilan almashtiriladi. Tozalash stanlarida uzluksiz quyilgan va katakli zagotovkalar prokatlanadi. Bunday sxemalarni har qanday samaradorlikka ega eski va yangi metallurgiya zavodlarida qo„llanilishi mumkin. Ular navli va listli yo„nalishdagi bir qancha zavodlarda qoʻllaniladi; metallurgiya zavodlarida oralig„i 82x82 mm quymalar navli standa prokatlanadi; metallurgiya zavodlarida 2800/1700 stanida qalin va ingichka listlar quyma va katak slyablarda olinadi.
g) uzluksiz qo„yilgan zagotovkalar butunlay katakli bilan almashtiriladi. zagotovkani uzluksiz quyish mashinasida tozalash stani uchun talab etilgan barcha turdagi zagotovkalar quyiladi va zagotovkani uzluksiz quyish mashinasida siqish stanlari almashtiriladi. Bunday sxema har qanday samaradorlikdagi avvalgi va yangi metallurgiya zavodlarida qo„llaniladi. Ular bir qancha list ishlab chiqaruvchi bir qancha zavodlarda yo„lga qo„yilgan. Novolipets metallurgiya konbinatida dunyoda birinchilardan bo„lib zagotovkani uzluksiz quyish mashinasida butun po„lat quyuladi bunda tasmali 1200 stan uchun oralig„i 150x840 mm kengligi 950…1850 mm, keng tasmali stan uchun 2000.
d) uzluksiz qo„yilgan zagotovkalar qisman katak zagotovkalar va odatiy quymalarni almashtiradi. Tozalash stanida uzluksiz quyilgan va katak zagotovkalari odatiy quymalar prokatlanadi. Sxema bir qancha zavodlarda qo„llaniladi. Qalin listli 2300 stanida metallurgiya zavodlarida bir vaqtning o„zida zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi ishga tushirilgandan so„ng uzoq vaqt davomida katak slyablar va oddiy quymalar ikki oraliqdagi quyma slyablarda pokatlanadi. 175x700 va 200x800 mm.
y) uzluksiz quyilgan zagotovkalar butunlay katak va qisman odatiy quymalar bilan almashtiriladi zagotovkani uzluksiz quyish mashinasida ko„p turdagi uzluksiz quymali zagotovkalar quyiladi. Bu sxema avvalgi va yangi metallurgik komplekslarda qalin listliy stanlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi sxemada ishlash davomida uzluksiz quyilgan zagotovkalar ko„zdan kechirilgandan so„ng navli stanlar uchun talab etilgan o„lchamlardagi zagotovkalar
prokatlanadi. Tayyor prokat mahsulotlari uzluksiz quyilgan zagotovkalardan ikki marta qizdirib olinadi.
Bunday sxema uchun uzluksiz quyma zagotovkalarning cheklangan turlari harakterlanadi.
Zagotovkani uzluksiz quyish mashinasining yirik zagotovkali stanlar bilan birgalikda tayyor navlar bir chegaraviy zagotovkalarni prokatlashda turli ko„rinishdagi birinchi va ikkinchi sxemalar bir vaqtning o„zida ishlatiladi.
Zagotovkani uzluksiz quyish mashina sxemasi - metallurgiya ishlab chiqarish siklini qisqartirish nuqtai nazarida tozalash avzalroq xisoblanadi. Biroq zagotovkani uzluksiz quyish mashina sxemasi ishlatilganda - zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi tozalash stanida kichik oraliqli zagotovkalar olish zarur, bir qator holatlarda esa - keng turdagi zagotovkalar olish mumkin. Quyma slyablar va quyma navli zagotovkalardan navli va listli prokat ishlab chiqarish texnalogiyasi bir qator kamchliklarga ega.

  • taraflari ko„ndalag kesimli katta slyablar va mayda oraliqli navli zagotovkalarni uzluksiz quyish mashinasida olish qiyinchiliklari;

  • uzluksiz quyilgan zagotovkalar oralig„i kamaygani sari prokat mahsulotlar turi cheklanadi, qoniqarli sifatdagi yirik va o„rta profillar olib bo„lmasligi, bundan tashqari reversiv qalin listli stanlarda kichik qalinlikdagi listlar olish imkoni yo„q;

  • zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi konstruktsiyasining murakkabligi, oqimlar sonining ortishi; uzluksiz quyilgan zagotovkalar oralig„i kamayishi bilan po„lat eritish uskunalar sig„imi chegaralanadi;

  • uzluksiz quyma dastgohlarining keng ko„lamli o„zgarishi tufayli doimiy quyma mashinalarning samaradorligi pasayadi va boshqalar.

Boshqa tomondan navli stan - zagotovkani uzluksiz quyish mashina sxemasi zagotovka stani - navli stan zagotovkani uzluksiz quyish mashina sxemasi bilan taqqoslanganda xisob kitoblarga ko„ra texnik iqtisodiy avfzalliklarga ega kapital va foydalanish harajatlari yaroqli metallning yuqori ishlab chiqarilishi va boshqalar).
Sifatli va yuqori sifatli po„latlardan tomonlari 230…300 mm gacha bo„lgan oraliqli zagotovkalar quyish maqsadga muvofiq.
Ikki isitishda quyma blyumlardan navli prokat ishlab chiqarish texnalogiyasini qo„llash zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi konstruktsiyasini va ishini birmuncha soddalashtirish imkonini beradi, mahsulot sifatini oshiradi, biroq bir qator kamchiliklarga ega: qoniqarli sifatdagi profillar olishning imkoni yo„qligi, zagotovka stani oqimida oraliq xolatdagi metallni tozalashdagi qiyinchiliklar, eritish massasi ortishi bilan zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi tuzilishini murakkabligi, po„lat eritish agregatlari sig„imining cheklanganligi va boshqalar.
Uzluksiz quyma slyablarni qayta ishlash uchun 8 yoki undan ortiq kesma tomonlarning nisbati bilan quyma slyablardan deyarli cheklanmagan qatlamli va navli mahsulotlarni olish imkonini beruvchi reduktsion (prokatlashda kenglikni kamaytirish) yangi texnalogik jarayoni taklif etilgan va ishlab chiqarilgan.
Quyma slyablarni qisqartirish jarayoni o„ta yuqori, ingichka yo„laklar deb ataluvchi prokatlash hodisalarga ta‟luqli. Ushbu jarayon texnologik va yuqori samarador xisoblanadi. Qisqartirishning o„ziga hos xususiyatlariga asos maydonidagi burmalarni tekislash, katta bukilishlar, yakuniy yumalatish turli kengliklar kiradi. Yuqori balandliklar deformatsiyasi birinchi uzatmalarda qatlamlarni tekislashda namoyon bo„ladi va yuqori balandlik deformatsiyasining notekisligi oddiy quymalarni prokatlashdagi kabi bir hil bo„ladi. Deformatsiya to„g„ri burchakli o„lchagichlarda amalga oshiriladi.
Reversiv qisqartirish uskunasi (prokat stani) turli miqdordagi vertikal va garizantal kletlardan tashkil topishi mumkin. Masalan u ikki yoki uch kletdan tashkil topishi mumkin, bunga bir yoki ikki juft vertikal qisqartirgich jo„va (kletlar) kalibirli bir juft silliq jo„va kiradi. Uch kletli qisqartirish uskunasi (ikki juft vertikal kalibirlangan qisqartirgich jo„valar) yuqori samaradorlikka ega. U uzluksiz bo„lishi mumkin, bunda klet soni quyma slyab miqdori va qisqartirishning umumiy darajasiga bog„liq.
Qisqartirishning tehnologik jarayoni asosida uzluksiz quyish va prokatlashni birlashtiruvchi yangi shemalar ishlab chiqiladi. Shu bilan birga zagotovkani uzluksiz quyish mashinasida bir yoki bir necha turdagi slyablar quyiladi. Jarayon
bir qator avzalliklarni ta‟minlaydi: zagotovkani uzluksiz quyish mashinasini birhillashtirish, ularni loyihalashni soddalashtirish, zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi sonini kamaytirish.
Qisqartirish jarayoni quyma slyablardan tayyorlangan navli zagotovkalar va blyumni prokatlash uchun siqish stanlari va blyumlar uchun qo„laniladi. Quyma slyablar va blyumlar mavjud qizdirgich quvurlari yoki metallurgiya pechlarida qurilgan maxsus quvur shaklidagi pechlarida qizdirish mumkin.
Yirik oraliqli quyma slyab mahsulotlarini ishlab chiqarishda ko„zda tutilgan prokatlash va uzluksiz quyish sxemasini katta samaradorlikka ega yangi katta zavodlarda ham qo„llash mumkin. Shu bilan birga bir, ikki qo„lli zagotovkani uzluksiz quyish mashinasida 200…300 t gacha bo„lgan sig„imli kovishdan yagona kesishmali slyablar quyiladi, bunda talab etilgan zagotovkalarni uzluksiz yoki revarsiv siqish stanlarida prokatlash mumkin.
Po„latni uzluksiz quyish prokatlash jarayonini amalga oshirishda kristallizatordan chiquvchi metall tezligining sezilarli farqi va odatiy prokat stani ishchi kletiga kirishiga bog„liq muammolar yuzaga keladi. Bu esa zagotovkani uzluksiz quyish mashinasining har bir qo„lida joylashgan yagona oqimli uzluksiz prokat stanidan to„la qonli foydalanmaslikka asosli bir sabab bo„ladi.
Uzluksiz quymali prokatlashning quydagi birikmalardan iborat:

  1. Suyuq metall bevosita jo„valar aro maydonga tushadi;

  2. Kristallanish jarayoni deformatsiyalash jarayonida alohida, ammo prokatlash quyma o„zagi hali suyuq holatda ekanligida boshlanadi;

  3. Quymani prokatlash kristallanish tugaganidan so„ng amalga oshiriladi. Quymasiz prokatlash jarayoni uch turdagi muvaffaqiyatli ishlab chiqildi.

Birinchi variant: suyuq alyumini ajratgich quti orqali ketma ket joylashgan ikkita garizantal jo„vadan hosil bo„lgan jo„valar aro maydonga tushadi. Suyuq alyuminiy jo„vaga tegib kristallanadi va stan jo„vasidan uzluksiz chiquvchi tasma xosil qiladi.
Ikkinchi variant: Jo„valar yagona garizantal tekislikda joylashadi, suyuq alyuminiy esa jo„valar aro maydonga tepadan pastga tamon uzatiladi.
Uchinchi variant: kristallanish tugagandan so„ng uzluksiz xosil bo„lgan quymani prokatlashdan iborat. Bu usul avvalgilari bilan solishtirganda metallning sara sifatlarini ta‟minlaydi.
Birinchi rotor tipidagi mashinali quyma prokatlash agregati Zaporoje alyumin zavodi alyumin simlarini ishlab chiqarish uchun qayta ishlangan, bunda uzluksiz quyish va prokatlash jarayonlari mujassamlangan. Texnologik jarayonlarning butunlay uzluksizligi (eritish pechi - aralashrirgich - kiristallizator - prokatlsh stani) natijasida mehnat samaradorligi yuqori darajaga ko„tariladi va ishlab chiqarishni butunlay aftamatlashtirilishiga erishiladi.
Rotor tipidagi mashinali quyma prokatlash mashinalari mis simlarni prokatlash uchun uzluksiz quyuluvchi quymalar uchun qo„llaniladi.
Uzluksiz quyish va prokatlash usullari bilan sim ishlab chiqarishni avzalliklar qatoriga buntning kata massasi, alyuminiy uchun 2 t gacha mis uchun 5 t yani odatiy stanlardan 10…20 martta kattaligi kiradi.
Po„latni prokatlash va uzliksiz quyish jarayonlarini birlashtiruvchi stanlarni yig„ishda rangli metallarda nisbatan katta texnik murakkabliklar yuzaga keladi. Bu murakkabliklarni asosini zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi kristalizatorlaridan chiquvchi quymalar tezligining pasligi (0.6….5 m/min), prokatlash stanining kristalizator oqimidan keyin joylashishidagi to„liqsiz kuchlanishini aniqlaydi. Bu masalani hal etishning ikki hil yo„li mavjud.
Birinchi bir muncha soda yo„li bir qancha kristalizatorlarni qo„llashdan iborat. Bu holatda kristalizatordan chiquvchi quyma, bir muncha uzun slyablar, blyumlar yoki zagotovka kesmalari ketma - ket prokatlash staniga kelib tushadi. Quyma haroratini tenglashtirish uchun stan jo„vasidan chiqishdan avval ularni pechda qizdirish zarur.
Ikkinchi yo„l maxsus konstruktsiyali prokatlash stanini zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi bilan biriktirishdan iborat (kristalizatordagi quyma prokatlash stani jo„vasiga uzluksiz kelib tushadi). Agrigat bir qo„lli zagotovkani uzluksiz quyish mashinasi, ikki yoqlama siquvchi planetar stan va diyametiri 5…12 mm diyametirli katankani prokatlash uchun uzluksiz standan tashkil topgan.
Suyuq o„zakli uzluksiz quyilgan zagotovkalarni siqish usuli, yani ikki fazali holatda aralash agrigatlarda 140 x 140 mm kesimli zagotovkalar quyiladi, bunda 80x80 mm kesimli zagotovkalar to„rta almashinuvchi garizantal va vertikal kletlarda prokatlanadi. Zagotovkani siqish suyuq o„zakda likvatsiya maydoni hosil bo„lish vaqtiga qadar amalga oshirilishi kerak va bu usul asos g„ovakligi va likvatsiyani bartaraf etish imkonini beradi. O„tkazilgan natijalar suyuq o„zakli uzluksiz quyma zagotovkalarni siqish jarayoni murakkabliklarni ko„rsatdi. Bu usulni qo„llash o„ta murakkab. Aralash agrigatlarida prokatlash kletidan avval qizdirish pechi yoki zagotovka kesimi bo„ylab haroratni tenglashtirish uchun kamera bo„ladi. Biroq amalda zagotovka sirtida faqatgina harorat oshishi ta‟minlanadi, bunda zagotovka o„zagidagi bir muncha yuqoriligicha qoladi va 1320…1340 ºC ga yetadi. Zagotovka kesmasi bo„ylab bunday haroratning taqsimlanishi o„zakdagi deformatsiyani oshiradi, bu esa inergiya sarfini kamaytiradi.
Aralash agrigatlar prokatlash kletlari konstruktsiyasiga hamda ularni ishiga yuqori talab qo„yiladi: ixchamlik, prokatlash tezligining zagotovkaning cho„zish tezligi bilan qattiy mosligi, barcha bo„limlarni yuqori ish mustahkamligi va boshqalar.
Aralsh agrigatlarida olingan navli zagotovkalar va siqilgan slyablar ko„p hollarda tayyor maxsulot uchun prokatlanadi

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin