Stanlarning qoʻllanilishi
|
Stanning nomi
|
Ishchi kletlarining soni
|
Prokatlashning eng katta tezligi,
|
Samaradorligi, ming.t/yil
|
Dastlabki material (massasi yoki koʻndalang kesimi)
|
Tayyor mahsulot sortamenti
|
Siquvchi
|
Blyuming 1300
|
1
|
6
|
6000
|
13 t gacha boʻlgan quymalar
|
400x400 mm gacha boʻlgan blyumlar
|
|
Slyabing 1150
|
1
|
5
|
6000
gacha
|
38 t gacha boʻlgan quymalar (cлитки)
|
300x1900 gacha boʻlgan slyablar
|
Zagotovka tayyorlovchi
|
Uzluksiz zagotov-ka tayyorlovchi 900/700/500
|
14
|
7
|
5000
gacha
|
400x400 mm gacha boʻlgan blyumlar
|
Kvadrat zagotovkalar 80... 200 mm
|
Rels-balkali
|
Chiziqli rels- balkali 800...
850
|
4
|
4
|
1500
|
400x400 mm gacha boʻlgan blyumlar
|
Relslar 38... 75kg/m, balandligi 200...
600 mm li balka
|
Yirik-sortli
|
Yirik-sortli yarim uzluksiz 600
|
17
|
10
|
1600
|
300x300 mm gacha boʻlgan blyumlar
|
120 mm gacha boʻlgan aylana, balandligi 200 mm gacha
boʻlgan balka
|
Oʻrta-sortli
|
Oʻrta-sortli yarim uzluksiz 350
|
14
|
15
|
1000
|
300x300 mm gacha boʻlgan blyumlar
|
75 mm gacha boʻlgan aylana, 90x90 mm gacha boʻlgan burchak
|
Mayda- sortli
|
Mayda-sortli uzluksiz
250
|
23
|
20
|
800
|
80X80 mm va 100x100 mm li zagotovkalar
|
30 mm gacha boʻlgan aylana, 40x40 mm gacha boʻlgan burchak
|
Provolkali
|
Provolkali uzluksiz 250
|
37
|
40
|
800
|
60X60 mm va 80x80 mm li zagotovkalar
|
Katanka 6...9 mm
|
Issiq holatda listli va polosali prokatlash
|
Qalin listli 3600
Keng polosali uzluksiz 2000
|
3
14
|
6
20
|
1750
6000
|
16 t gacha boʻlgan slyablar, 37 t gacha boʻlgan
quymalar, 36 t li slyablar
|
5...50 mm li listlar
1,2...16 mm li polosalar
|
Sovuq holatda listli va polosali prokatlash
|
Uzluksiz 5
kletli 2000
Uzluksiz 6 kletli qattiq- prokat 1400
|
5
6
|
33
25...
40
|
2500
750
|
45 t li rulon
30 t li rulon
|
0,4...3,5 mm li list va polosalar
0,1.-0,6 mm
|
Navli prokat stanlarining asosiy koʻrsatkichlari sifatida prokat jo„valarining diametri yoki shesterniyali kletlar qabul qilingan. Agar standa bir nechta klet boʻladi, butun stanning barcha parametirlariga jo„va diametri yoki yakuniy shesternya, kletlar kiradi. Masalan, stan 300 da ishchi va shesternya jo„valarining kletlari 300 mm ga tengligini bildiradi.
Listli stanlar uchun asosiy koʻrsatkichlarga jo„va bochkasining uzunligi kiradi. Masalan stan 2000 jo„va bochkasi uzunligining 2000 mm ga teng ekanligini bildiradi.
1.8. Prokatlash texnologik jarayonlarining asosiy tamoyillari
Metallurgiya zavodi quyidagi tehnologik jarayonlarga muvofiq ishlaydi. Domen pechlarida olingan choʻyan va poʻlat konverterlarida, marten yoki elektr pechlarida qayta ishlanadi. Poʻlatni eritish sexlarida uzluksiz ishlashini ta‟minlovchi suyuq choʻyan zahirasi mikserlarda saqlanadi. Poʻlat eritish sexlarida olingan quymalar mahsus (striller) boʻlinmasiga kiritiladi, u yerda ular qolipdan ajratiladi va prokat sexlariga yuboriladi.
Hozirgi vaqtda mahsus uskunalarda poʻlatni uzluksiz quyish usuli bilan yarim tayyor mahsulotlar (zagotovka) ishlab chiqarish keng tarqalmoqda, bu esa qisqich stanlarda qayta ishlashni, prokat ishlab chiqarish texnologik jarayonidan chiqarib tashlash imkonini beradi. Zamonaviy prokat sexlarida quyma yoki uzkuksiz quyma zagotovkalarda tayyor mahsulotlargacha boʻlgan prokat ishlab chiqarishning asosiy tuzilishi (1.19 - rasm) da koʻrsatilgan.
Metall sifatining standart talablariga muvofiqligi koʻp jihatdan boshqarish tizimining takomillashganligiga, shu maqsadda ishlatiladigan usul va vositalarning ishonchliligiga bog„liq. Toʻg„ri oʻrnatilgan texnik nazorat butun texnologik jarayonni va har bir operatsiyani alohida qamrab olishi kerak. Nazorat nafaqat ist‟emolchilar yoki keyingi operatsiyalarda yuzaga keluvchi nuqsonlarni, balki oʻz vaqtida nuqsonlarni yuzaga kelishini oldini olish kerak.
Metallurgiya zavodlarida yuqori sifatli poʻlat ishlab chiqarish uchun, prokatning toʻliq (100%) va tallangan nazorati qoʻllaniladi. Birinchi usulning afzalliklari aniq ammo murakkabligi uni amalga oshirish bilan bog„liq katta moddiy harajatlar har doim ham oʻzini oqlamaydi.
Sifat nazorati standart yoki buyurtmaga mos kelmaydigan quyma va zagotovkalarni prokatlashni oldini olish uchun (kimyoviy tarkib, nuqsonli hususiyatga ega yoki ptokatlash jarayonida nuqsonyuzaga kelishiga moyil) amalga oshiriladi.
- rasm. Quyma va uzluksiz quyish bilan olingan zagotovkadan prokat
ishlab chiqarish sxemasi
Yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlangan quymani prokatlashda eritib nazorat qilish qoʻllaniladi; har bir eritishda nazorat quymalari prokatlanadi va chuqur sifat nazoratidan oʻtkazilgandan soʻng qolgan quyma eritmalari prokatlanadi. Eritish nazorati ushbu eritmadagi metallning buyurtmalarning bajarish uchun yaroqliligini aniqlash. Eritish hususiyatlarini inobatga olgan holda qolgan eritmalarni prokatlash uchun oqilona texnologiyani tanlash, eritish haritasi va kimyoviy tahlil natijalariga koʻra eritish tayinlanganda nuqsonlarni oldini olish imkonini beradi. Amaldagi quymaning koʻresatilgan tartibdagi sifat nazorati faqatgina suyuq holatdagi stan ish jarayonida qoʻllaniladi. Qisqich stanlar asosan issiq ishlov berish (85…95%) da ishlaydi, shuning uchun boshlang„ich quymalarning sifati poʻlatni eritish va quyish texnologiyasi bilan kafolatlanadi va texnologik hujjatlarga muvofiq baholanadi.
Prokat stanlarida asosiy texnologik operatsiyalar nazorati quyidagi tekshiruvlardan oʻtkaziladi: sirt sifati, blumlar markasi, qizdirish pechlariga zagotovkani yuklashdan avvalgi nazorat, prokatlashdan avval metallni qizdirish rejimi va stanga (zagotovka) quymani yuklash ketma - ketligi, koʻndalang kesim oʻlchami va oraliq profillari sirti sifati, prokatlashni markirovkalash sifati va toʻg„riligi metallni texnologik sinash uchun namunalarni saralash.
- rasm. Rulonli list ishlab chiqarish sxemasi
Ohirgi, eng muhim qadam iste‟molchilarga yetkazib berishdan avval tayyor mahsulotning hususiyatlarini va sifatini tekshirish hisoblanadi. U oʻz ichiga prokatlashdan keyin metallning sovitish rejimini boshqarish, metallning mexanik hususiyatlarining sifat nazorati va sinovi (standart va buyurtma talablariga javob beradimi), sirt sifati, boʻyicha prokatni saralash, koʻndalang kesim va uzunlik oʻlchamlari ichki va sirtdagi uzilishlarni aniqlash uchun metallni buzmaydigan sinov, eritishning toʻliqligi, poʻlatning kimyoviy tarkibini chiviq markaziga muvufiqligini tekshirish, paket og„irligi, qadoqni nazorat qilish; buyurtmalar boʻyocha metallni toʻg„ri qadoqlash va joʻnatishni nazorat qilish, transportning texnik hujjatlarini rasmiylashtirishni oladi.
Tayyor mahsulot sifati na‟munaviy nazorat natijalariga koʻra baholanadi. Eritish nazoratining toʻliq hajmi quyidagi sinovlarni oʻz ichiga oladi: eritishning kimyoviy tahlil qilish markaziy g„ovaklikni aniqlash uchun makro va mikrostruktura nazorati; nuqtali hilma - hillik, likvatsiya, likvatsion kvadrat, nometall qoʻshimchalar, ichki darzlar va boshqalar; tolalar nazorati (bosqichma - bosqich), fazaviy tarkib (metallografik va magnit usullar), donalar kattaligi, uglerodsizlantirilgan qatlam chuqurligi (metall strukturasiga ko;ra metallografik usul, termo EDS usuli, sirt qatlam qattiqligi va kimyoviy tarkibi boʻyicha), zanglamas poʻlatlarning kiristallaharo korroziyaga moyilligi.
Keltirib oʻtilgan nazorat usullariga bukish texnologik sinovlarini kiritish lozim (metallning chegaraviy plastikligini baholash va deformatsiyalanish qobilyatini aniqlash) sovuq va issiq holatdagi choʻkmalar (metalning deformatsiyalanish hususiyatini aniqlash va sirt nuqsonlarini aniqlash), tekislash bukilish va oʻrash kiradi.
Prokat sifatining asosiy hususiyatlaridan biri - profil oʻlchamlarining aniqligi, kalibrlashning toʻg„riligi va prokat vallarini charhlash, kalibrlarni ishlab chiqarishni va metall deformatsiyasining haroratini hisobga olgan holda stanni sozlashning puhtaligi, hisoblanadi. Tayyor prokat profilining toʻg„riligini oʻlchov asbob - uskunalari, mahsus vizual shablonlar yordamida aniqlanadi.
Prokat va boshqa sexlarda nazorat tehnik nazorat boʻlimlari zavod labaratoriyalari, sehning tehnik hizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtma boʻyicha joʻnatiluvchi metall mahsulotlar tehnik nazorat hizmati tomonidan qabulqilingan hujjatlar va sertifikatlar ijrosi bilan nazorat qilinadi.
Ishlab chiqarishning har qanday bosqicida buzilgan mahsulotlar toʻliq rad etiladi yoki qoʻshimcha qaytq ishlatiladi va diqqat bilan nazorat qilinadi.
Mahsulot sifatini yahshilashning asosiy yoʻnalishi ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratishdir. Matematik statistik usullsrini murakkab hisoblash texnologiyalari bilan birgalikda ishlatishga nisbatan qisqa vaqt davomida oʻrganilayotgan jarayonni matematik model yordamida toʻliq namoish etish va ishlab chiqarishni bajarishningeng samarali mezonlarini tanlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |