Mavzuning maqsadi va vazifalari: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 31 -maydagi “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish borasidagi nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya foliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish choratadbirlari to’g’risidagi ” PF-5065 sonli farmoni va “O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi foliyatini tokomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3024 sonli qarorini amalda tadbiq etish uchun “Geodeziya va kartografiya” sohasidagi mutaxassislar tomonidan katta hajmdagi ishlarni bajarish talab qilinadi.
Bu vazifani amalga oshirish uchun - injenerlik inshootlarini qidirishda, loyihalashda, qurish va foydalanishda, uskunalarni montajlashda, hamda mamlakatning tabiiy boyliklarini qazishda bajariladigan geodezik ishlarning usullarini yaratish, shuningdek, xalq xo‘jaligidagi turli sohalarda, ya’ni bino, yo‘l, kanal, aerodrom kabi injenerlik inshootlari o‘rnini aniqlash, ularni plan, karta va profillarda loyihalash, loyihani joyga ko‘chirish va qurish, hamda ularda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzatishda loyiha–qidiruvjarayonlarida avtomatlashtirilgan tizimlari orqali loyihalash (ATL), avtomatlashtirilgan tizimlari orqali qurilishni boshqarish (ATQB), GIS texnologiyalari va boshqa yuqori unumdorlik uslublarini qo‘llash zarur.
Kurs loyihasining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
Aniq nivelir H-3 nivelirining tuzilishi
Texnik nivelirlar haqida malumot
Elektron raqamli nivelir
Aniq nivelirlash uchun ishlatiladigan PH-3 nivelir reykasini tekshirish
Hozirgi davr injener-geodezik ishlari amaliy va nazariy bilimlarni chuqur biladigan, inshootlarni loyihalash va qurish bo‘yicha umumiy bilimga ega bo‘lgan keng sohadagi mutaxassisni talab etadi. Mutaxassis berilgan turdagi inshoot uchun o‘lchash aniqliklarini to‘g‘ri hisoblay olishi, asoslangan geo-dezik ishlar loyihasini tuzishi va bu ishlarni amalda bevosita qo‘llay olishi kerak.
Bizning mustaqil davlatimizda bilim olishga, o’rganishga, ishlashga, yangi kashfiyotlar qilishga keng yo’llar ochib berilgan va sharoitlar yaratilgan. Unversitetimizda geodeziya sohasini chuqur o’ganishimiz uchun malakali o’qituvchilar ananaviy geodezik o’lchov asboblardan tashqari zamonaviy o’lchov asboblar yordamida topogeodezik ishlarni bajarish uslublarini, o’lchov materiallarini EHMlari yordamida geodezik hisoblarni bajarish nazariyasini o’rgatmoqdalar. Endi men nivelir turlari mavzusi bo’yicha kurs loyihasini tayyorlashda, shu kungacha olgan bilimlarimni qo’llagan holda ananaviy va zamonaviy nivelirlarni afzalliklarini tahlil qilmoqchiman.