Vazirligi urganch Davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi


II -BOB. KOMPENSATORLI VA RAQAMLI NIVELIR HAQIDA



Yüklə 247,15 Kb.
səhifə6/10
tarix07.01.2024
ölçüsü247,15 Kb.
#206219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
193- gurux kurs lohiyasi IBROHIM

II -BOB. KOMPENSATORLI VA RAQAMLI NIVELIR HAQIDA
TUSHUNCHA
2.1. Elektron raqamli nivelirlar.
Kompensatorli, ya'ni ko'rish o'qi optik kompensator yordamida avtomatik ravishda (o'z - o'zidan) gorizontal holatga keluvchi nivelirlar (3H 2KL, H 3K, 2H 1OKL). Shifrdagi «K» harfi nivelirning kompensatorli; qo'shimcha «L» harfi esa, gorizontal limbli ekanligini bildiradi. Kompensatorli nivelir Ni 007 bu nivelirlar ishlash tartibini quyidagi misoldan ham ko'rsa bo'ladi. Quyidagilar ask ettirilgan qaraymiz:
f - nivelir qarash trubasi ob'ektivi fokus masofasi,
a-Nivelirining enkayish burchagi, s- kompensatordan ipli (chiziqli) to'rgacha bo'lgan masofa,
b - kompensator bilan nurning enkayish burchagi.
Asbobdan ma'lum uzoqlikda joylashgan reykadagi N nuqta, optik ob'ektiv markazi O va ipli to'r markazi C bir gorizontal chiziqda, ya'ni asbobning vizirlash liniyasi gorizontal yotadi deb tasavvur qilamiz. Bunday holatda N nuqtaning tasviri ipli to'r markazi C bilan qo'shilgan, reykadan olingan sanoq N ga teng bo'ladi.
Nivelir trubasini ob'ektiv optik markazi atrofida burchakga buramiz. Ipli to'r markazi C oldingi holatiga nisbatan holatiga o'tadi va reykadagi sanoq o'zgaradi.
Agar qandaydir usul bilan N nuqta tasvirini trubani burchagini o'zgartirmay ipli to'rini togrilaymiz, bu holatda nivelir vizirlash chizigi gorizontal yotgandek bo'ladi. Ipli to'r markazi C bilan N nuqta tasvirini bunday birlashishni nivelir kompensatori bajaradi. N nuqta tasvirini ipli to'r markazi C bilan birlashtirishni bir nechta yo'li mavjud. Ayrim nivelirlar enkaytirilayotganda ipli to'r o'zgaradi, ayrimlarida nur yo'li o'zgaradi.
Hozirgi kunda MDH da mavjud kompensatorli nivelirlarda III klasli nivelirlashda MOM (VNR) firmasining NiB-3, NiB-4, NiB-5, "Karl Ceys" firmasining (Yena GFR) NiB-6 i Ni007 nivelirlari keng qo'llaniladi.


2.1.1-rasm. Ni007 niveliri tuzilishi va optik sxemasi
1 – himoya oynasi; 2 - pentaprizma; 3 - 4 - ob'ektiv linzalari; 5 - kompensator; 6 - to'gri burchakli prizma.
III klassli nivelirlash uchun mo'ljallangan kompensatorli nivelirlarga qo'yiladigan talablar quyidagicha: kompensator + 10° doirasida ishlashi lozim, nivelirga mexanik ta'sirdanso'ng tebranishlarni so'nish vaqti 2 sekunddan oshmasligi lozim, vizir chiziqni bir joyga to'grilanishi aniqligi +/- 0,5° dan kichik bo'lishi lozim. Kompensatorli nivelir N 007 II, III va IV klassli nivelirlashga mo'ljallangan. Nivelirlarning dastlabki ekzemplyarlari Koni 007 indeksiga ega bo'lgan. Nivelir N 007 boshqa nivelirlardan sathi (uroveni)ning boshqacharoq shaklga ega ekanligi bilan ajralib turadi . 1-rasmda ko'rish (qarash) trubasining optik sxemasi ko'rsatilgan. Vertikal korpus ichida ko'rish (qarash) turbasi 3 va 4, dempferli kompensator 5 va optik pentaprizmaga enkaygan mikrometr 2 joylashtirilgan. Vizirlash nuri himoya oynasi 1 orqali o'tadi va uni ob'ektivga yo'naltiradigan pentaprizmaga tushadi. Ayni vaqtda pentaprizma mikrometr sifatida ham foydalaniladi. U vizirlash chizigiga nisbatan perpendikulyar o'qqa nisbatan ma'lum burchakka aylanishi (enkayishi) va vizirlash chizigini 5 mm ga o'zgartirishi mumkin Agar nivelir III va IV klass nivelirlash uchun qo'llanilganda mikrometr o'chiriladi.
Keyingi yillarda yuqori aniqlikdagi nivelirlarlarning yangi turi - elektron raqamli invelirlar ishlab chiqildi va ular ishlab chiqarishda keng qo'llanilmoqda. Bularga misol qilib Dini 11, Dini 21, Carl Zeiss (Germaniya), Dini 12, Dini12T, Dini22 Trimble (AQSH), DNA03, DNA10 Leica (Shveytsariya) va boshqalar raqamli nivelirlarni keltirish mumkin. An'anaviy nivelirlardan raqamli nivelirlar elektronika bilan jihozlanganligi va mahsus ish dasturlari bilan ta'minlanganligi uchun farq qiladi. Bu esa dala o'lchash ishlarini va natijalarini ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi, jumladan:
- shtrix - kodli nivelir reykasi bo'yicha sanoq olishini avtomatik ravishda bajarishi;
- o'lchash natijalariga ko'rish trubasi vizir o'qining silindrik adilak o'qiga parallel emasligi ( burchagiga), hamda yer egriligi va refraksiya holatlari uchun tuzatmalarni avtomatik ravishda kiritish;
- nivelir bilan reyka orasidagi masofa 100m gacha bo'lganda gorizontal qo'yilishni 25mm gacha aniqlikda avtomatik o'lchash;
- o'lchash natijalarini avtomatik ravishda ichki yoki tashqi yodlash (xotira) moduliga yozish;
- nivelirlash elkalarini (nivelirdan orqa va oldingi reykalargacha masofalar) tengligi va nisbiy balandlik o'lchash natijasini avtomatik tekshirib borish;
- o'lchash natijalarini avtomatik ishlab chiqib, nuqtalar balandligini tabloga chiqarish;
- o'lchangan ma'lumotlarni yozib saqlash uchun PCMCIA kartasidan foydalanish;
- asbobni boshqarish jarayoni qulayligi, shuningdek, undan foydalanishni o'zlashtirib olish osonligi.
Dini 11 va Dini 21 raqamli nivelirlar bilan 1km yo'lni to'gri va teskari yo'nalishlarda invar reyka orqali 0,3mm aniqlikda, oddiy buklama reyka qo'llab esa 1mm aniqlikda o'lchash mumkin. Bekatda turib 2,5 m dan 100 m gacha masofadagi nuqtalar 4 daqiqa vaqtda o'lchanadi. Nivelirda o'rnatilgan kompensatorlarni ishlash chegarasi 151 ga teng. Asbobda gorizontal doira o'rnatilgan bo'lib, uning bo'lak qiymati 10 ni tashkil qiladi.
Nivelirda o'rnatilgan dastur alohida o'lchash, qayta o'lchash, o'rtadan va oldinga nivelirlash, rejalash ishlari va nivelir yo'lini tenglash kabi jarayonlarni bajarishini ta'minlaydi. Reykadan olingan sanoqlarni nivelir hotirasiga yozib saqlash yoki asbob displeyi(ekrani)dan o'qib jurnalga yozish mumkin.
Oxirgi yillarda Dini rusumli raqamli nivelirlar Trimble firmasi tomonidan Dini 12, Dini12T va Dini22 nomlanib ishlab chiqarilmoqda (2.1.1-rasm) Trimble Dini avtomatik raqamli nivelirlar oddiy a unumli ishlar uchun mo'ljallangan bo'lib, ko'pincha balandlik asoslarini barpo etishda va injenerlik geodezik masalalarni echishda qo'llaniladi.
· katta ekran;
· asbob bilan ishlashda boshqarishni osonligi;
· o'lchangan ma'lumotlarni yozib saqlash uchun RS kartalar;
· o'lchashlarni bajarishda vaqtni tejash;
· shtrih-kodli reykalarni tanlash imkonligi;
Yetarli aniqlikda masofani o'lchashqobiliyati nivelir yo'llarda oldi va orqa yelkalarni tez muddatda tenglash imkonini beradi. Bu esa yelkalarni maksimal uzunligini oshmasligi,shuningdek ishonchli natijalari bilan ta'minlashga va hatolar tarqalishini minimallashtirishiga sabab bo'ladi.Ko'pincha joyning sharoiti va boshqa to'siqliklar tufayli nivelir reykalarning ko'p qismini ko'rish qiyin bo'ladi, lekin Dini nivelirlar bilan o'lchashlarni bajarish uchun faqat reykaning 30sm uzunligini ko'rinishi kifoya qiladi. Dini 12 va Dini 12T nivelirlari yuqori aniqlikda nisbiy balandliklar vamasofalarni esa aniq elektron o'lchashlar orqali bajarishga mo'ljallangan. Invar reykalar bilan o'lchashlarni bajarishda 1km ikkilangan nivelir yo'lda o'rta kvadratik hatosi bor yo'li 0,3 mm ni tashkil qiladi, oddiy nivelir reykalar bilan ishlashda esa -1,0 mm. Dini 12T niveliri qo'shimcha elektron gorizontal doira bilan jihozlangan. Ushbu nivelir bilan 3ta o'lchashlar turi: nisbiy balandlik, masofa va gorizontal burchaklarni bajarish mumkin. Burchaklar 6" aniqligi bilan o'lchanadi. Dini 12 va Dini 12T nivelirlar yordamida nivelir yo'llarni o'tkazishda bevosita dalani o'zida ham o'lchash hamda tenglash ishlarini bajarish mumkin.
Dini 22 raqamli nivelir nisbiy balandliklarni o'lchanadigan va nazorat qiladigan injenerlar uchun mo'ljallangan. Ushbu nivelir bilan 1km ikkilangan nivelir yo'li uchun o'rta kvadratik xato buklanadigan reykalari bilan -1,3 mm, invar reykalari bilan esa -0,7 mm ni tashkil qiladi.


Yüklə 247,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin