I-BOB. ANIQLIGI BO`YICHA NIVELIRLARNI GURUHLARGA BO`LINISHI Aniq nivelir H-3 nivelirining tuzilishi va texnik ko`rsatkichlar
Aniqligi bo'yicha nivelirlar 3 turga bo'linadi: yuqori aniqlikdagi nivelirlar - H-05, H-05K (Rossiya), raqamli nivelirlar Dini 11t, Dini 21 (Germaniya), NA 2002, NA 2003 (Shveytsariya); aniq nivelirlar - H-3, 2H-3, H-3K, 2H-3KL (Rossiya), Ni-30, Ni-50 (Germaniya), Kernlevel-20 va 24 (Shveytsariya); texnik nivelirlar - H-10, 2H-10KL (Rossiya).
Yuqori aniqlikdagi nivelirlar 1 va 2- klass nivelirlashda, aniq nivelirlar - 3- va 4- klass va texnik nivelirlar - texnikaviy nivelirlash (topografik s'yomkalar va injenerlik-qurilish ishlarida) da qo'llaniladi.
Nivelir shifridagi raqam 1 km nivelir yo'lini ikki tomonga nivelirlashdagi yo'l qo'yadigan o'rta kvadratik xatoni bildiradi. Yuqorida keltirilgan nivelirlar 2 xil qilib tayyorlanishi mumkin: ko'rish trubasi yonida silindrik adilak o'rnatilgan va ogish burchagining kompensatori bilan ta'minlangan. Kompensator o'rnatilgan nivelir nomiga K harfi qo'shiladi. Aniq va texnikaviy nivelirlar gorizontal limb bilan ta'minlanishi mumkin va unda nivelir nomiga L harfi qo'shiladi. Hozirgi kunda amalda qo'llanilayotgan nivelirlarning texnik ko'rsatkichlari .
Nivelir o’rnatgich vint yordamida usti gorizontal holga chamalab keltirilgan shtativga o’rnatiladi. Truba ikki ko’targich vintlarga parallel qo’yilib, avval ularni qarama- qarshi tomonga va keyin uchinchi vintni burash orqali doiraviy adilak pufakchasi doira o’rtasiga keltiriladi. Bunda nivelir aylanish o’qi taxminan tik holatda bo ladi. Truba reykaga qaratilib vintda mahkamlanadi, kremalera vintini burash reykaning va okulyar g’ ilofini burash orqali iplar to’rining aniq tasvirlarihosil qilinadi. Nivelir ko’rish trubasining chap tomoniga asbob ko’rish o’qini gorizontalholga aniq keltirishda qo’llaniladigan stilindrik adilak joylashgan. Reyka tasvirini va pufakcha elevatsionvint yordamida o’rtaga keltirilayotgan paytda adilak tutashgan uchlarini kuzatuvchi ko’rish maydonini ko’radi va gorizontal ip qarshisidagi reykadan sanoq oladi. Nivelirni ishlatishdan oldin uning quyidagi geometrik shartlarning qanoatlantirishi tekshiriladi, H-3 nivelirini tekshirish shartlariquyidagilardan iborat:
Doiraviy adilak o’qini vizir aylanish o’qiga parallel bo’lishi kerak, ya’ni ko’targich vintlar orqali doiraviy adilak pufakchasi adilak qutisidagi doira markaziga keltiriladi va nivelir yuqori qismi 1800 buraladi. Pufakcha o’rtada qolgan bo’lsa, shart bajarilgan bo’ladi, aks holda pufakcha og’gan yarmi markazga adilak tuzatgich vintlari bilan, qolgan yarmi ko`targich vintbilan keltiriladi.Silindrik adilak ko'rish trubasining yoniga o'rnatilgan va truba elevatsion vint (1.1.1-rasm) bilan ta'minlangan. Silindrik adilak pufakchasi uchlarining tasviri truba ko'rish maydoniga uzatiladi. Ko'rish trubasi ob'ektivi 10 nishon 13 bo'yicha reykaga qaratiladi, u predmet tasvirini teskari hosil qiladi.H-3 niveliri (1.1.2-rasm), asosan, ko'rish trubasi 1, silindrik adilak 2, doiraviy adilak 3, mahkamlash vinti 6, to'grilash vinti 7, elevatsion vint 8 dan iborat. Nivelir silindr shaklidagi aylanish o'qi bilan taglik 4 ga o'rnatilgan. Ko'rish trubasining chap yonida silindrik adilak bilan birgalikda adilak pufakchasi yarimpallalarning tasvirini ko'rish maydoniga uzatadigan prizmalar joylashgan. Trubaning o'ng yonida kuzatilayotgan reyka tasvirini fokuslovchi vint - kremalera 5 o'rnatilgan. Reykadan sanoq olishdan oldin elevatsion vint yordamida silindrik adilak o'qi gorizontal holatga keltiriladi, ya'ni ko'rish maydonidagi adilak pufakcha yarim pallalarining tasviri tutashtiriladi. Silindrik adilakni tuzatish uchun adilak joylashgan qutining okulyar tomonidan qopqoq bilan berkitib qo'yilgan to'rtta tuzatgich vint bor. Asbob aylanish o'qini taxminan vertikal holatga (shovun yo'nalishiga) keltirish uchun uchta kotargich vint (11) yordamida doiraviy adilak pufakchasi ortaga keltiriladi. Doiraviy adilak zarur paytda uchta tuzatgich vint (12) bilan tuzatiladi. Ko'rish trubasining maydonida reyka va adilak pufakchasi uchlarining tasviri 8 keltirilgan. Iplar to'ri okulyar 9 oldida joylashgan bo'lib, tuzatish vintlariga ega emas. Doiraviy adilak 3 (1.1.1-rasm) nivelir aylanish o'qini dastlabki vertikal holatga keltirishga xizmat qiladi. Doiraviy adilak pufakchasi markazga keltirilsa, ko'rish trubasi maydonida silindrik adilak pufakchasi uchlarining tasviri ko'rinadi. Ular uchini o'zaro tutashtirish elevatsion vinti 8 ni burab amalga oshiriladi.