Vazirligi X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarining asosiy xarakteristikalari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə53/86
tarix07.01.2024
ölçüsü1,66 Mb.
#204883
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)

Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarining asosiy xarakteristikalari


Moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalar (MIS) ishlash sharoitlarini e’tiborga olgan holda detallar (buyumlar) tayyorlash texnologiyasi bir necha jarayonlarga bo‘linadi.


Moslashuvchan avtomatlashtirilgan bo‘limlar (MAB) larda detallarning har bir partiyasiga qayta ishlov berish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash jarayonini rejalash xizmati tomonidan bajariladigan ishlarni o‘z ichiga oladi. Ular jihozlarni yuklanishi darajasini va qayta ishlov berish imkoniyatlarini, xom mahsulotga yega bo‘lgan yo‘ldosh-uskunalarni, instrumentlarni yetkazib berish va hokazo, hamda jihozlarni qayta sozlash darajasini baholash uchun bajariladigan ishlardir. MAB
lardagi ishlab chiqarish jarayoniga detallarning har bir yangi partiyasini kiritish bevosita tayyorgarlik ishlarini bajarish bosqichi bilan bog‘liqdir.
Tayyorgarlik ishlari bajarilgach, birinchi detal xizmat ko‘rsatuvchi personal ishtirokida ishlovdan o‘tadi. Partiyadagi qolgan barcha detallarga avtomatik rejimda xizmat ko‘rsatuvchi cheklangan personal ishtirokida ishlov beriladi.
Detallar keyingi partiyalarining takroriy yasalishi personalning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan ishlar qatoriga MAB lardan tashqarida bajariladigan ishlar (zavod bo‘yicha umumiy xizmat bo‘limlari tomonidan ishlab chiqarishni dastlabki tayyorlash, qo‘lda bajariladigan universal jihozda detallarga oxirgi ishlovlar berish va hokazo) kirmaydi [7].
MAB larda ko‘pnomenklaturali seriyalilik ishlab chiqarish sharoitlarida ishlov berish jarayonida har bir jihozga detallarning muayyan nomenklaturasi biriktiriladi.
Bir xil turdagi stanoklardan tashkil topgan bo‘linmada detallar partiyasini yasash vaqti partiyadagi har bir detalni yasashga ketgan vaqtlar yig‘indisi bilan ifodalanadi. Amalda esa ba’zi stanoklar va butun MAB dagi bekor turib qolishlar tufayli detallarni yasash vaqti ko‘proq chiqadi, bu esa vaqtning sikldan tashqari sarflanishiga olib keladi. Texnik sabablarga ko‘ra bekor turib qolishlarga: nuqsonlarni yo‘qotish va ularga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishga oid ishlar, ba’zi stanoklarning transport sistemasi yoki MAB o‘zining to‘xtab qolishini yo‘qotish bo‘yicha ishlar kiradi.
Ishlov berilgan detallar nazorati uch xil bo‘lishi mumkin:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin