RTKlarningsinflanishigako‘raularningquyidagiturlarifarqlanadi: Tarkibidagi sanoat robotlari (SR) yordamchi texnologik operatsiyalarni bajaradigan RTKlar.
Tarkibidagi SR yordamchi operatsiyalarni hamda asosiy texnologik jihoz-uskunalarga xizmat ko‘rsatish buyicha operatsiyalarni bajaradigan RTKlar.
Birinchi turdagi RTKlarga yig‘uv, payvandlash, bo‘yoqlash, jilvirlash, tozalash, nazorat qilish, transportlash RTKlari va hokazolar kiradi.
Ikkinchi turdagi RTKlarga tog‘ - konchilik ishlarida qo‘llaniladigan burg‘ulash RTKlari, metallurgiyada qo‘llaniladigan yong‘inbardosh tayanchlarni montaj qiluvchi RTKlar, yengil va oziq - ovqat sanoatida donali mahsulotni qadoqlash RTKlari, tibbiyotda qo‘llaniladigan mikrojarrohlik RTKlari va hokazolar kiradi.
Moslashuvchan robotlarning programmaviy robotlar o‘rnida qo‘llanilishi yig‘uv RTKlarining funksional imkoniyatlarini kengaytiradi. Shunday RTKlarning namunasi sifatida radiopriyomniklarning g‘altaklarini yig‘uvchi RTKlarni keltiramiz (7.2- rasm).
Bu RTK tarkibidagi SR quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
g‘altaklar va kassetalar karkaslarini tanlash;
chulg‘amlar uchlarini flyuslash;
uchlarni payvandlash;
uchlarni maxsus eritmada yuvilgandan so‘ng suvda yuvish;
karkaslarni buriluvchi stolga qo‘yish va o‘rnatish;