Sanoat roboti manipulyatorini avtomatik rejimda ishlashga tayyorlash.
Sanoat robotini sozlash rejimiga tayyorlash.
Oldindan ishlab chiqilgan rejalashtirish chizmasi bo‘yicha maxsus tayyorlanilgan maydonchaga manipulyator va boshqarish qurilmasi o‘rnatiladi.
Ulash kabellari yordamida manipulyator va boshqarish qurilmasi birlashtiriladi va yerga ulanadi. Manipulyatorning ishchi zonasidan odamlarni va begona predmetlarni chiqarib yuborish kerak. Sanoat robotining turiga qarab manipulyatorni va boshqarish qurilmasini pnevmo, gidro yoki elektr tarmog‘iga ulash amalga oshiriladi.
Xizmat qilinadigan jihozning joylashishiga qarab sanoat roboti manipulyatorining chiziqli va burchak siljishlarnin sozlash kerak. Keyin sozlash pultidan manipulyatorning hamma harakatlari tekshirib ko‘riladi, ixtiyoriy programma yoziladi va avtomatik rejimda sanoat roboti manipulyatori harakat sikli bajariladi.
chiqish.
Siklli programmali boshqariladigan sanoat robotlari uchun ishlab chiqarish bo‘linmasida butun ish sikli alohida texnologik o‘tishlarga bo‘linadi: ishchi organning fazoda bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chishi; qisqichning qisilishi va ochilishi; komandalarni jihozga yuborish, kutish vaqti. O‘tishlarning jami ularning ketma–ket ishlashi tartibi bo‘yicha ishchi siklning texnolgik kartasiga yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |