Vazirligi X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə60/86
tarix07.01.2024
ölçüsü1,66 Mb.
#204883
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)

Sovuq shtamp RTK lari.


Sovuq shtamplash RTK lari sifatida 2 ta robotli robotlashtirilgan liniyani keltiramiz.
2 ta “Siklon-3B” sanoat roboti robotlashtirilgan liniya strukturasi 8.6- rasmda keltirilgan.


    1. - rasm. Robotlashtirilgan sovuq shtamplash liniyasining sxemasi: 1– uzatib turuvchi qurilma; 2– qisqich; 3– press; 4– pressning boshqarish qurilmasi; 5– shtamp; 6– nazorat datchigi; 7– uzatuvchi qurilma; 8– sanoat

roboti; 9– boshqarish sistemasi; 10– tara.


    1. Issiq shtamplash RTKlari. Issiq shtamplash RTKlariga xizmat ko‘rsatish. Termik ishlov berish RTKlari


Issiq qoliplash operatsiyalarining ko‘pchiligida robotlarning tatbiq qilinishi temirchilik presslash sexlaridagi ish sharoitlari va mahsulot sifatini nazorat qilib borish hamda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘langandir. Temirchilik presslash sexlaridagi ish sharoitlari eng og‘irlaridan hisoblanadi.
Asosan «SIKLON-5», «UNIVERSAL-1503» robotlari ishlatiladi. 4-6 harakatlanish darajalari soniga ega bo‘lgan robotlar qo‘llaniladi.
Issiq shtamplash RTKning struktura sxemasi 8.7- rasmda ko‘rsatilgan. Issiq shtamplash RTKsi quyidagicha ishlatiladi:
Bunker 1 dan xom mahsulotlar yo‘naltiruvchi qurilma 2 ga uzatib turiladi. Yo‘naltiruvchi qurilmaning vazifasi xom mahsulotni transport konveyeri 3 da oldindan berilgan holatda joylashtirishdan iboratdir. Konveyer bo‘ylab harakat qilgan xom mahsulotlar qizitish pechi 4 ga kelib tushadi. So‘ngra qurilma 5 da fiksatsiya qilinadi. Bu yerda datchik 6 yordamida xom mahsulotning harorati o‘lchanadi. Boshqarish qurilmasi 7 da o‘lchangan harorat qiymatini berilgan qiymat bilan taqqoslaydi. Agar haroratlar farqlanishi ruxsat etilgan normadan oshsa, boshqarish qurilmasi robot 8 ga shunday programmani yetkazadi (xabar beradi) ki, unga ko‘ra robot detalni fiksirlovchi qurilmadan oladi va xom mahsulot bunkerga jo‘natiladi.
Agar haroratlar farqlanishi ruxsat etilgan normada bo‘lsa, robotga boshqarish qurilmasi boshqa programmani yetkazadi, unga ko‘ra robot qizdirilgan xom mahsulotni oladi va uni navbati bilan presslar 10,11 da va qoliplashdagi qirralarni kesish qurilmasi 12 da o‘rnatish va ulardan olish operatsiyalarini bajaradi, so‘ngra tayyor bo‘lgan detalni bunker 13 ga otib tashlaydi.


    1. Yüklə 1,66 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin